Oʼzbekiston milliy universiteti tаrix fаkulteti oʼzbekiston tаrixi kаfedrаsi



Download 0,58 Mb.
bet17/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#242696
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Bog'liq
(Qosimov Sardor) Dess

Staroverlar, staroobryadchestvo (eski udumlar, eski diniy udum, marosim va urf-odatlarga amal qiluvchilar) – Rus pravoslav cherkovining 17-asrning ikkinchi yarmida patriarx Nikon o‘tkazgan cherkov islohotini qabul qilishdan bosh tortgan diniy oqim vakillari.

XIX asrning 70 yillari O‘rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda, boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar, masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo‘ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashadi. Rossiya armiyasi tomonidan Birinchi jahon urushida asir olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa G‘arbiy evropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga surgun qilinishi ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, evropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30-yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav yoki 5340 masjidga 306 cherkov to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 26 ming yahudiy diniga va 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar bo‘lgan.

Pravoslav yo‘nalishi O‘zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo va Toshkent) eparxiyasini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Xristianlikning O‘zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolitsizmdir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300ga yaqin katolik istiqomat qilgan. O‘sha vaqtda rim katoliklari jamoalariga Yustin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1917 yilda qurib bitkazilgan. Hozirgi vaqtda bu bino tarixiy obida sifatida qayta ta’mirlandi.

Vatikan davlati O‘zbekistonning mustaqilligini 1992 yil 1 fevralda tan olib, shu yilning 17 oktyabr kuni diplomatik aloqalar o‘rnatdi. 1994 yil 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vatikan davlatining nunsiy elchisi Marian Olesdan Ioann-Pavel Ikkinchining ishonch yorlig‘ini qabul qildi. SHundan so‘ng Vatikanning Toshkentdagi elchixonasi rasman o‘z ishini boshladi. M.Olesning qarorgohi Qozog‘istonning sobiq poytaxti Almatida bo‘lgani sababli Toshkentdagi elchixona rahbarligini hozirgi vaqtga qadar K.Kukulka bajarib kelmokda.

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan Arman apostol cherkovi eng qadimiy xristian cherkovlaridan biri bo‘lib, uning «Echmiadzin» jurnali hamda maxsus diniy o‘quv yurti mavjud. Kilikiya katolikosati, Quddus va Konstantinopol patriarxatliklari, AQSH, Janubiy Amerika, Evropa, YAqin, O‘rta va Uzoq Sharqdagi eparxiya boshqarmalari Echmiadzin katolikosatiga bo‘ysunadi.

Keyingi o‘n yillikda mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar orasida protestantizm yo‘nalishiga qiziqish ortdi. Bunga, bir tomondan koreyslarning o‘z qarindosh-urug‘lari bilan diydor ko‘rishish va boshqa maqsadlarda Janubiy Koreya, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarga borib kelishi omil bo‘ldi. Xorijda ular ma’lum bir diniy oqim ta’siriga tushib, O‘zbekistondagi yaqinlariga ham mazkur oqim ta’limotlarini targ‘ib qila boshladi. Shuningdek, Janubiy Koreya va AQSHlik koreys millatiga mansub kishilar ham katta moddiy mablag‘ga ega bo‘lgan protestantizm yo‘nalishi markazlari hisobiga mahalliy koreys millati vakillari orasida missionerlik faoliyatini olib bormoqda.

O‘zbekistondagi koreys protestant cherkovlarining deyarli barchasini pyatidesyatniklik yo‘nalishidagilar tashkil etadi. Ibodat tarzlari protestantizmdagi yo‘nalishlarda bajariladigan amallar kabidir.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan To‘liq Injil xristianlarining (pyatidesyatniklik) ilk jamoalari XX asr 20-yillari oxirida Toshkent shahrida tuzildi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish