O’zining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqda respublika rahbari O’zbekistonda vujudga kelgan o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”, deb yangi lavozimga qanday ulug’ maqsad va mas’uliyat bilan kirishayotgani, o’z faolitida islohotchilik, el-yurtning dardu tashvishlari eng oliy mezon bo’lib qolishini ochiq bayon qiladi. “Sen - menga tegma, men - senga tegmayman” qabilida ishlashga o’rganib qolgan ko’pchilik zalda o’tirgan rasmiy shaxslar uchun bunday o’tkir so’zlar bamisoli bulutli osmonda chaqmoq chaqnagandek ta’sir etadi. Yangi rahbarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirish, respublikani chuqur inqiroz holatidan olib chiqish borasidagi azmu qarori naqadar jiddiy va qat’iy ekani ularning o’rtasida katta bezovtalik va besaranjomlikka sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |