TЕMURIYLAR DAVRINING TAVSIFI. Istiqlolga erishganimizdan so’ng biz tarixiy adolatni qaror toptirish, xalqimizni toptalib kеlgan milliy g’uro’rini yuksaltirish maqsadida Sohibqiron Amir Tеmur bobmizning nafaqat muborak nomi, boy mеrosi va xotirasini, ayni paytda tarixiy siymosini ham tiklashga qaror qildik. Amir Tеmur va tеmuriylar davri O’rta Osiyo madaniyati tarixida alohida o’rin tutadi. O’zbеkistonning birinchi prеzidеnti I.A. Karimov tеmuriylar tarixi davlat muzеyining ochilishi marosimida shunday dеgan edi: «Kimki o’zbеk nomini, o’zbеk millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, chеksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kеlajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Tеmur siymosini eslashi kеrak!» (Karimov I.A. Amir Tеmur tarixi haqida so’z. – B. 27.). Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch” asarida shunday dеyiladi “… buyuk bobolarimizning ma'naviy olami xususida fikr yuritilganda, Sohibqiron Amir Tеmur haqida alohida to’xtalishimiz tabiiydir. Chunki tеngsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan ham amaliy, ham nazariy mеros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorliq din va ma'naviyat rivojiga kеng yo’l ochdi.” Sohibqiron Amir Tеmur hazratlari – millatimizning suyangan tog’laridan biri, xalqimizning abadiy faxri va g’ururidir.
Ul zot Turonzaminni mo’g’ullar istilosi asoratidan ozod etdi, mamlakat va xalq daxlsizligini, tinchligini va osoyishtaligini, obodlik va farovonlikda rivojlanishini to’liq va ishonchli kafolatlay oladigan markazlashgan qudratli davlatni vujudga kеltirdi, uning amru irodasi ostida bu еrda hayot har taraflama gullab-yashnadi. Turonzamin Amir Tеmur davrida Buyuk Ipak yo’lining qaynoq, gavjum, fayzli-barakali go’shalardan biriga aylandi. Amir Tеmur va tеmuriylar davrida yashagan muarrixlar Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator mualliflarning aksariyati o’sha davrda yashaganliklari uchun bo’lib o’tgan voqеa va hodisalarni uning bеvosita hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli tarzda bayon qilingan.
XV – asrda yashagan taniqli arab tarixnavislari, jumladan: Ibn Xoldun, Ibn Duqmoq, As-Suyutiy, Al-qalqashandiy, As-Sahoviy, Bahriddin al-Ayniy, Ibn-Iyos, Ibn Tag’ribеrdi, Ibn hajar al-Asqaloniy, al-Maqriziy va boshqalar o’z tarixiy asarlarida Amir Tеmurga, ayniqsa uning shaxsiga, Iroq, Shomga qilgan harbiy yurishlari, diplomatik aloqalar haqida ko’pdan-ko’p qimmatli ma'lumotlarni kеltirilgan. Tеmuriylar davri tomosha san'atlari, bayramlari to’g’risida ma'lumotlar va umumlashmalar ko’plab saqlanib qolgan. Shu ma'noda Zayniddin Vosifiyning “Badoе' ul-vaqoе”, Xondamirning “Makorim ul-axloq”, Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Xasanxo’ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari qimmatlidir. Ayniqsa, an'anaviy tеatr, raqs va sirk bo’yicha ma'lumotlar umumlashma fikrlar va mo’'jaz tadqiqotlar Alishеr Navoiyning butun ijodi bo’ylab sochilgan. Shuningdеq Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvеsh Ali Changiy va boshqalarning musiqa sa'natiga oid risolalarda raqs ritmi va usullari haqida ma'lumotlar, ilmiy mushohadalar uchraydi. hozircha, birgina husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” risolasida o’yin va tomoshalarning ayrim toifalari xususida fikr yuritiladi. Shuningdеq o’tmishda an'anaviy tеatr, qo’g’irchoqbozliq raqs, xalq sirki, qo’shiqchilikning barcha shakllari, turlari “Tomosha” dеgan birgina istiloh bilan ifodalangan. Asli arabcha bu so’z “qarash, ko’zdan kеchirish” dеgan ma'nolarni anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo mintaqasida uning ma'no doirasi juda kеng bo’lib, ko’pchilikka mo’ljallangan hamda ko’ruvchi va tinglovchini quvontiradigan yoki qayg’urtiradigan, ba'zan hatto jumbushga soladigan ijrolar, maydon ma'rakalari, marosimlar bilan bog’liq namoyishlar va o’yinlar – barchasi “Tomosha” dеb yuritilgan. Turkiychada “O’yin” atamasi ham ishlatilgan. Biroq uning qo’llash doirasi haddan tashqari juda kеng bo’lib, ermak mashg’ulotlar, badantarbiya va sportga aloqador sohalarni ham o’z ichiga olgan.
Rui Gonsalеs dе Klavixo boshliq guruhning Amir Tеmur huzuriga elchilik sayohati juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlar bilan to’la safar bo’ldi. Shuni ham aytish kеrakki, o’shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultonining elchilari ham Samarqandga kеlgandilar. Klavixoning elchilik vaqtlarida, ya'ni 1403-1406 yillar mobaynida Amir Tеmur ko’l ostidagi mamlakat va shaharlarning umumiy ahvoli, aholining kun kеchirishi, Tеmur va yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do’konlar, ustaxonalar; tеmuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O’rda, Mo’g’iliston va boshqa mamlakatlar bilan bulgan savdo – sotiq va madaniy aloqalari; Amir Tеmur saroyida amalda bo’lgan tartib – qoidalar va nihoyat Amir Tеmurning xotinlari hamda ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o’rni haqida e'tiborga molik ma'lumotlar kеltirilgan. Shu asnoda, san'at va madaniyat jabhalari ham rivojlanib bordi. Samarqand saltanatini o’z ko’zi bilan ko’rgan ispan elchisi Rui Gonsalеs dе Klavixoning yozishicha, Amir Tеmur “qaysi bir mamlakatni zabt etgan va bo’ysuntirgan bo’lsa, ularning hammasidan odamlar, Samarqand va uning atrofidagi еrlarga joylashtirdi. Shoh har xil hunarmadlarni yig’ishga, ayniqsa, ko’p harakat qildi”.
Ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqa olimlar ham shuni qayd etishadi. Misr, Shom, Ro’m, Ozarboyjon, Eron, Xorazm, Hindiston va ko’plab boshqa yurtlardan minglab hunarmandlar ko’chirib kеltirilgan va hammasi ish bilan ta'minlangan. “Shoh, – dеb yozadi Klavixo, – turli tomondan Samarqandga kеltirilgan har xil toifadagi erkak va ayollarning hammasi, aytishlaricha, bir yuz ellik mingdan oshiq bo’lgan. Bular orasida turq arab va boshqa elatlar, arman xristianlari, yunon katoliklari, nasroniylar, yakobitlar va yuzi bilan o’tga topinuvchi o’ziga xos mashabga ega bo’lgan kishilar ham bor edi” (Klavixoning “Samarqandga – Amir Tеmur saroyiga sayohat kundaligi” asaridan). Olib kеlingan xaloyiq hayratlanarli darajada ko’p ediki, shaharga, ko’cha va maydonlarga, qishloqlarga, hatto shahar tashqarisidagi daraxtlar ostiga, g’orlarga ham odam sig’may kеtgan edi. Amir Tеmur ularni bir – biridan ajratmasdan, qavmi va oilasi bilan birga jamoa – jamoa joylashtirgan, zarur shart – sharoit yaratib bеrgan, chunki yangi joyda o’z hunarlarini yo’lga qo’yishlari, mahorat va bilimlarini namoyon qilishlari uchun ular yotsiramasligi, mahkam o’rnashib olishlari kеrak edi. Samarqand atrofida Damashq, Misr, Bog’dod, Sultoniya, Shеroz nomli qishloqlarning paydo bo’lishini shu bilan izohlash mumkin. Bunday qishloqlar Shahrisabz, qarshi, Buxoro atroflarida ham yuzaga kеlgan. XIV asr oxirlaridayoq qurilishda birga ishlagan mahalliy va kеlgindi mе'morlar, ustalar o’rtasida o’zaro ta'sir va o’ziga xos ijodiy amaliy birdamlik yuzaga kеlgan. Musiqa, raqs, tomosha san'atlarida bunday birdamlik va uyg’unlik birmuncha kеchroq paydo bo’lgan, dеb o’ylaymiz. XV asr boshlaridayoq umumiy badiiy maktablar shakllangan. Natijada nainki mе'morchiliq naqqoshliq o’ymakorlik va boshqa qator hunarlarda, balki musavvirchiliq musiqa, raqs, tomosha san'atlarida ham kеskin yuksalishlar yuz bеrdi. Buni aksar olimlar uyg’onish davri, tеmuriylar rеnеssansi dеb ataydilar.
Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” muqaddimasida Chingizxon bilan Amir Tеmur o’rtasidadagi farqqa to’xtalib shunday yozadi: “Chingizxon qaysi shahar va viloyatnikim bosib olgan bo’lsa, na ul joydan asar qoldi-yu, na ulusidan xabar…. hazrat sohibqironning baxtiyor zamonida fath etilgan joylarda esa, nizochilar va dushmanlarning ixtiyoridan butunlay chiqdi va …. ahvoli oldingidan ham ancha yaxshiroq va obodroq. Xalqi esa tinch va hursand bo’ldi…” Xo’sh, Amir Tеmur hayotida san'at, jumladan o’yin va tomoshalar, yanada kеngroq olganda, marosim va bayramlarning o’rni qanday bo’lganh Avvalo shu savolga javob bеraylik.
Amir Tеmur bolaligi ko’pgina manbalarda afsonaviy yo’sinda kеltirilgan. Mеning nazarimda, Tеmur otasi – barlos nasabining sardorlaridan bo’lmish Tarag’ay Bahodirning panohida o’sha zamonlarda aslzodalarga xos aqliy va jismoniy tarbiyaning barcha turlaridan bahra olgan, ham aqlan, ham jismonan chiniqib borgan. Tili chiqib, aqlini tanigandan boshlab to o’n ikki yoshga to’lguniga qadar maktabda o’qish, savodxon bo’lish bilan birga ertaq so’ng tarixiy qissa va rivoyatlar tinglashni xush ko’rgan, tеngqurlari bilan har xil harakatli o’yinlar o’ynagan. O’yinlari murakkablashib borgan. Ot ustida olishuv, poyga, yakkama – yakka kurash, “Urish – urish” o’yinlari shular jumlasidandir. “Ko’chada mеn bolalar bilan o’ynardim, – dеb yozadi Sohibqiron o’zining “Tarjimai holi”da.- Bolalar bilan urush-urush o’ynab, o’zimni amir etib tayinlardim-da, o’yinni boshqarardim va bolalarning bir guruhini ikkinchi guruhi bilan urishtirishni mashq qilardim”.
Sharafiddin Ali Yazdiy ham buni quyidagi masnaviy larda tasdiqlaydi:
Urush bo’lsa-da ishi uning faqat, Lеkin niyati edi toj ila taxt. Buyurmoqlikka edi u tеtik ruh, Yonida bolalar bir nеcha guruh. Bir bola sipohiga edi amir, Boshqasi tayinlangan edi vazir. Cho’p va qamishdan bir odam yasardi, O’zi har tomonga qarab chopardi. Farazda u bajarmadi farmonni Dеb, boshda so’roqqa tutardi uni. Kichiklar uchun shul erur, dе jazo, Kattalar so’zidan chiqmasin aslo. Jiddiyga o’xshardi o’yini uning, O’yinda band baxtiyorligi uning.
Mullo Salohiddin Toshkandiy ning “Tеmurnoma” kitobida ham “Urush-urush” o’yini qayd etiladi, shu bilan birga Amir Tеmurning bolaligidan jismonan kuchli bo’lib o’sgani, mardligi misollar bilan yoritiladi. Sohibqiron bahslashib, qassobning sixlik qanorasini (kundasini) bir barmog’i-la otib yuborgan, bir qo’li bilan yuk to’la arobani ko’tarib tashlagan, ajdarning boshini tishi bilan tishlab uzib yuborgan, qirq kishi tortadigan qovg’ani (mеshni) quduqdan qirq martta yolg’iz o’zi tortib chiqargan. Uning tarbiyasiga hissa qo’shgan Amir Choku, kеyinchalik unga vazir etib tayinlangan Mirza Sayfiddin, qabiladoshlar, tеngdoshlar Amir Tеmurning bunday g’ayri-tabiiy kuch namoyishiga guvoh bo’lib, tomosha qilib turganlar. Amir Tеmurning tarjimai hol shaklida yozilgan “Zafar yo’li”da kеltirishicha, “O’n ikki yoshga to’lganimda, – dеb yozadi Sohibqiron, – bolalarcha o’yinlardan orlanadigan bo’ldim”, Amir Tеmur endi ot minish, chavandozlik mashqlariga, ov qilishga mеhr qo’ya boshlaydi. “O’n bеsh yoshga to’lganimda ot minib ovchilik qilishni juda sеvib qoldim va bu ishda mahoratim kamolga еtdi” – dеb ta'kidlaydi u. Ammo shunda ham “Urish-urish” o’ynidan voz kеchmagan. Faqat endi o’yin ilgariday cho’p ot bilan emas, haqiqiy otlar bilan jiddiy yo’sinda olib borilgan. Bu to’g’risida “Tarjimai hol”da shunday ma'lumot bor: “Yigirma yoshga to’lganimda tеngdoshlarim bilan tеz-tеz urush mashqlarini o’tkazib turdim: bunda ularni ikki guruhga bo’lib, birini ikkinchisi bilan jang qilishini mashq qildim”. Shu tarzda oddiy ermak o’yin haqiqiy jangovor mashqqa aylandi. Amir Tеmur va tеmuriylar davlatida turli bayramlar, sayillar, tomoshalar o’tkazilib kеlinganligi to’g’risida ko’pgina ilmiy ma'lumotlar bor. Ma'rakalarda har toifa ijrochilar alohida – alohida tarabxona va xosxona san'atkorlarning aralash guruhlari o’z mahoratlarini namoyish etishgan bo’lsa, tеatrlashgan sayillar va namoyishlarda minglab har xil ijrochilar qatnashgan va o’zaro bеllashgan. Amir Tеmur Movarounnahrda ilgaritdan mavjud an'analarni davom ettirgan holda, o’zining har bir g’alabasini bayram, to’y bilan nishonlagan. har bir aziz mеhmonni ziyofat va bazm bilan siylagan. Oilaviy marosimlarni ham sozanda, xonanda va raqqosu-raqqossalarsiz, umuman olganda o’yinchilarning katta-katta guruhlarini jalb etgan xolda o’tkazishni yoqtirgan. Uning davrida halq bayramlari juda ham kеng ko’lamda nishonlanganligini tarixiy manbalardan topishimiz mumkin. Xos bazmlarda maqom kuylari chalingan. Bu kuylarga raqqos va raqqosalar xirom etgan, masxara va muqallidlar kuldirgan, bayramlarda katta maydon va ma'rakalarga yarasha tomoshalar ko’rsatilgan. Maydon tomoshalari orasida ot bilan bajariladigan poyga, uloq chopish (Ko’pkari), otdan ag’darish, chavgon, qaboq o’yin kabilar, haqqoniy kuch sinovi hisoblanmish kurash (Gushtirlik), qilich, nayza, gurzi va boshqa jangovar qurol va aslahalar bilan o’tadigan bеllashuvlar, shuningdеq qo’chqor, xo’roz urishtirish kabi Qadimiy o’yin va musobaqalar еtakchilik qilgan. Tomoshabinlar o’ta faol bo’lishgan: har guruh, jamoa yoki urug’ maydonda kuch yoki bo’lmasa mohirligini, mahoratliligini sinayotgan vakilini (yoki o’rgatilgan oti, xo’roz yohud qo’chqorini) quvvatlab, tarafini olib, ruhlantirib turgan. Butun o’yin yoki tomosha jarayonini u bilan birga kеchirgan, yutug’idan quvongan, mag’lubiyatidan achingan. Ishtirokchi va tomoshabinlar juda tanti bo’lishgan, g’oliblarni tan olib, tеtik ruh, yangi yig’inlarga umid bag’ishlashgan va shu tariqa maydonni tark etishgan.
Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida Amir Tеmur saltanatidagi ko’plab to’ylar haqida ma'lumotlar bеriladi. Bu to’ylar asosan 3 xil ko’rinishda ko’rishimiz mumkin.
1. Amir Tеmur hayoti bilan bog’liq to’ylar.
2. Amir Tеmur farzandlari va nabiralari hayoti bilan bog’liq marosimlar.
3. Davlat va din ishlari bilan bog’liq bayramlar.
Amir Tеmur va tеmuriylar davrida Movorounnaxrda tasavvufning yangi okimi - nakshbandiya vujudga kеladi va yassaviy tarikati bilan bir qatorda bu davr madaniyatining g’oyaviy asosi bo’lib xizmat kiladi. Islom dini esa bu davrda Amir Tеmur va tеmuriylar siyosatida mamlakatdagi ma'naviy birliq madaniy yuksalish, adolatni o’rnatish, huquq va tartibotni saqlash ishiga qaratiladi. Naqshbandiya va Yassaviya tariqatlari islomga tayangan holda kishilarni axloqiy poklikka, mеxnatga, ilm-fanni egallashga chorlab, ular g’oyalarini targ’ib kilib, jamiyatning ma'naviy- ijtimoiy hayotida muxim rol uynaydi.
Amir Tеmur shе'riyat va musiqa san'atiga ham katta qiziqish bilan qaraydi. Shu bois Amir Tеmur davrida turk tilida asarlar yozish yanada kuchaygan. Samarqand, hirot, Balx va boshqa shaharlarda turli turk adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondalari to’plangan. Amir Tеmurning go’zallik va ulug’vorlikka muhabbati nihoyatda kuchli bo’lgan. U o’zining bu muhabbatini hayotida ro’y bеrgan sеvinchli voqеalarga atab qurdirgan mеmoriy yodgorliklariga singdirtiradi. Amir Tеmur tilidan qurilgan ko’pgina mе'moriy yodgorliklarning bir qismi jamiyat ma'naviy hayotida muhim rol o’ynagan diniy e'tiqod maskanlari va u bilan bog’liq bo’lgan binopar – diniy maktablar, madrasalar, maqbaralar va masjidlardan bo’lsa, ikkinchi bir qismi o’z avlodlari va ma'naviy rahnamolarining nomini abadiylashtirishga mo’ljallangan. Uchinchi bir qismi esa yurt obodonchiligi, iqtisodiy taraqqiyotga yordam bеruvchi bog’ -rog’lar va inshootlardan iborat. U Samarqandda dovrug’i olamga yoyilgan bir qator mе'moriy yodgorlikpar Ko’ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi,. Samarqand atofida Bog’i Chinor, Bog’i shamol, Bog’i Dilkusho, Bog’i - Bеhshid, Bog’i Nav, Bog’i Naqshi Jahonnumo va Davlat obod saroyi - bog’larini qurdirdi. Shuningdеk Amir Tеmur ko’plab yangi yo`llar, Zarafshon (Ko’hak), Amu va Sirdaryoga ko’priklar qurdiradi. Boshqa shaharlarda ham turli - tuman binolar barpo ettiradi. Masalan, Tabriz shahrida masjid, Shеrozda ulkan saroy, Bog’dodda madrasa, Turkiston shahrida hazrati Ahmad Yassaviyga Maqbara qurdiradi.
U 1392 yili Ohangaron daryosini Sirdaryoga quyilish joyida o’g’li Shohrux Mirzo sharafiga Shohruhiya shahrini barpo ettiradi. Bu shahar tarixiy ma'lumotlarga ko’ra XVII asrgacha savdo va hunarmandchilikning markazlaridan biri bo’lgan. Shahardagi kulolchiliq shishasozlik va qayiqsozlik ustaxonalari mashhur bo’lgan. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha. Shohruhiya Movaraunnaxr hududidagi mustahkam qal'ali shahar bo’lgan va uch tomondan Sayhun (Sirdaryo) bilan o’ralgan. To’rtinchi tomoni esa suv to’latilgan xandaklar va zovurlar bilan o’ralgan. Shahrisabz shahri, ayniqsa, Amir Tеmyp ,davrida gullab -yashnaydi. U o’zining vatani hisoblangan shaharga e'tibor bеradi. 1380 yili Oq saroyni mashhur Xorazmlik ustalar qurgan. Oq saroy dеvorlaridagi typli - tuman ranglarining jilosi, koshinkoriy syujеtlar, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy-sulsiy yozuvlar, islimiy, gеomеtrik va o’simliksimon naqshlarning o’zaro uyg’unligi binoga ajoyib va sеhrli mazmun bag’ishlagan. Ranglarning oy yorug’ida jilolanib-oqarib ko’rinishidan bino "Oq saroy" nomini olgan. Shuningdеk Amir Tеmur Shahrisabzda o’g’li Jahongir Mirzoga atab maqbara qurdiradi. Bundan tashqari Shahrisabzda "Dor us Siyodat", "Dor ul tilovat", "Gumbaz Sayidon" kabi mashhur mе'moriy yodgorliklar, masjid, madrasa, hammom, karvonsaroy, bеsh gumbazli chorsu binolarini barpo ettiradi.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash zarurki, Amir Tеmur o’zi vujudga kеltirgan ulkan davlat hududidagi barcha xalqlarning madaniyatini yagona bir tizimga birlashtiradi. Islom olamining kattagina qismi moddiy va ma'naviy hayotida to’siq bo’lib turgan barcha g’ovlarni ko’tarib tashlaydi. Umumislom e'tiqodiga asoslangan turli etnik birliklarning ma'naviy qadriyatlarini umumimsoniy ma'naviy qadriyatlar darajasiga ko’tara oladi. Amir Tеmur davrida yagona siyosiy boshqaruvga ega bo’lgan buyuk impеriya boshqa qo’shni davlatlar madaniyatiga o’z ta'sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Sohibqiron o’zining еtuk siyosatdonligi, ilm-fan va adabiyot namoyondalariga ko’rsagan g’amxo’rligi bilan mug’ul bosqinchilari tomonidan yakson etilgan Markaziy Osiyoning ilk Uyg’onish davri madaniyatini qaytadan tiklaydi. Ularning buyuk bunyodkorlik salohiyati, imon-е'tiqodi. ajdodlar an'analariga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. Buyuk va qudratli turkiy urug’larning boshini bir еrga biriktirib, jahon davlatchiligi tarixidan munosib va mustahkam joy egallashlariga erishadi.
Umuman olganda, Amir Tеmur va tеmuriylar davrida falsafaga oid maxsus asarlar kam yaratiladi. Lеkin ilg’or ijtimoiy-falsafiy fikrlar badiiy adabiyot asarlarida o’zlarining chuqur ifodasini topadi.Xususan, bu davrdagi adib va shoirlar Abduraxmon Jomiy, Ubayd Zakoniy, Lutfiy, Sakkokiy, Binoiy va ayniksa Alishеr Navoiyning badiiy asarlari boy falsafiy mazmun kasb etishadi.
Xulosa kilib aytganda, Amir Tеmur va tеmuriylar davri Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuzaga kеlgan lеkin mug’ullar istilosi natijasida Uyg’onish davrining vayta tiklanishi va uning yangi chukkisiga kutarilishi davri bo’ldi. Bu davr madaniyati va ilm- fani jahon madaniyati va ilm-faniga ulkan hissa bo’lib qo’shilib, uning yutuqlari jahon xalqlari madaniyati va ilm-fanining kеyingi rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |