Bugungi kunda tarixning noyob mulkiga aylangan bu hujjatlar har tomonlama hayotiy va mantiqiy asosga ega ekani, tahliliy ruhi, muallifning ulkan intellektual salohiyati, har qanday sharoitda ham O‘zbekiston manfaatini qat’iy turib himoya qilishga qaratilgan prinsipial pozitsiyasi, notiqlik mahoratini yorqin aks ettirishi bilan hech kimni beparvo qoldirmaydi. Ko‘pgina nutq va ma’ruzalarning matnlari arxiv hujjatlari asosida tiklangani, ya’ni to‘plam butunlay birlamchi, asl manbalar asosida tuzilgani uning tarixiy va ilmiy qimmatini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |