Shunisi hayratlanarliki, bu noyob dasturning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, ustuvor yo’nalishlari haqida Yurtboshimiz 1990 yilda — respublikamizda ilm-fan va ta’lim sohasining moddiy-texnik bazasi, kadrlar tarkibi achinarli ahvolga tushib qolgan, bu sohalar «qoldiq» printsipi asosida moliyalashtirilayotgan, jumladan, 1700 ta maktab binosi avariya holatida bo’lgan bir vaziyatda, uzoq va davomli maqsadlarni ko’zlab katta ishonch bilan fikr bildiradi. Eng muhimi, Prezident Islom Karimov o’z nutqida «Mustaqil O’zbekiston davlatining siyosati insoniylik va ezgulik tamoyillariga asoslanadi» degan dasturiy g’oyani butun dunyoga bayon qildi va mana, yigirma yildirki, davlatimiz ana shu siyosiy printsipga og’ishmasdan, qat’iy amal qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |