Mazkur asarda respublikamizda hukm surgan g‘oyat murakkab siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda xalqimiz boshidan kechirgan tahlikali voqealar xronologik tarzda, ketma-ket yoritilmasdan, o‘sha davrning siyosiy manzarasini to‘liq aks ettiradigan chuqur tahlillar, yaqin va uzoq istiqbolni ko‘zlab ilgari surilgan muhim strategik qarashlar, konseptual yondashuv va xulosalar orqali ifoda etiladi. Ularning barchasini mustaqillik g‘oyasi, ta’bir joiz bo‘lsa, bamisoli qizil ip kabi birlashtirib turadi. Shuning uchun ham ushbu to‘plam yaxlit asar singari katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |