O‘zida siyosiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, tarixiy-ma’naviy tafakkur va tahlil usullarini o‘zaro uyg‘unlikda mujassam etgan bu keng qamrovli asar xalqimiz hayotining vaqt o‘tishi bilan unutilib, yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan sahifalarini tiklab, istiqlol tariximizni haqqoniy asosda yaratish, bugungi va kelgusi avlodlarning uni har tomonlama o‘rganib, anglab yetishlari uchun mustahkam zamin yaratadi. Prezident Islom Karimovning xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shilgan “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi istiqlol tufayli asl ildizlarimizga qaytib, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqiga ega bo‘lganimiz, avlodlarga ibrat va namuna bo‘ladigan buyuk ishlarni amalga oshirganimizning noyob tarixiy solnomasidir!
Do'stlaringiz bilan baham: |