O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
‘’IQTISODIYOT’’ SIRTQI YO‘NALISHI
IV-KURS TALABASI
NARZULLAYEVA (DUVLAYEVA) DINORANING
Innovatsion iqtisodiyot fanidan yozgan
Referat
Mavzu: “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning o’rni”.
Toshkent-2022
Mavzu: “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning o’rni”.
Reja:
Kirish.
1. Innovatsiyalar va uni jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
2. Iqtisodiyotda innovatsiyalarning tutgan o’rni.
3. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajriba va innovatsiya.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog‘langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan o’zgarish-innovatsiya paydo bo’ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya (yangi sharoitlar yoki qo’llash joylarida bir marta o’zlashtirib yoki foydalanib bo’lingan innovatsiyani vaqtda tarqalishi) katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davriy xarakterga ega. Bu jihatlarni hisobga olish iqtisodiyotni tashkil qilish va iqtisodiy taxlil qilishning egiluvchan tizimlarini yaratishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017 –2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar Strategiyasining milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishining asosiy vazifalaridan biri korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadalroq o‘tkazish, zamonaviy ixcham texnologiyalarni keng tadbiq etishdan iboratdir.1O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va bizning xom-ashyo resurslarimizni chuqur qayta ishlashni, eksport salohiyatini ko’paytirishni ta‘minlovchi, yangi ish joylarini tashkil qiluvchi yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan investitsion loyihalarga ustivorlik beriladi.
O‘zbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari qatorigaqo’shilish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni, mamlakatni modernizatsiya qilishni davom ettirish hamda chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va shu asosda o’z fuqarolari uchun munosib turmush sharoitini yaratishni qzining istiqboldagi muhim vazifalari deb biladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning yangi bosqichi. Innovatsion iqtisodiyot bo’yicha ilmiy jamoalar, tadqiqotlar va ishlamalarni iqtisodiy taxlil
qilish usuliga ega va yangilik kiritishlar bozorida ishlashga qodir mutaxassislarni tayyorlashni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |