O'zbekiston milliy universiteti "makroiqtisodiyot" kafedrasi


O'zbekiston muzlatilgan meva-sabzavotlar eksportini keskin oshirdi – eksport tarkibi va salohiyati tahlili



Download 1,11 Mb.
bet4/7
Sana26.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#468358
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIR kurs ishi (2)

O'zbekiston muzlatilgan meva-sabzavotlar eksportini keskin oshirdi – eksport tarkibi va salohiyati tahlili

EastFruit tahlilchilari O'zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro savdosida juda muhim va uzoq kutilgan tendentsiyaga e'tibor qaratishdi – 2021 yilning 1 yanvaridan 20-oktyabriga qadar muzlatilgan sabzavot va mevalar eksporti hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,5 baravar oshgan. Bundan tashqari, muzlatilgan mevalar eksporti tizimida yuqori narx toifasidagi mahsulotlar tomon siljish kuzatildi.


O'zbekiston bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, muzlatilgan sabzavotlar eksporti muzlatilgan mevalar eksportiga nisbatan tezroq o'sgan. O'zbekistondan chuqur muzlatilgan sabzavotlar eksporti mazkur davrda 7,6 ming tonnaga etdi va hajm bo'yicha 2,5 barobar, qiymat bo'yicha 2,6 barobar o'sdi. Muzlatilgan mevalar va rezavorlar eksporti esa 4,7 ming tonnaga etdi, ular hajm bo'yicha 2,1 barobar, qiymat bo'yicha 2,5 baravar o'sdi.
EastFruit ma'lumotlariga ko'ra, muzlatilgan meva va rezavorlar toifasida O'zbekistonning asosiy muzlatilgan eksport mahsuloti gilos bo'ldi. Xususan, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O'zbekiston Rossiyaga 2,2 ming tonna muzlatilgan gilos eksport qildi, bu o'tgan yilning shu davridagi eksport hajmiga nisbatan bir yarim barobar ko'pdir. Bundan tashqari, boshqa muzlatilgan danakli mevalar ham eksport qilindi, ularning narxlari joriy yilda o'tgan yilga nisbatan yuqori bo'ldi, bu esa tushumning o'sish sur'atlari hajmdan oshib ketishiga olib keldi.
Qizig'i shundaki, O'zbekiston Rossiyaga ilk bor muzlatilgan malina eksport qildi. Bu yil Malinaning yuqori narxlari hisobga olingan holda mamlakatda ushbu rezavor ekilgan maydonlar kengayib borayotgani haqida yozgan edik. Rossiya esa jahon bo'yicha eng tez o'sib borayotgan ikkinchi muzlatilgan malina bozoridir.
Shunga qaramay, ko'rib turganingizdek, O'zbekistondan muzlatilgan mevalar eksportida rezavorlar ulushi zamonaviy va qimmatroq toifa bo'lishiga qaramay, nihoyatda pastligicha qolmoqda.
Muzlatilgan sabzavotlar toifasida eksportning eng katta o'sishi muzlatilgan bulg'or qalampiri hissasiga to'g'ri keldi. Xususan, O'zbekistonning muzlatilgan sabzavotlari uchun asosiy bozor bo'lmish Rossiyaga 2020 yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko'p muzlatilgan bulg'or qalampiri etkazib berildi. Brokkoli va gulkaram singari muzlatilgan karam eksporti ham tez sur'atlar bilan o'sdi. Muzlatilgan sabzavotlarning ushbu toifasi eksport hajmi bo'yicha asosiysi bo'lib qoldi, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O'zbekistondan Rossiya Federasiyasiga muzlatilgan brokkoli va gulkaram etkazib berish ikki barobar oshdi.
"Muzlatilgan sabzavotlar va mevalar kategoriyasi global miqyosda meva-sabzavot biznesining eng istiqbolli segmentlaridan biridir. Bu segment, menimcha, juda uzoq vaqt va barqaror o'sishi mumkin. Chunki jahonning ko'plab mamlakatlarida muzlatilgan sabzavot va mevalarning oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda ham, pazandachilik sohasida ham foydalanish uchun katta afzalliklari hamda qulayliklari borligi hozircha anglab etilmadi. O'zbekiston esa meva-sabzavotlarni muzlatuvchilar uchun haqiqiy "Klondayk" hisoblanadi, chunki, bu erda quruq moddalarga boy, ajoyib ta'm sifatlariga ega ancha arzon mevalar mo'l-ko'ldir. Bundan tashqari, sabzavot, meva va rezavorlarni chuqur (shok usulida) muzlatishning rivojlanishi O'zbekistonda rezavor va sabzavotlar etishtirishning yangi maydonlarini tashkil etishga katta turtki bo'lishi va buning natijasida ko'plab yangi ish o'rinlari yaratilishi, eksport tushumi keskin oshishi mumkin", deydi Birlashgan Millatlar tashkiloti qoshidagi oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ning investision departamenti iqtisodchisi Andriy yarmak.
Va EastFruit tahlilchilari O'zbekistondan muzlatilgan meva-sabzavot eksporti rivojlanishini yoqlashmoqda, ular bu faqat birinchi qadamligini va ushbu bozorning salohiyati xuddi avvalgidek juda katta ekanini aytishmoqda.
Agar joriy yilda O'zbekistondan muzlatilgan sabzavot, meva va rezavorlar eksporti qariyb 15 ming tonnaga etishi mumkin bo'lsa, unda, masalan, Polsha har yili 800 ming tonnaga yaqin muzlatilgan meva va sabzavotlar eksport qilib, salkam 1 milliard dollar daromad olmoqda. Ya'ni, hatto hajm bo'yicha Polsha eksporti O'zbekistondagi muzlatilgan meva-sabzavotlar eksportidan 50 barobar ko'p. Shuning barobarida Polshada xom ashyo qimmatroq, O'zbekistonda esa muzlatish uchun xom ashyoning sifat ko'rsatkichlari ancha yuqori bo'lishi mumkin.


  1. Download 1,11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish