5.
Bolalar nutqini o‘stirish va savodga
tayyorgarlik davrida qanday
ishlar olib boriladi?
UMUMIY XULOSALAR
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning yuqori darajasiga quyidagilar
evaziga erishish mumkin: tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish; muloqotga kira bilish, kattalar va
tengdoshlar bilan muomala qila olish;
suhbatdoshni tinglay bilish, so’rash ya’ni
savollarni to’g’ri bera olish, javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo’lganda esa
tushuntirish, izoxlash.
Atrof muxitni o’rganishda tarbiyachi ishni shunday uyushtirsinki bolalar shunchaki
ko’zatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko’rib,
jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular tug’risida mulohaza yuritishlari ham
lozim. Bunga erishish uchun
tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish,
umumlashtirish, taxlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi
qo’yiladi.
Bolalar nutqini o’stirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi,
qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shunday
qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rejali tarzda o’stirish uchun nafaqat
ertaklar bilan tanishtirish avvalom bor ularni asosli ravishda tanlash, eng
ahamiyatli so’zlarni ularning
mavzu jihatdan xilma-xilligi, ya’ni sifat tarkibi,
ma’nosi buyicha o’rganishni ta’minlashham dolzarb masaladir
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tevarak-atrofni kuzatish va undagi voqea-
hodisalarni anglash vositasida nutqni o’stirish quyidagi omillarni hisobga olishni
taqozo etadi:
- maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyati, ularning bilish
faoliyatida manbalarning qulayligi, so’z zahirasini boyitish;
- tevarak-atrof
manbalari - hayvonot dunyosi, tabiat hodisalari, o’simliklar
dunyosi, odamlarning mehnat jarayoni, xo’jalik sohalari, aloqa vositalari,
elektrostansiyalar, dengiz, ko’llar, daryolar va sharsharalar, tog’lar, g’orlar,
balandliklar, osmon, koinot, o’yinchoqlar, kitob va rasmlar bo’lib, ularni
guruhlarga bo’lib bog’lanishli nutqni o’stirish.
Bu boradagi adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, bolalarning nutqini o’stirishning
shart-sharoitlari, samarali shakl va metodlari ishlab chiqilmagan. Shunga ko’ra
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqni o’stirishning mohiyati,
ilmiy-nazariy
jihatlari, uni amalga oshirish qonuniyatlari, shart-sharoitlari,
mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari belgilab olindi. Maktabgacha katta yoshdagi
bolalarning tevarak-atrofni o’rganishda nutqni o’stirish jadvali ishlab chiqildi va
bolalarda nutqni maqsadga muvofiqo’stirish quyidagi hollarda yuqori samara
berishga to’g’risida qat’iy xulosaga kelindi:
nutqda adabiy til me’yorlari qoidalariga rioya etish;
o’z fikrini ifodalashda tilning leksik va grammatik qoidalaridan
foydalanish qobiliyatiga ega bo’lish;
o’z tengdoshlari hamda katta yoshlilar bilan muloqotga kira olish;
o’z suhbatdoshini tinglay olish va unga to’g’ri savol berish,
savollarga
javob qaytarish, zaruriyatga ko’ra tushuntira olish;
monologik va dialogik nutqmalakasiga ega bo’lish;
nutqda tovush madaniyatiga rioya etish;
so’z zahirasini boyitib borish;
nutqning grammatik tuzilishiga e’tibor berish;
nutqning rivojlanishini ta’minlash;
Mazkur ilmiy-metodik talablar bevosita ma’lum tizimda, maqsadga yo’naltirilgan
texnologiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o’rganishda nutqini
o’stirish texnologiyasini ishlab chiqishdan oldin uning mazmuni belgilab olinadi
va tashkiliy-metodik xususiyatlari aniqlanadi. Bu talablar bolalarning maktabgacha
tarbiya yoshining barcha bosqichlarida amalga oshirilib, bolalarning yosh
xususiyati, o’ziga xos tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Maktabgacha katta
yoshli bolalarning tevarak-atrofni idrok etish, his etish, uni tushunishi asosida
nutqini o’stirishga doir talablar «Bolalar bog’chalari uchun dastur»da ma’lum
darajada o’z ifodasini topgan. Ammo uni amalga oshirish yo’llari, shakl va
metodlari, izchil, ilmiy-amaliy, metodik jihatdan maqsadga muvofiqtashkil
etilmagani ma’lum bo’ldi. Chunki ko’pchilik bolalar nutqida cheklanishlar mavjud
bo’lib, ular fikrini yordamchi savollar asosidagina bayon eta oladi;
ayrimlari
matnga taqlid qilib, aynan matnning o’zini hikoya qiladi; ba’zilari muhim
voqealarni tushirib qoldiradi. Voqea-hodisalarni bir xil ohangda bir xil tezlikda
hikoya qiladigan, o’zicha ortiqcha so’zlarni qo’shib mazmunsiz hikoya qiladigan,
matn mazmunini o’zgartirib, mantiqiy izchillikka rioya etadigan bolalar ham
talayginadir.
Shuning uchun ham maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ham nutqni o’stirish
texnologiyasi ishlab chiqilganda tavsiya etilgan matnni
hikoya qilishda voqeani
kattalarning yordamisiz, mustaqil ifodalay olishga, Mazkur texnologiyaning
samaradorligi
sayohatlarda,
o’yin
vositalarida,
maxsus
tashkil
etilgan
mashg’ulotlarda yoki tabiiy holda vujudga kelgan suhbatlar, turli vaziyatlar
yaratish, so’rovnomalar, intervyu, reyting kabi tashxis qo’yuvchi metodlar
vositasida aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: