O'zbekiston milliy universiteti "makroiqtisodiyot" kafedrasi


Mamlakatimiz eksport salohiyati va unda sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o'rni



Download 1,11 Mb.
bet5/7
Sana26.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#468358
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIR kurs ishi (2)

Mamlakatimiz eksport salohiyati va unda sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o'rni.

O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi diversifikasiyalangan varaqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga, innovasion texnologiyalar va bozorni boshqarishning yangi usullaridan foydalangan holda milliy resurslardan maksimal darajada foydalanishga yo'naltirilgan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida eksport faoliyati bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar erishish ta'minlanmoqda.



Statistik ma'lumotlarga ko'ra 2020 yilda respublika tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 15 127,7 mln. AQSh dollariga etdi. So'nggi o'n yillik bo'yicha ko'rsatkichlarga e'tibor beradigan bo'lsak, mamlakatimiz eksport hajmi yillik 12 mln. AQSh dollaridan ortiq bo'lganini kuzatishimiz mumkin.

Yuqoridagi rasm ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, so'nggi o'n yillikda mamlakatimiz eksport hajmining o'sish sur'ati ko'rsatkichlarida barqarorlik kuzatilmagan, ya'ni 2012, 2014, 2015, 2016 va 2020 yillarda pasayish kuzatilgan. 2020 yildagi pasayish ko'rsatkichi (86,6%)ni 2019 yilda boshlangan pandemiya ta'siri deb baholasak, avvalgi yillardagi pasayish ko'rsatkichlarini sohada hal qilinishi zarur bo'lgan tizimli muammolar mavjudligidan dalolat berishini aytib o'tishimiz mumkin.

Yuqoridagi rasm ma'lumotlariga e'tibor beradigan bo'lsak, respublika bo'yicha ro'yxatga olingan sanoat korxonalari soni so'ngi sakkiz yillikda muntazam ravishda ortib bormoqda. Xususan, 2021 yilda ro'yxatga olingan sanoat korxonalari soni 88 727 ta bo'lib, 2020 yilga nisbatan 119,5% ga o'sish kuzatilgan. 2021 yilda ro'yxatdan o'tgan sanoat korxonalarining 94%i faol hisoblanadi.


O’zbekistonda eksport tarkibi.

Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, so'nngi o'n yil respublika
umumiy eksporti tarkibida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan besh turdagi asosiy mahsulotlar yuqori ulushga ega bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Bunday mahsulotlar qatorida oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar, energiya manbalari va neft mahsulotlari, qora va rangli metallar, mashina va asbob-uskunalarni kiritishimiz mumkin.
O'zbekistonda to'qimachilik sanoati eksporti 7 milliard dollardan, meva-sabzavot eksporti esa 5 milliard dollardan oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev boshchiligida qishloq xo'jaligi erlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari hamda tomorqa xo'jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida o'tkazilgan videoselektor davomida ma'lum qilindi.
— To'qimachilik sanoati korxonalari eksporti joriy yilda – 3 milliard dollardan, kelgusi besh yilda esa – 7 milliard dollardan oshiriladi.
Meva-sabzavotchilik eksportini esa bugungi kundagi 1,2 milliard dollardan, kamida 5 milliard dollarga ko'paytirish bo'yicha barcha imkoniyatlar bor, — dedi Prezident.
Davlat rahbari bu borada, Asaka, Angor, Denov, Jomboy, Samarqand, Oltiariq, Quva, Yuqorichirchiq va Yangiqo'rg'on tumanlarida meva-sabzavotchilik klasterlarini misol qilib keltirdi.
— Ushbu tumanlarda ish faoliyati to'g'ri yo'lga qo'yilib, 20-25 million dollardan eksport qilinmoqda.

XULOSA
Bugungi kunga kelib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va
ularning eksportini kengaytirish juda muhimdir. Bu bevosita mamlakat iqtisodiyotini jahon bozoriga chiqishiga, turli sohalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Mamlakatning, shuningdek sanoat korxonalarining eksport strategiyasini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada eksport faoliyatini rivojlantirish, xususan sanoat mahsulotlari eksport hajmini oshirish uchun birinchi navbatda quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish zarur:

  • sanoat korxonalaridagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish;

  • sanoat turli tarmoqlarining qo'shilgan qiymati yuqori darajada bo'lgan mahsulotlar eksportini ko'paytirish va tegishli ravishda, an'anaviy eksport salmog'ini kamaytirish;

  • yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, imtiyozlar berish;

  • samarali ichki va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperasiya aloqalarini rivojlantirish;

  • mahalliy xom ashyoni qayta ishlashni kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni zamonaviylashtirish va yangilarini tashkil etish hisobiga iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish;

  • barqaror iqtisodiy tashqi savdo qonunchiligi, shu jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari bo'yicha me'yoriy bazani mustahkamlash.

Tadqiqot davomida o'rganilgan materiallar va ma'lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz eksport hajmining o'sish ko'rsatkichlarida barqarorlik kuzatilmagan.
Respublika eksport faoliyatida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ulushi yuqori hisoblanadi. Bu ulushni yanada oshirish, eksport tarkibida tayyor mahsulot hajmini ko'paytirish masalasi ustuvor vazifa sifatida saqlanib qolmoqda.
Yana bir muhim jihat, respublika bo'ylab ro'yxatdan o'tgan sanoat korxonalari soni yildan-yilga ortib bormoqda va ular tarkibidagi faol korxonalar ulushi doimiy
ravishda yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Bu esa o'z navbatida sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish va ularning eksport hajmini oshirish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish