O’sha davrda yurtimizda yuzaga kelgan holatni quyidagicha tahriflash mumkin: Ijtimoiy-siyosiy sohadagi jarayonlar hammani tashvishga soldi. Qayta qurish tufayli yuzaga kelgan demokratiya va oshkoralik anarxiya va safsatabozlikdan yetarlicha himoya qilinmagan edi. Intizom va tartib bo’sh, jinoyatchilik ko’paydi, odamlarning shaxsiy xavfsizligi, huquqlari va qadr-qimmati kafolatlari buzila bordi. Ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarning ahvoli yomonlashib bordi. Pulning qadrsizlanishini kuchaydi. Chayqovchilik, poraxo’rlik, xufiyona iqtisodiyot keng yoyila boshladi. Bularning hammasi odamlarning, ayniqsa, kam daromadli aholi tabaqalarining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |