O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti “Tarix va ekskursiya-o'lkashunoslik ishi” 3-kurs talabasi Valiyeva Hilolaoyning taqdimoti



Download 6,78 Mb.
bet1/6
Sana21.07.2022
Hajmi6,78 Mb.
#833088
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Valiyeva Hilolaoy

O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti “Tarix va ekskursiya-o'lkashunoslik ishi” 3-kurs talabasi Valiyeva Hilolaoyning taqdimoti

Mavzu: O'zbekistonda qatag'onlarning boshlanishi, o'tkazilishi va oqibatlari

Reja:

I.Kirish

II.Asosiy qism

1.Qatag'onlik siyosatining mohiyati

2.Qatag'onlik dahshatlari

3.Qatag'on qilingan hamyurtlarimiz

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Sovet davlati va komunistik partiya amalga oshirgan qatag'onlik siyosati, uning imperiyachilik, bosqinchilik siyosatiga xizmat qilgan, unga siyosiy va ijtimoiy zamin tayyorlagan, o'z navbatida bosqinchilik va mustamlakachilik siyosati esa siyosiy va ijtimoiy qatag'onlarni tashkil etish bilan o'ziga keng yo'l ochgan va imkoniyatlar yaratgan
Stalin uyushtirgan qirg'in va ochlikdan millionlab begunoh kishilar halok bo'lganlar. Bir guruh xorijlik olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra va sovet hokimiyati e'lon qilgan statistik ma'lumotlarga ko'ra 1923 yil musulmon aholisining soni 30 million kishi bo'lsa, 1959 yilgi ma'lumotlarga qaraganda bu raqam 24 millionga tushib qoldi.
Bu haqda birinchi prezidentimiz I. A. Karimov: «bu tuzum o'z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o'z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi», - deb aytgani bejiz emas. Haqiqatdan ham qatag'onlik siyosati ittifoq tasarrufidagi xalqlar va millatlarning gulini, ziyolisini, olimu fozillarini, vatanning jonkuyarlarini, fidoyilarini yo'q qilishga qaratilgan edi
Qatag'onlik siyosatining mohiyati:
SSSRning 1924 yilgi konstitutsiyasi muqaddimasida Leninning shunday so'zlari yozib qo'yilgan edi: «Yangi sovet davlati barcha mamlakatlar mehnatkashlarini jahon sotsialistik jumhuriyatiga birlashtirish sari qo'yilgan yangi qat'iy qadamdir». Bu so'zlar mustamlakachilik siyosatining yorqin ifodasi. Juda ko'p mamlakatlar, xalqlarni mustamlakachilik sirtmog'ida saqlashning eng qulay yo'li qatag'onlikdir. Bosh ko'targan har bir kimsaning boshini majaqlab tashlash, ozodlik, mustaqillik so'zlarini tilga olgan har bir kishining tilini sug'urib talash, xur fikr bilan maydonga chiqqan aql zakovat egasini jisman yo'q qilish, imperiyadagi barcha aholini manqurtlarcha itoatda saqlash Stalinga qatag'onlik siyosatining mohiyat mazmunini belgilaydi.
1925 yil 19 noyabrda Samarqandda chaqirilgan O'zbekiston KP(b) MKning plenumi yig'ilishi bir kun emas, to'rt kun davom etadi. Buning asosiy sababi respublikadagi yuqori ma'suliyatli vazifalarni egallab turgan 18 shaxsning o'z lavozimlaridan ketishi haqidagi azirasi bo'ldi. Ular o'z iste'folari sababini xususiy mulkni yo'qotish hisobiga o'tkazilgan er suv islohoti usullariga norozilik sifatida izohlashadi.
Shuningdek, «O'n sakkizlar guruhi»ni eski xodimlarga noto'g'ri munosabatda bo'linayotgani, rahbarlarni tanlash faqat sinfiy nuqtai nazardan amalga oshirilayotgani qoniqtirmaydi. Bayonotga imzo chekkanlar orasida I. Xidiraliev, M. Saidjonov, R. Rafiqov kabi milliy rahbarlar ham bor edi.
«O'n sakkizlar guruhi» bilan KP(b) MK O'rta Osiyo byurosi raisi I. Zelinskiy yig'ilish o'tkazganidan so'ng, guruhning 8 a'zosi o'z «xato»larini tan olib, imzolaridan voz kechadilar. Boshqa o'nta shaxs O'rta Osiyo byurosida bayonotlarini ko'rib chiqishlarini talab qiladilar.
«O'n sakkizlar bayonoti» O'z KP(b) MK II qurultoyida muhokama etilib, ushbu masala bo'yicha qaror qabul qilinadi va unda «O'n sakkizlar bayonoti» O'z KP(b) MKga qarshi yo'naltirilgan fraktsiya va guruhbozlik harakterida bo'lib, partiya saflari birdamligini buzishga, partiya qurultoyiga to'sqinlik qilishga qaratilgan hamda shaxsiy norozilik, mayda burjua kayfiyatini aks ettiruvchi ariza, deb ta'kidlanadi.
Qatag'onlik dahshatlari
Shundan so'ng «O'n sakkizlar bayonoti» tashabbuskorlari va tashkilotchilarini aniqlash, ularni qat'iy partiya javobgarligiga tortish vazifalari qo'yiladi. Hamma joylarda «O'n sakkizlar bayonoti» ning keng muhokamasi avj oldiriladi va uni er suv islohotini barbod qilish xavfi bor va yangi hayotga qarshi bo'lgan mayda burjuaziya va ruhoniylarga yon beruvchi bayonot, deb soxtalashtiriladi.
Partiyaning II qurultoyidan keyin bo'lib o'tgan plenum partiya oldida o'z «aybi»ga iqror bo'lmaganlarni egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirishga qaror qildi. Xususan, R. Rafiqov ichki ishlar xalq komissarligidan, M. Saidjonov Zarafshon viloyat ijroiya qo'mitasi kotibligidan, I. Xidiraliev O'zbekiston er ishlari xalq komissari vazifasidan ozod etiladilar.
Yer-suv isloxatini o'tkazish davrida «O'n sakkizlar guruhi» ushbu jarayon va MKga qarshi faoliyat yuritishda ayblanishgan bo'lsa, oradan ikki yil o'tgach esa, O'rta Osiyo byurosining plenumida (1927 yil oktyabr) ularga boy quloqlarning manfaatini himoya qilgan, er suv islohoti hamda ayollarning ozodlikka chiqishiga qarshi bo'lgan, savdogar va hunarmand-lardan olinadigan soliqlarni kamaytirish va davlat apparatini milliylashtirish tarafdori bo'lgan, degan soxta aybnomalar qo'yiladi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish