El-yurtimiz, butun xalqimiz Vatanimiz mustaqilligining yigirma yillik qutlug‘ bayramini nishonlanishi arafasida turgan unutilmas kunlarda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida tom ma’noda ulkan voqealar yuz bergan. Ana shu voqealar silsilasida Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobining nashr etilishi mohiyat e’tibori bilan, hech shubhasiz, alohida o‘rin egallaydi. Qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lgan, bugungi kunda ko‘pmillatli xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyatga, barcha ezgu maqsad va harakatlarimiz, bunyodkorlik ishlarimizning hayotbaxsh manbaiga aylangan mustaqillikka erishish yo‘lida 1989 — 1991 yillar mobaynida olib borilgan o‘ta og‘ir va mashaqqatli kurashlar tarixi bu kitobning bosh mavzusini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |