Oʼzbekiston milliy universiteti tаrix fаkulteti oʼzbekiston tаrixi kаfedrаsi


II BOB. KONFENSSIYALARARO HAMKORLIK - JAMIYAT TARAQQIYOTI OMILI



Download 0,58 Mb.
bet14/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#242696
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
(Qosimov Sardor) Dess

II BOB. KONFENSSIYALARARO HAMKORLIK - JAMIYAT TARAQQIYOTI OMILI

2.1. Mamlakatimizdagi diniy konfessiyalar va ularning faoliyati
Bag‘rikenglik – «Tolerantlik» tushunchasi o‘ziga xos sinonim va antonimlarga ega bo‘lgani holda, manbalarda turlicha izohlanadi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida: «Bag‘rikenglik – o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lish», - deb ta’rif berilgan. Ijtimoiy ensiklopedik lug‘atda: «Tolerantlik – ijtimoiy ishning boshqaruv tamoyili, individlar, guruhlar va ijtimoiy hamjamiyatlar o‘rtasidagi madaniy, irqiy va boshqa tafovutlarni tan olish, odamlarning tashqi qiyofasi, xatti-harakati, qadriyatlar yo‘nalishi va ulardagi farqlarga nisbatan bag‘rikenglikdir»53, - deyilgan. Bu bilan bag‘rikenglik insonning ichki ruhiy holati (uning ongi, haqiqatgo‘yligi, ko‘tarinki kayfiyati, ishga munosabati, salomatlik darajasi, qiziqishi, ishonchi, xohishsizligi, qo‘rquv hissi, ochiq ko‘ngilligi, javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, ishq-muhabbati kuchliligi, insonlar haqida ochiqdan-ochiq gapira olishi, etakchi bo‘la olishi, sustkashligi, tabiatan o‘z xususiyatlarini muvofiqlashtira olishi, muloqot va munosabatga engil kirisha olishi, ruhiy tetikligi kabilar) ekanligi tasdiqlanadi.

Tolerantlik – turli qarash, e’tiqod, jahon madaniyatiga hurmat, umuminsoniy qadriyatlarni bag‘rikenglik asosida qabul qilish va tushunish, insonning o‘zligini namoyon qilishga asoslangan individuallikning aniq namoyon bo‘lishiir. Bu darajadagi bag‘rikenglik kishilarning umuminsoniy madaniyjarayonlar, insoniyatni qiziqtirayotgan yoki bezovta qilayotgan muammolardan xabardorlik darajasini, BMT, YUNESKO, YUNISEF kabi xalqaro tashkilotlar qabul qilgan umumbashariy dasturlar, loyihalar, qarorlarni bilishini va ularni amalga oshirishda faol qatnashishini anglatadi.

YUNESKOning 1945 yil 16 noyabrda qabul qilingan Nizomida belgilangan “dunyo insoniyatning axloqiy va intellektual birdamligi asosida qurilishi darkor” degan tamoyil, BMT va YUNESKO faoliyatining asosiy mazmunini ifoda etadi. BMT xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqliligi hamda o‘z taqdirini o‘zi belgilash, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar harakterdagi xalqaro muammolarni hal etish, ushbu maqsadlarga erishishda millatlar, davlatlar harakatini muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi54. Yoki, 1966 yil, 19 dekabrda qabul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt”da qayd etilganidek, barcha xalqlar o‘z siyosiy maqomini va iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini mustaqil belgilash, xalqaro hamkorlikda qatnashish, o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, hammaga o‘z kasbi, ish sohasi bo‘yicha yuksalish, bilim, axborot va dam olish, ma’naviy boyliklardan foydalanish, yashash joyini erkin tanlash, o‘z xohishi bilan turmush qurish kabi umuminsoniy normalarga muvofiq hayot tarzini yaratishni o‘z zimmasiga oladi55. Shu bilan birga ularda tolerantlik madaniyati global darajada shakllanishini huquqiy kafolatlaydi. Albatta, ushbu xalqaro Paktga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik davlatlarning o‘z ixtiyori, biroq bugungacha bu hujjat barcha davlat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ham imzolangan. Respublikamiz bugungi kungacha global madaniy tolerantlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi, xalqaro integratsiyani chuqurlashturuvchi 90 dan ziyod xalqaro konvensiya, pakt, shartnomaga qo‘shildi56.

Global tolerantlik «bag‘rikenglik» madaniyatining muhim belgilari davlatlararo (xalqaro, mintaqalararo, mintaqaviy-respublikalararo) hamkorlikda mavjud global muammolarni hal etish uchun ittifoq, uyushmalar tuzish, birgalikda dastur, deklaratsiya, kommyunike, paktlar qabul qilish, umuminsoniy ahamiyatga ega ekologik, demografik ahvol, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, inson taraqqiyoti, er yuzida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda qatnashish, giyohvandlik, fohishabozlik, odamlar savdosi, ocharchilikka qarshi kurashishdan iborat. Xullas, global tolerantlik madaniyati sivilizatsiyani asrash, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, madaniy boyliklardan teng foydalanish uchun umuminsoniy huquqiy makon yaratish, demokratiyani, madaniy plyuralizm, integratsiyani umuminsoniy taraqqiyot shartiga aylantirishga qaratilgan hamkorlikdir57.

Bugun insoniyat ko‘plab global muammolarga to‘qnash kelib yashayapti. Ularni hal etish uchun davlatlar, xalqlar, millatlar trans milliy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga majbur. Chunki ular o‘z muammolarini ham, umumbashariy muammolarni ham mustaqil holda hal qilishi mushkul. Bag‘rikenglik ikki xalq, millat o‘rtasidagi ziddiyat, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishda emas, balki davlatlararo munosabatlarda ham o‘ta muhim. O‘z qarashlarini “demokratiya bayrog‘i” shiori ostida o‘zga millat, xalqlarga kuch bilan singdirish, ayrim hollarda koalitsiyali intervensiya uyushtirish (AQSH, Angliya, Italiya, Fransiya va davlatlarning Iroqqa hujumi) global tolerantlik «bag‘rikenglik» madaniyati qaror topishiga xavf solmoqda. Bu aslida tinchlikni milliy va umumbashariy darajada saqlash, xalqlarning o‘z tarixiy negizlariga muvofiq erkin rivojlanishiga qarshi terrorizmdir. “Tolerantlik, deyiladi «Tolerantlik prinsiplari deklaratsiyasi»da, bo‘sh kelish, ko‘ngil bo‘shlik yoki nojo‘ya harakatlarga befarqlik emas. Bag‘rikenglik universal huquq va insonning asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllanadigan faol munosabatdir. Hech bir holatda bag‘rikenglik ushbu asosiy qadriyatlarga bo‘lgan tajovuzni oqlashga xizmat qilishi mumkin emas; tolerantlikni ayrim kishilar, guruhlar va davlatlar ham ko‘rsatishi zarur”58.

Bag‘rikenglik jahon miqyosida insoniyatning ongli hayotida va jamiyatning mentalligida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Bag‘rikenglikning hozirgi zamon konsepsiyasi yuzaga kelganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q, biroq dunyodagi barcha davlatlar tizimi, qonunchiligida o‘z ifodasini topmoqda. Bunda 1995 yilda YUNESKO Bosh konferensiyasida qabul qilingan “Tolerantlik tamoyillari deklaratsiyasi” asosiy rol o‘ynamoqda. Mazkur deklaratsiyaga jahonning 185 davlatida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham qat’iy amal qilinmoqda. Demak,Bag‘rikenglik bu – fuqarolik jamiyatining ajralmas me’yori va qadriyatidir.

“Birlik xilma-xillikda” tamoyilining butun omma tomonidan anglanishi Bag‘rikenglikning yana bir jihati. Birlik deganda barcha jamoa a’zolarining hamjihatligi nazarda tutilsa, xilma-xillik deganda jamoaning har bir a’zosi, o‘z fikr-mulohazasiga ega bo‘lishi, oshkoralik, umumiy g‘oya – Vatan g‘ururi g‘oyasi bilan birlashish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham Bag‘rikenglikning shakllanishi va unga amal qilinishi bilim, maqsad, oshkoralik, fikr, vijdon va e’tiqod erkinligiga imkon yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, ularning asosini milliy ong tushunchasi tashkil etadi.

2007 yil 11 oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida tinchlik yo‘lida dinlararo va madaniyatlararo o‘zaro tushunish hamda hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan BMT Bosh assambleyasining yuqori darajadagi muloqoti doirasida «Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O‘zbekiston tajribasi» mavzuiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Konferensiyaning ochilishida BMT Bosh assambleyasi 62-sessiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Hamid al-Bayotiy, Bosh kotib o‘rinbosari – BMT etakchisi ofisi rahbari V.Nambiar va BMTning boshqa yuqori martabali rasmiy vakillari, BMT huzuridagi a’zo-davlatlar diplomatiya missiyalarining rahbarlari, shuningdek, AQSHning akademik, tahliliy va ijtimoiy-madaniy doiralari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Anjuman qatnashchilari e’tibori jamiyatda dinlararo va madaniyatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va sabr-toqat, ezgulik va mehribonlik kabi fazilatlarni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston olib borayotgan davlat siyosatining asosiy ustuvor jihatlari va tamoyillari haqidagi ma’lumotlarga qaratildi.  Respublika rahbariyati mamlakat mustaqilligining ilk kunlaridanoq dinlararo va madaniyatlararo totuvlik masalasini davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olgani ta’kidlandi. Ana shunday yondoshuv tufayli O‘zbekiston jamiyati bugun madaniy xilma-xillik va bag‘rikenglikning noyob namunasi hisoblanadi. Tinchlik va totuvlik, fuqarolar hamjihatligi, diniy sabr-toqat, jamiyat hayotida turli madaniyatlar vakillarining teng huquqli ishtiroki – zamonaviy O‘zbekistonning ajralib turadigan o‘ziga xos jihatlaridir. Mustaqillik yillarida shakllangan milliy siyosat asosida aynan ana shunday tamoyillar mujassam. Tadbir ishtirokchilari e’tibori O‘zbekistonning islom madaniyati va ilm-fani oldidagi hamda yodgorliklarni saqlash va islom merosini boyitish borasidagi buyuk xizmatlari uchun 2007 yilda Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkent shahrining jahon islom madaniyatining poytaxti, deb e’tirof etilganiga qaratildi. AQSH akademik va ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari o‘z  ma’ruzalarida Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan O‘zbekiston ko‘p asrlar davomida SHarq va G‘arbni bir-biriga bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib xizmat qilgani xususida atroflicha fikr bildirishdi. O‘zbek xalqining Ibn Sino, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farg‘oniy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Abduholiq G‘ijduvoniy kabi butun dunyoga mashhur vakillari nafaqat jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga, balki sivilizasiyalararo muloqot va jahon xalqlari o‘rtasida o‘zaro tushunish kayfiyatlarini mustahkamlashga muhim hissa qo‘shganlar.

Amerikadagi Ratgers hamda Fordxam universitetlarining professori, «Global Scholarly Publications» xalqaro tashkiloti direktori, dinshunos olim va sharqshunos P.Morvidj o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston hududida turli diniy va madaniy an’analarning bir-biriga uyg‘un ravishdagi tinch-totuv hayotining ko‘p asrlik tarixini aniq misollar asosida ochib berdi. U «Ko‘hna O‘zbekiston zamini jahon sivilizasiyasining beshiklaridan biri», deb ta’kidladi. SHuningdek, «Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan bu hududda noyob madaniy-diniy uyg‘unlik yuz bergan. Zamonaviy O‘zbekiston hududida bu an’ananing rivojlanishi davom etmoqda», deya qayd etdi u. Amerikalik olim respublika rahbariyatining mamlakatda dinlararo va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi siyosatini yuksak baholadi.59

Vashington Times: O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik dunyo mamlakatlari uchun namunadir. Amerikadagi The Washington Times gazetasida “O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik qaror topgan yurt” deb nomlangan maqola chop etildi. Unda muallif L.Tod Vud yurtdoshlarimizning bag‘rikengligi haqida so‘z yuritadi. Washington Times:

Muallif G‘arb ommaviy axborot vositalari dunyoning turli nuqtalaridagi diniy adovat, ayniqsa, Mag‘ribdan Afg‘onistongacha bo‘lgan hududlarda hukm surayotgan beqarorlik haqida maqola va materiallarga to‘lib toshganini yozadi. Ammo, uning fikricha, shunday joylar ham borki, u er aholisi asosan musulmon bo‘lsa-da, o‘z bag‘rikengligi va zamonaviyligi bilan ajralib turadi, ular asrlar davomida xristianlar, yahudiylar bilan birga tinch-totuv yashab kelishmoqda. Masalan, Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston ko‘hna va shonli tarixga ega. Bu mamlakatdagi ko‘rkam masjidlar, maqbara va madrasalar sayyohlarning e’tiboriga tushishi aniq. Ammo mamlakatning dunyoviy davlat sifatida diniy bag‘rikenglik va gender tengligini ta’minlagani diqqatga sazovor. Muallifning fikricha, O‘zbekiston hali ko‘pchilikka tanish emas.

Markaziy Osiyoning ushbu davlati Buyuk Ipak yo‘lidagi savdo markazidan betakror sayyohlik maskaniga aylangan. Uning boy tarixiy merosi nekbin g‘arbliklar tashrif buyurishi uchun ayni muddao hisoblanadi. “Islomning asil mohiyatini, uni arablar yoki radikallar bilan bog‘lamasdan, chuqur tushunish uchun, albatta, sayyoh sifatida ushbu zaminga  borish kerak”, — deydi muallif. Aynan O‘zbekiston Evroosiyoning boy sivilizatsiyasi, madaniyati va me’morchiligi bebaholigini anglab etishga yordam beradigan makondir.

Muallif qadimiy Samarqand shahridagi hazrati Doniyor maqbarasi O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglikning eng yorqin namunasi ekanligini alohida e’tirof etadi. “SHunday bir necha yuz chaqirim narida — Afg‘onistonda bo‘layotgan urush bir necha o‘n yillardan beri odamlarning tinkasini quritayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda xristianlar, yahudiylar va musulmonlar ushbu muqaddas qadamjoda birgalikda duo o‘qishadi, ziyorat qilishadi”, — deya hayratlanadi muallif.

Ma’lumki, sayyohlar diniy ekstremizm, radikalizmdan, qolaversa, ayollarga nisbatan shafqatsiz munosabatdan xavfsirashadi. Shu sababli ham muallif O‘zbekiston hukumati mamlakatda radikalizmga barham berganiga alohida urg‘u beradi. “Ayollarga yuksak darajada hurmat e’tibor ko‘rsatiladi. Bunday e’tiborni mintaqaning boshqa hududlarida ko‘rish juda mushkul. O‘zbekiston ayol sayyohlar uchun ham xavfsiz. Umuman, ushbu mamlakat g‘arblik sayyohlar uchun dunyodagi xavfsiz makon ekanligi bilan nom qozongan. Yaqin Sharqda xristianlar va boshqa din vakillari boshidan kechirayotgan azob-uqubatlarni oladigan bo‘lsak, bu juda ham quvonarli holatdir”, — deb yozadi muallif.

Maqolada yurtimizning rang-barangligi, qulay infratuzilmasi ham e’tirof etilgan. U, ayniqsa, Toshkent metropolitenini alohida san’at va me’morchilik asari sifatida ko‘rsatib o‘tgan. “Chunki bu nafaqat qulay transport vositasi, ayni paytda san’at va me’morchilik namunasi hamdir. Bundan tashqari, aviaqatnovlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, Ispaniyada ishlab chiqarilgan tezyuarar zamonaviy poezdlar esa sayyohlar joniga oro kiradi”, — deya davom etadi muallif.

O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy va me’moriy merosidan tashqari yana bir muhim omil ham borki, muallif fikricha, u uchun jonni fido qilsa arziydi. O‘zbek milliy taomlari, ayniqsa, palov har bir sayyohning xotirasi uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ayni chog‘da yangi to‘g‘ralgan piyoz bilan iste’mol qilinadigan shashlikdan har bir sayyoh, albatta, tatib ko‘rish kerak.

So‘nggi yillarda diniy radikalizm dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan bo‘lsa-da, g‘arb mamlakatlari Islom dinining o‘tmishda dunyo hamjamiyati ravnaqiga, ayniqsa, innovatsiyalar hamda fan-ta’lim rivojlanishiga qo‘shgan hissasini yaxshi tushunishi juda muhimdir. “Siz O‘zbekistonga tashrif buyursangiz, Ibn Sino, Al-Xorazmiy singari buyuk allomalar hayotidan, faoliyatidan xabardor bo‘lasiz”, — deydi u.

Maqolada O‘zbekistonda turizm sohasi izchil isloh qilinayotgani, turistlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilayotgani, viza olishda engilliklar berilayotganini qayd etilgan. Bularning barchasi mamlakatda sayyohlar soni 20 foizga oshishiga imkon yaratib berganligini yozadi.

Muallif bugun Xitoy Pekindan Evropaga qadar Ipak yo‘lini qayta tiklashga urinayotgan bir paytda, boshqalardan avvalroq bu noyob zaminni o‘zingiz uchun kashf qilsangiz, nur ustiga nur bo‘ladi, deya xulosa qiladi.60

Amerikalik siyosatshunos M.Uolser siyosiy qurilmaning toqatlilikka yo‘l qo‘yadigan yoki bag‘rikeng jamiyatlarning 5 turini ajratib ko‘rsatadi, bular: ko‘pmillatli imperiyalar, xalqaro hamjamiyat, konsotsiativ tuzilma, milliy davlatlar va emigrantlar hamjamiyati.

G‘arblik dinshunos (tarixchilar)dan Mark Says Horun ar-Rashid davridagi bag‘rikenglikni shunday izohlagan: “Masihiylar, butparastlar, yahudylar va musulmonlar bab-barobar hukumat hizmatida ishlar edilar”, deb yozganligini gapirib o‘tishimiz ham foydalikdir.61

“Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda”. Bu haqda Moskva va Butun rus patriarxi Aleksey, Xillari Klinton va Madlen Olbrayt, Iordaniyashahzodasi Hasan bin Tallol kabi dunyo miqyosida katta obro‘ va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o‘tdilar.62

Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik va barqarorlik xorijlik siyosatchilar tomonidan yuksak baholanmoqda. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining oz sonli millatlar bo‘yicha sobiq Oliy Komissari Knut Vollebek Baynalmilal madaniyat markazida bir necha bor mehmon bo‘ldi. U yurtimizda turli millat vakillariga o‘qish, o‘z madaniyatlarini rivojlantirish borasida yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, bu tajribani boshqa davlatlarga ham yoyish kerak, degan fikrni bildirdi. Albatta, bu bejiz emas. Dunyoda milliy-etnik munosabatlar tobora murakkablashib, hatto eng ilg‘or davlatlarda ham oz sonli millat vakillarini kamsitish, xo‘rlash va siqib chiqarish holatlari kuzatilayotgan davrda turli millat va elat vakillari yagona oiladek ahil va inoq yashayotgan O‘zbekiston chindan ham boshqalarga namuna bo‘lishga munosib.

Vashingtondagi J.Xopkins nomli universitet qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining etakchi eksperti Aftab Qazi shunday deydi: «Men katta ishonch bilan aytamanki, O‘zbekiston jahondagi eng bag‘rikeng mamlakatdir». Misrdagi etakchi nashrlardan «Al-Axbor» gazetasi «O‘zbekiston: milliy totuvlik tajribasi» maqolasida «O‘zbekistondagi millatlararo tinchlikni ta’minlash modeli eng yuksak bahoga loyiq. U arab dunyosi uchun yaxshi namuna bo‘lishi mumkin», deb yozsa, «Diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik bobida O‘zbekiston Frantsiya uchun ham namuna bo‘lishi mumkin», deb ta’kidlaydi Versal shahri meri, Frantsiya parlamenti quyi palatasi - Milliy assambleya deputati eten Pinte. 63

Bunday samimiy dil izhorlari va xolis e’tiroflar har birimizning qalbimizga g‘urur bag‘ishlashi tabiiy. O‘z navbatida, bu zimmamizga umrboqiy qadriyatlarimiz, ayniqsa, olijanoblik va bag‘rikenglik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylash mas’uliyatini ham yuklaydi. O‘zini shu tabarruk zamin farzandi deb bilgan boshqa yurtdoshlarimizni ham buyuk kelajagimiz yo‘lida birlashishga undaydi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish