Ijtimoiy va millatlararo mojarolar qaltis tus oldi. Boltiqbo’yidagi, Kavkazortidagi vaziyat buni ochiq-oydin ko’rsatdi. Bu joylardagi voqealar grajdanlar urushi holatiga xatarli ravishda yaqinlashib q
Ijtimoiy va millatlararo mojarolar qaltis tus oldi. Boltiqbo’yidagi, Kavkazortidagi vaziyat buni ochiq-oydin ko’rsatdi. Bu joylardagi voqealar grajdanlar urushi holatiga xatarli ravishda yaqinlashib qoldi...
Kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyun kuni O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o’tkazdi va unda nutq so’zladi. Bu nutq mohiyat e’tiboriga ko’ra Islom Karimovning O’zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi edi. Ushbu chiqishda Islom Karimovning siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoyon bo’ladi.