1-mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda davlatchilik rivoji 1-mashg‘ulot



Download 154 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi154 Kb.
#581926
Bog'liq
1-seminar(1-u)


1-MAVZU:Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va
Xurosonda davlatchilik rivoji
1-mashg‘ulot

  1. Amir Temur davlatchiligi tarixiga oid manbalar

  2. Amir Temur zukko, tajribali siyosatdon va buyuk davlat arbobi.

  3. Amir Temur davlatining tashkil topish shart-sharoitlari.

  4. Chig‘atoy ulusining tiklanishi.

  5. Amir Temur davlatida oliy boshqaruv, merosxo‘rlik va valiahdlik masalasi

1) Sohibqiron Amir Temur hazratlari – millatimizning suyangan tog‘laridan biri, xalqimizning abadiy faxri va g‘ururidir. Ul zot Turonzaminni mo‘g‘ullar istilosi asoratidan ozod etdi, mamlakat va xalq daxlsizligini, tinchligini va osoyishtaligini, obodlik va farovonlikda rivojlanishini to‘liq va ishonchli kafolatlay oladigan markazlashgan qudratli davlatni vujudga keltirdi, uning amru irodasi ostida bu erda hayot har taraflama gullab-yashnadi. Turonzamin Amir Temur davrida Buyuk Ipak yo‘lining qaynoq, gavjum, fayzli-barakali go‘shalardan biriga aylandi. Amir Temur va temuriylar davrida yashagan muarrixlar SHarafiddin Ali YAzdiy, Nizomiddin SHomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator mualliflarning aksariyati o‘sha davrda yashaganliklari uchun bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalarni uning bevosita hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli tarzda bayon qilingan. XV – asrda yashagan taniqli arab tarixnavislari, jumladan: Ibn Xoldun, Ibn Duqmoq, As-Suyutiy, Al-Qalqashandiy, As-Sahoviy, Bahriddin al-Ayniy, Ibn-Iyos, Ibn Tag‘riberdi, Ibn Hajar al-Asqaloniy, al-Maqriziy va boshqalar o‘z tarixiy asarlarida Amir Temurga, ayniqsa uning shaxsiga, Iroq, SHomga qilgan harbiy yurishlari, diplomatik aloqalar haqida ko‘pdan-ko‘p qimmatli ma’lumotlarni keltirilgan.
Temuriylar davri tomosha san’atlari, bayramlari to‘g‘risida ma’lumotlar va umumlashmalar ko‘plab saqlanib qolgan. SHu ma’noda Zayniddin Vosifiyning “Badoe’ ul-vaqoe”, Xondamirning “Makorim ul-ahloq”, Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Xasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari qimmatlidir. Ayniqsa, an’anaviy teatr, raqs va sirk bo‘yicha ma’lumotlar umumlashma fikrlar va mo‘‘jaz tadqiqotlar Alisher Navoiyning butun ijodi bo‘ylab sochilgan. SHuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali CHangiy va boshqalarning musiqa sa’natiga oid risolalarda raqs ritmi va usullari haqida ma’lumotlar, ilmiy mushohadalar uchraydi.
Hozircha, birgina Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” risolasida o‘yin va tomoshalarning ayrim toifalari xususida fikr yuritiladi. SHuningdek, o‘tmishda an’anaviy teatr, qo‘g‘irchoqbozlik, raqs, xalq sirki, qo‘shiqchilikning barcha shakllari, turlari “Tomosha” degan birgina istiloh bilan ifodalangan. Asli arabcha bu so‘z “Qarash, ko‘zdan kechirish” degan ma’nolarni anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo mintaqasida uning ma’no doirasi juda keng bo‘lib, ko‘pchilikka mo‘ljallangan hamda ko‘ruvchi va tinglovchini quvontiradigan yoki qayg‘urtiradigan, ba’zan hatto jumbushga soladigan ijrolar, maydon ma’rakalari, marosimlar bilan bog‘liq namoyishlar va o‘yinlar – barchasi “Tomosha” deb yuritilgan. Turkiychada “O‘yin” atamasi ham ishlatilgan. Biroq uning qo‘llash doirasi haddan tashqari juda keng bo‘lib, ermak mashg‘ulotlar, badantarbiya va sportga aloqador sohalarni ham o‘z ichiga olgan. Rui Gonsales de Klavixo boshliq guruhning Amir Temur huzuriga elchilik sayohati juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlar bilan to‘la safar bo‘ldi. SHuni ham aytish kerakki, o‘shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultonining elchilari ham Samarqandga kelgandilar.
Klavixoning elchilik vaqtlarida, ya’ni 1403-1406 yillar mobaynida Amir Temur ko‘l ostidagi mamlakat va shaharlarning umumiy ahvoli, aholining kun kechirishi, Temur va yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do‘konlar, ustaxonalar; temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O‘rda, Mo‘g‘iliston va boshqa mamlakatlar bilan bulgan savdo – sotiq va madaniy aloqalari; Amir Temur saroyida amalda bo‘lgan tartib – qoidalar va nihoyat Amir Temurning xotinlari hamda ularning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o‘rni haqida e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan. SHu asnoda, san’at va madaniyat jabhalari ham rivojlanib bordi. Samarqand saltanatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yozishicha, Amir Temur “Qaysi bir mamlakatni zabt etgan va bo‘ysuntirgan bo‘lsa, ularning hammasidan odamlar, Samarqand va uning atrofidagi erlarga joylashtirdi. SHoh har xil hunarmadlarni yig‘ishga, ayniqsa, ko‘p harakat qildi”.
Ibn Arabshoh, Nizomiddin SHomiy, SHarafiddin Ali YAzdiy va boshqa olimlar ham shuni qayd etishadi. Misr, SHom, Ro‘m, Ozarboyjon, Eron, Xorazm, Hindiston va ko‘plab boshqa yurtlardan minglab hunarmandlar ko‘chirib keltirilgan va hammasi ish bilan ta’minlangan. “SHoh, – deb yozadi Klavixo, – turli tomondan Samarqandga keltirilgan har xil toifadagi erkak va ayollarning hammasi, aytishlaricha, bir yuz ellik mingdan oshiq bo‘lgan. Bular orasida turk, arab va boshqa elatlar, arman xristianlari, yunon katoliklari, nasroniylar, yakobitlar va yuzi bilan o‘tga topinuvchi o‘ziga xos mashabga ega bo‘lgan kishilar ham bor edi” (Klavixoning “Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” asaridan). Olib kelingan xaloyiq hayratlanarli darajada ko‘p ediki, shaharga, ko‘cha va maydonlarga, qishloqlarga, hatto shahar tashqarisidagi daraxtlar ostiga, g‘orlarga ham odam sig‘may ketgan edi. Amir Temur ularni bir – biridan ajratmasdan, qavmi va oilasi bilan birga jamoa – jamoa joylashtirgan, zarur shart – sharoit yaratib bergan, chunki yangi joyda o‘z hunarlarini yo‘lga qo‘yishlari, mahorat va bilimlarini namoyon qilishlari uchun ular yotsiramasligi, mahkam o‘rnashib olishlari kerak edi. Samarqand atrofida Damashq, Misr, Bog‘dod, Sultoniya, SHeroz nomli qishloqlarning paydo bo‘lishini shu bilan izohlash mumkin. Bunday qishloqlar SHahrisabz, Qarshi, Buxoro atroflarida ham yuzaga kelgan. XIV asr oxirlaridayoq qurilishda birga ishlagan mahalliy va kelgindi me’morlar, ustalar o‘rtasida o‘zaro ta’sir va o‘ziga xos ijodiy amaliy birdamlik yuzaga kelgan. Musiqa, raqs, tomosha san’atlarida bunday birdamlik va uyg‘unlik birmuncha kechroq paydo bo‘lgan, deb o‘ylaymiz. XV asr boshlaridayoq umumiy badiiy maktablar shakllangan. Natijada nainki me’morchilik, naqqoshlik, o‘ymakorlik va boshqa qator hunarlarda, balki musavvirchilik, musiqa, raqs, tomosha san’atlarida ham keskin yuksalishlar yuz berdi. Buni aksar olimlar uyg‘onish davri, temuriylar renessansi deb ataydilar.
SHarofiddin Ali YAzdiy “Zafarnoma” muqaddimasida CHingizxon bilan Amir Temur o‘rtasidadagi farqqa to‘xtalib shunday yozadi: “CHingizxon qaysi shahar va viloyatnikim bosib olgan bo‘lsa, na ul joydan asar qoldi-yu, na ulusidan xabar…. Hazrat sohibqironning baxtiyor zamonida fath etilgan joylarda esa, nizochilar va dushmanlarning ixtiyoridan butunlay chiqdi va …. ahvoli oldingidan ham ancha yaxshiroq va obodroq. Xalqi esa tinch va hursand bo‘ldi…”
Xo‘sh, Amir Temur hayotida san’at, jumladan o‘yin va tomoshalar, yanada kengroq olganda, marosim va bayramlarning o‘rni qanday bo‘lgan? Avvalo shu savolga javob beraylik.
Amir Temur bolaligi ko‘pgina manbalarda afsonaviy yo‘sinda keltirilgan. Mening nazarimda, Temur otasi – barlos nasabining sardorlaridan bo‘lmish Tarag‘ay Bahodirning panohida o‘sha zamonlarda aslzodalarga xos aqliy va jismoniy tarbiyaning barcha turlaridan bahra olgan, ham aqlan, ham jismonan chiniqib borgan. Tili chiqib, aqlini tanigandan boshlab to o‘n ikki yoshga to‘lguniga qadar maktabda o‘qish, savodxon bo‘lish bilan birga ertak, so‘ng tarixiy qissa va rivoyatlar tinglashni xush ko‘rgan, tengqurlari bilan har xil harakatli o‘yinlar o‘ynagan. O‘yinlari murakkablashib borgan. Ot ustida olishuv, poyga, yakkama – yakka kurash, “Urish – urish” o‘yinlari shular jumlasidandir. “Ko‘chada men bolalar bilan o‘ynardim, – deb yozadi Sohibqiron o‘zining “Tarjimai holi”da.- Bolalar bilan urush-urush o‘ynab, o‘zimni amir etib tayinlardim-da, o‘yinni boshqarardim va bolalarning bir guruhini ikkinchi guruhi bilan urishtirishni mashq qilardim”.
Mullo Salohiddin Toshkandiy ning “Temurnoma” kitobida ham “Urush-urush” o‘yini qayd etiladi, shu bilan birga Amir Temurning bolaligidan jismonan kuchli bo‘lib o‘sgani, mardligi misollar bilan yoritiladi. Sohibqiron bahslashib, qassobning sixlik qanorasini (kundasini) bir barmog‘i-la otib yuborgan, bir qo‘li bilan yuk to‘la arobani ko‘tarib tashlagan, ajdarning boshini tishi bilan tishlab uzib yuborgan, qirq kishi tortadigan qovg‘ani (meshni) quduqdan qirq martta yolg‘iz o‘zi tortib chiqargan. Uning tarbiyasiga hissa qo‘shgan Amir CHoku, keyinchalik unga vazir etib tayinlangan Mirza Sayfiddin, qabiladoshlar, tengdoshlar Amir Temurning bunday g‘ayri-tabiiy kuch namoyishiga guvoh bo‘lib, tomosha qilib turganlar.
Amir Temurning tarjimai hol shaklida yozilgan “Zafar yo‘li”da keltirishicha, “O‘n ikki yoshga to‘lganimda, – deb yozadi Sohibqiron, – bolalarcha o‘yinlardan orlanadigan bo‘ldim”, Amir Temur endi ot minish, chavandozlik mashqlariga, ov qilishga mehr qo‘ya boshlaydi. “O‘n besh yoshga to‘lganimda ot minib ovchilik qilishni juda sevib qoldim va bu ishda mahoratim kamolga etdi” – deb ta’kidlaydi u. Ammo shunda ham “Urish-urish” o‘ynidan voz kechmagan. Faqat endi o‘yin ilgariday cho‘p ot bilan emas, haqiqiy otlar bilan jiddiy yo‘sinda olib borilgan. Bu to‘g‘risida “Tarjimai hol”da shunday ma’lumot bor: “Yigirma yoshga to‘lganimda tengdoshlarim bilan tez-tez urush mashqlarini o‘tkazib turdim: bunda ularni ikki guruhga bo‘lib, birini ikkinchisi bilan jang qilishini mashq qildim”. SHu tarzda oddiy ermak o‘yin haqiqiy jangovor mashqqa aylandi.
Amir Temur va temuriylar davlatida turli bayramlar, sayillar, tomoshalar o‘tkazilib kelinganligi to‘g‘risida ko‘pgina ilmiy ma’lumotlar bor. Ma’rakalarda har toifa ijrochilar alohida – alohida tarabxona va xosxona san’atkorlarning aralash guruhlari o‘z mahoratlarini namoyish etishgan bo‘lsa, teatrlashgan sayillar va namoyishlarda minglab har xil ijrochilar qatnashgan va o‘zaro bellashgan.
Amir Temur Movarounnahrda ilgaritdan mavjud an’analarni davom ettirgan holda, o‘zining har bir g‘alabasini bayram, to‘y bilan nishonlagan. Har bir aziz mehmonni ziyofat va bazm bilan siylagan. Oilaviy marosimlarni ham sozanda, xonanda va raqqosu-raqqossalarsiz, umuman olganda o‘yinchilarning katta-katta guruhlarini jalb etgan xolda o‘tkazishni yoqtirgan. Uning davrida halq bayramlari juda ham keng ko‘lamda nishonlanganligini tarixiy manbalardan topishimiz mumkin.
Xos bazmlarda maqom kuylari chalingan. Bu kuylarga raqqos va raqqosalar xirom etgan, masxara va muqallidlar kuldirgan, bayramlarda katta maydon va ma’rakalarga yarasha tomoshalar ko‘rsatilgan. Maydon tomoshalari orasida ot bilan bajariladigan poyga, uloq chopish (Ko‘pkari), otdan ag‘darish, chavgon, qaboq o‘yin kabilar, haqqoniy kuch sinovi hisoblanmish kurash (Gushtirlik), qilich, nayza, gurzi va boshqa jangovar qurol va aslahalar bilan o‘tadigan bellashuvlar, shuningdek, qo‘chqor, xo‘roz urishtirish kabi qadimiy o‘yin va musobaqalar etakchilik qilgan.
Tomoshabinlar o‘ta faol bo‘lishgan: har guruh, jamoa yoki urug‘ maydonda kuch yoki bo‘lmasa mohirligini, mahoratliligini sinayotgan vakilini (yoki o‘rgatilgan oti, xo‘roz yohud qo‘chqorini) quvvatlab, tarafini olib, ruhlantirib turgan. Butun o‘yin yoki tomosha jarayonini u bilan birga kechirgan, yutug‘idan quvongan, mag‘lubiyatidan achingan. Ishtirokchi va tomoshabinlar juda tanti bo‘lishgan, g‘oliblarni tan olib, tetik ruh, yangi yig‘inlarga umid bag‘ishlashgan va shu tariqa maydonni tark etishgan.
SHarafiddin Ali YAzdiy “Zafarnoma” asarida Amir Temur saltanatidagi ko‘plab to‘ylar haqida ma’lumotlar beriladi. Bu to‘ylar asosan 3 xil ko‘rinishda ko‘rishimiz mumkin.
1. Amir Temur hayoti bilan bog‘liq to‘ylar.
2. Amir Temur farzandlari va nabiralari hayoti bilan bog‘liq marosimlar.
3. Davlat va din ishlari bilan bog‘liq bayramlar.
Amir Temurning to‘liq ismi: Amir Temur Ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barluk bo‘lgan. Amir Temurning onasi Takinaxotun buxorolik mashhur faqih Ubaydulla ibn Ma’sudning avlodi. Otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘inig oqsoqollaridan bo‘lgan. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko‘pdan-ko‘p harbiy yurishlar va jangu jadallarni amalga oshirdi. Ko‘p mamlakatlarni zabt etdi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Ili daryosi, SHimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi.
2) Dunyoning turli mamlakatlarida taniqli davlat va jamoat arboblari, olimlar va adiblar oʻz ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz, xususan, Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qoʻshgan munosib ulushini yuksak eʼtirof etib keladi.
Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron oʻz poytaxti boʻlmish Samarqandni yer yuzining madaniy-meʼmoriy va ilmiy-maʼnaviy markazlaridan biriga aylantirgan.
Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, u zot bundan olti asr avval davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash oʻz saltanati yorqin istiqbolini taʼminlashning muhim omili ekani teran anglagan. Shu bois, Yevropa va Osiyoni bogʻlashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqa oʻrnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan.
Mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ilmiy asosda eʼtirof etilganidek, Amir Temur tarixda oʻz davrining eng mohir diplomati sifatida ham chuqur iz qoldirgan. Sohibqiron buyuk davlat arbobi sifatida oʻz maqsadlariga erishishda diplomatiyaning tinch yoʻli va harbiy tadbirlarni mohirona qoʻshib olib borgan.
Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat oʻsha davrdan boshlab nafaqat qoʻshni mamlakatlar va ularning podsholarini, balki uzoq yurtlar hukmdorlarini ham oʻziga jalb etib kelgan. Tarixiy hujjatlar dalolat berishicha, XIV asrning 70-yillaridanoq Yevropa davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib, bu yerdagi yangi, mustaqil davlatning qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar.
Sohibqiron ham, oʻz navbatida, ayniqsa, qudratli saltanat shakllangach, oʻsha davrning deyarli barcha yirik davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol diplomatik aloqa oʻrnatgan. Turli davlatlarga oʻz elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga yoʻllangan xorij elchilarini qabul qilgan.
Amir Temur Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III (ayrim manbalarda – Ispaniya qiroli Genrix III), Fransiya hukmdori Sharl VI (ayrim manbalarda – Karl VI), Angliya qiroli Genrix IV saroyiga elchilar yuborgani, oʻz navbatida, ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir qator – jami 20 dan ortiq xorijiy davlat elchilarini oʻz poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan koʻplab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Amir Temur diplomatiyasining oʻziga xos tomonlaridan biri – u oʻzining barcha murojaatlarida, hatto qatʼiy talab shaklida yozilgan nomalarida ham Sharq diplomatiyasi etiketlariga rioya qilgan. Ayrim yurtlar xukmdorlarining qoʻpol shaklda, baʼzi hollarda jahl va jaholat bilan yozilgan nomalariga ham Sohibqiron hamma vaqt oʻz fikrini aniq bayon qilgan holda madaniyat va odob bilan javob qilganini oʻsha davrlardan meros boʻlib qolgan tarixiy xatlar orqali bilib olish qiyin emas. Amir Temurning Fransiya qiroli Sharl VI ga yoʻllagan maktubida “Salom va tinchlik eʼlon qilaman!”, degan soʻzlar bitilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Shu oʻrinda Fransiyada Amir Temur shaxsiga boʻlgan katta qiziqish haqida toʻxtalib oʻtsak. Fransuz sharqshunoslari Sohibqiron va u asos solgan buyuk sulola tarixini yoritishda faqat harbiy yurishlar va amalga oshirilgai ishlar solnomasini tuzish bilan cheklanmasdan, oʻsha davr ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-mafkuraviy muhitini hamda Amir Temurga va uning avlodlariga xos sof insoniy fazilatlarni, ularning davlat, jamiyat, din va ilm-fanga boʻlgan munosabatini ham atroflicha tadqiq qilishga alohida eʼtibor beradilar.
Fransuz sharqshunoslarining Amir Temur va Temuriylar davri tarixini oʻrganish miqyosi keng boʻlib, ular oʻsha davr boshqaruv va harbiy tizimini, madaniyati, dini, falsafasi va ilmiy tafakkurini atroflicha yoritadi. Sanʼat va meʼmorchilik fransuz olimlari uchun alohida va doimiy qiziqish mavusidir. Temuriylar Uygʻonish davriga bagʻishlab ular yozgan asarlar, oʻtkazgan ilmiy anjumanlar va koʻrgazmalar shundan dalolat beradi.
Shoʻrolar davrida Amir Temur toʻgʻrisida iliq soʻz aytish ayb, hatto jinoyat hisoblangan bir paytda, yaʼni 1987 yil 22 martda Parijda “Temuriylar davri tarixi va sanʼatini oʻrganish va fransuz-oʻzbek madaniy hamkorligi” uyushmasi tuzilgan. Uyushma Amir Temur va temuriylar davri tarixi va madaniyatini targʻib qilish borasida dunyoda birinchi tuzilgan tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar madaniyati, sanʼati, shuningdek, Buyuk ipak yoʻlining muhim qismi, Sharq va Gʻarb madaniyatlarining chorrahasi boʻlmish Markaziy Osiyo tarixi va uning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi bilan keng fransuz ommasini tanishtirishdan iborat. Buning yaqqol dalili sifatida ular Samarqandu Shahrisabz, Buxoro-yu Hirot, Balxu Shimoliy Hindistondagi tengsiz Sharq meʼmorchilik durdonalarini misol qilib koʻrsatadilar. Shu maqsadda uyushma turli temurxonlik kechalari, ilmiy anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazib turadi. Temuriylarning xaqiqiy ixlosmandi boʻlmish uyushma aʼzolari fransuzlarni mashhur tarixiy “Samarqand yoʻli”dan borishga, Amir Temur saltanati poytaxti moviy gumbazlariga mahliyo boʻlishga, Sharq uygʻonish davri madaniyati va sanʼatidan zavqlanishga chorlaydi.
Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlik rivojida uyushmaning munosib oʻrni bor.
Shuni ham qayd etish kerakki, fransuz temurshunoslari yaratgan asarlar qatorida professor Lyusyen Kerennnng kitob va maqolalari alohida oʻrin tutadi. 1961 yilda Oʻzbekistonga qilingan safar professorning hayotida burilish yasaydi. Shu paytdan boshlab u oʻz hayotini Amir Temur shaxsi va temuriylar sulolasi tarixini oʻrganishga bagʻishlagan.
Professor L.Keren oʻz asarlarini yozishdan avval Amir Temur toʻgʻrisida yozilgan Sharq va Gʻarb manbalarini chuqur tanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib chiqqan. Sharafiddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning solnomalari, Rui Gonsales de Klavixo “Kundaliklar”i, mavjud tarixiy arxiv hujjatlari va yozma manbalar hamda taniqli fransuz sharqshunoslarining asarlari shular jumlasidandir.
Olim Sohibqiron haqida ulkan arxiv, tarixiy, ashyoviy va hayotiy maʼlumotlar toʻplagan. Ana shu manba va asarlarni muqoyasa kilib, taqqoslab, ulardan har birining tarixiy dalillar nuqtai nazaridan ishonchli va xolis ekaniga baho bergan. Natijada Amir Temurning mukammal tarjimai holi va obrazini yaratishga muvaffaq boʻlgan, Sohibqiron faoliyatini teran va xolis baholagan.
Lyusyen Keren Amir Temur shaxsiga xolis va mafkuraviy aqidalarsiz yondashadi. Ilmiy va tarixiy dalillar asosida mulohaza yuritadi va xulosalar chiqaradi. Olim Sohibqiron shaxsini tahlil qilar ekan, uning faqat harbiy isteʼdodiga emas, balki maqsadini aniqlab, unga erishish borasidagi siyosiy zakovatiga, diplomatik mahoratiga va bunyodkorligiga ham tan beradi.
3) Amir Temur, Temur, Temurbek (to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul) (1336.9.4, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani) — 1405.18.2, O‘tror shahri, Samarqandda dafn etilgan) — o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag‘oy esa barlos urug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag‘oyni ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig‘inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashiga ko‘ra, “ulamo va sulaho va muttaqiylarg‘a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…”. Tarag‘oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo‘lgan. Tarag‘oybek 1360 yilda vafot etgan.
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo‘lib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan. Shu tufayli o‘spirinlik chog‘laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli do‘stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqa) to‘planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo‘lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy bo‘linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.
Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong‘i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazag‘on bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag‘oy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk og‘oga, so‘ngra o‘sha yili (1355) Qazag‘onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo‘g‘ullarga qarshi kurashadilar.
Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo‘lidagi harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchayib, amir Qazag‘on o‘ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og‘ir tanglik sodir bo‘ldi. Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o‘nga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo‘jandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bug‘a sulduz, Shibirg‘onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko‘histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar.
Bu davrda Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi — Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo‘g‘ul xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug‘luq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360—61 va 1365 yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mo‘g‘ul xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bo‘lib, mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o‘tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, o‘zga mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday og‘ir pallada siyosat maydoniga Amir Temur kiradi. Mo‘g‘ullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga o‘tib, uning yorlig‘i bilan o‘z viloyatining dorug‘asi etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qo‘yilgan siyosiy hamda strategik qadam bo‘lib, bu bilan Amir Temur mo‘g‘ullarning navbatdagi talon-tarojining oldini olgan, mamlakat va xalqni falokatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnahrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja va uning lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.
Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tug‘luq Temurning yana bir raqibi — qaynog‘asi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur mo‘g‘ullar bilan kurashish maqsadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch to‘plashga kirishadi. Dastlab ular Tug‘luq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni ta’qib qilishga kirishgan Xiva dorug‘asi To‘qol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. So‘ngra 1362 yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda Amir Temur o‘ng kifti va o‘ng oyog‘idan jarohatlandi.
Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 yil oxirida ular mo‘g‘ul qo‘shinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ladilar.
Biroq, Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 yilning bahorida yana Turkiston ustiga qo‘shin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oralig‘ida ikki o‘rtada sodir bo‘lgan jang tarixda “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida mag‘lubiyatga uchraydilar va o‘z qo‘shinlari bilan Amudaryo bo‘ylariga chekinib, Balx viloyatida o‘rnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xo‘jand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloqlarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand o‘sha paytlarda katta qo‘shinga qarshilik ko‘rsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin mo‘g‘ullarga qarshi xalq ko‘tarildi, sarbadorlar shahar mudofaasini o‘z qo‘llariga oldilar. Shahar mudofaachilariga madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab Samarqandni, so‘ngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Sarbadorlarning mo‘g‘ullar ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo bo‘yida o‘tkazib, 1366 yil bahorida Samarqandga yo‘l oldilar. Ular Konigilda to‘xtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g‘alabalaridan mamnun bo‘lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrug‘i bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur o‘z himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi o‘rnatiladi, ammo ko‘p vaqt o‘tmay Husayn bilan Amir Temur o‘rtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qal’a devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan ko‘p sonli lashkar ham to‘playdi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh bo‘lgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik ko‘radi. 1366-70 yillar o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi.
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan ko‘ra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki g‘animlaridan boshlaydi.
1370 yil bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nog‘ora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan O‘rpuz mavzeida u amir va no‘yonlari bilan kengash o‘tkazadi. Ko‘pchilikning xohish va ixtiyori bilan, o‘sha davr qonun-qoidalariga ko‘ra, chingiziylar avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmish o‘g‘lon Movarounnahr podsholigi taxtiga o‘tqazildi. Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, unga yo‘l-yo‘lakay yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shildi. Shu asnoda amir Husaynni ko‘pchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qo‘shinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan so‘ng, 1370 yilning 10 aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu g‘alabadan so‘ng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan bo‘lgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni o‘z nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur “ko‘ragon”, ya’ni “xonning kuyovi” unvonini oldi.
1370 yilning 11 aprelida Chig‘atoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorug‘alari hamda Termizning sayyidlari (xudovandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga bo‘lgan quroldosh do‘stlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida o‘tkazilgan qurultoyda an’anaga ko‘ra chingiziylardan Suyurg‘atmishxon mamlakat hukmdori deb e’lon qilingan bo‘lsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur o‘zi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni o‘g‘illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga aylantirilib, o‘sha yilning yozida shahar devori va qal’asi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlab, ko‘pdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370 yil iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo‘shin tuzish masalalari muhokama etildi.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qo‘shinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U “amir” va “amir ul-umaro” kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Qo‘shinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda e’tibor beradi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda ro‘y bergan og‘ir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat soliqlarini yig‘ishda aminlar, kalontarlar va soliq yig‘uvchilarni ra’iyatga nisbatan insof va adolatli bo‘lishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi ko‘p jihatdan ra’iyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshlig‘iga bo‘lgan sadoqatiga bog‘liq. Ra’iyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar bo‘lgan. Amir Temur nafaqat o‘z xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-tarojlardan saqlagan.
Amir Temur Movarounnahrni mo‘g‘ullar hukmronligidan ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo‘lsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik o‘rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi. Mo‘g‘uliston bilan Oq O‘rda hukmdorlari Farg‘ona vodiysining sharqi, O‘tror, Yassi (Turkiston) va Sayram shahrilariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi.
1370 yil kuzi va 1371 yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg‘on viloyati bo‘ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq O‘rda hukmdorlariga suyanib, hanuz bo‘ysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chig‘atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosatini tutdi.
4) Sarbadorlarning mo‘g‘ullar ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo bo‘yida o‘tkazib, 1366 yil bahorida Samarqandga yo‘l oldilar. Ular Konigilda to‘xtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g‘alabalaridan mamnun bo‘lganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrug‘i bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur o‘z himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi o‘rnatiladi, ammo ko‘p vaqt o‘tmay Husayn bilan Amir Temur o‘rtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qal’a devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan ko‘p sonli lashkar ham to‘playdi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh bo‘lgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik ko‘radi. 1366-70 yillar o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi.
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan ko‘ra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki g‘animlaridan boshlaydi.
1370 yil bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nog‘ora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan O‘rpuz mavzeida u amir va no‘yonlari bilan kengash o‘tkazadi. Ko‘pchilikning xohish va ixtiyori bilan, o‘sha davr qonun-qoidalariga ko‘ra, chingiziylar avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmish o‘g‘lon Movarounnahr podsholigi taxtiga o‘tqazildi. Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, unga yo‘l-yo‘lakay yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shildi. Shu asnoda amir Husaynni ko‘pchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qo‘shinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan so‘ng, 1370 yilning 10 aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu g‘alabadan so‘ng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan bo‘lgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni o‘z nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur “ko‘ragon”, ya’ni “xonning kuyovi” unvonini oldi.
1370 yilning 11 aprelida Chig‘atoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorug‘alari hamda Termizning sayyidlari (xudovandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga bo‘lgan quroldosh do‘stlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida o‘tkazilgan qurultoyda an’anaga ko‘ra chingiziylardan Suyurg‘atmishxon mamlakat hukmdori deb e’lon qilingan bo‘lsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur o‘zi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni o‘g‘illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga aylantirilib, o‘sha yilning yozida shahar devori va qal’asi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlab, ko‘pdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370 yil iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo‘shin tuzish masalalari muhokama etildi.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qo‘shinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U “amir” va “amir ul-umaro” kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Qo‘shinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda e’tibor beradi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda ro‘y bergan og‘ir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat soliqlarini yig‘ishda aminlar, kalontarlar va soliq yig‘uvchilarni ra’iyatga nisbatan insof va adolatli bo‘lishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi ko‘p jihatdan ra’iyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshlig‘iga bo‘lgan sadoqatiga bog‘liq. Ra’iyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar bo‘lgan. Amir Temur nafaqat o‘z xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-tarojlardan saqlagan.
Amir Temur Movarounnahrni mo‘g‘ullar hukmronligidan ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo‘lsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik o‘rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi. Mo‘g‘uliston bilan Oq O‘rda hukmdorlari Farg‘ona vodiysining sharqi, O‘tror, Yassi (Turkiston) va Sayram shahrilariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi.
1370 yil kuzi va 1371 yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg‘on viloyati bo‘ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq O‘rda hukmdorlariga suyanib, hanuz bo‘ysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chig‘atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yo‘l bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371 yil yoz (iyul)ida Kot shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373 yil bahori va 1375 yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin O‘rda xoni To‘xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf so‘fi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako‘l viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379 yilda Amir Temurni to‘rtinchi marotaba Xorazmga qo‘shin tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so‘fi ilgari Xorazmning Chig‘atoy ulusiga tegishli bo‘lgan janubi-sharqiy (Kot va Xiva shahrilari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf so‘fining tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab bo‘ldi. 1388 yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga bo‘ysundirildi.
Bu orada Amir Temur Mo‘g‘uliston hokimi Qamariddin bilan ham to‘qnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo‘lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370 — 71 yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376 yilda esa Qamariddin hatto Farg‘ona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bo‘layotgan muttasil tahdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371—90) mobaynida Sohibqiron Mo‘g‘ulistonga yetti marta yurish qilib, mo‘g‘ul hukmdorlari Anqoto‘ra va Kamariddin ustidan g‘alaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, o‘zaro nizolar, shuningdek Mo‘g‘uliston tomonidan bo‘lib turgan tazyiqqa chek qo‘yib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo‘shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Bu davrda Oltin O‘rda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo‘l keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381 yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya shahrilari jangsiz taslim bo‘ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘tardi. 1381 — 84 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal’alari, 1384 yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo‘ysundirildi.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti yillik” urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386 — 88) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van ko‘li atrofidagi yerlar egallandi.
Amir Temur shu bilan birga shimoli-g‘arbdan, ya’ni Oltin O‘rda tomonidan bo‘layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortishga majbur bo‘ldi. U 1389 yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391 yilning 18 iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shahrilari oralig‘ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida va nihoyat, 1395 yilda (28 fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi bo‘yida To‘xtamish qo‘shiniga qaqshatqich zarba beradi. Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar g‘orat qilindi. Amir Temur To‘xtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yeles shahrini ishg‘ol qildi.
Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday ta’riflaydi: “Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuh qildi. Anda yetkonda nusratshi’or cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andag‘i hokimlarni tobe’ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…” (“Zafarnoma”, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizig‘i shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi bo‘yida O‘rusxonning o‘g‘li Quyrichoq o‘g‘lonni chaqirtirib, unga qo‘lga kiritilgan sobiq Jo‘chi ulusini in’om etdi. Rossiya tarixchilari Bobur D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiylarning yozishlaricha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.
Shundan so‘ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 — 96) urush davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.
Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan urushi (1398 yil may — 1399 yil mart) qariyb o‘n bir oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta o‘lja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. O‘ljalarning bir qismi qo‘shinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shahrilarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
Amir Temurning 1399 — 1404 yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston o‘lkasi (qadimiy Kappadokiya) bilan Bag‘dod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan g‘alaba qozondi. Turkiya sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, o‘g‘illari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. So‘ng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, O‘rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. So‘ngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim bo‘ldilar, Misr ham o‘z itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shahrilarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yig‘ib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qo‘lga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning o‘zi kattagina karvonga yuk bo‘lgan. Bandi qilingan Boyazid o‘rdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom ko‘rsatdi. Uning vafotidan so‘ng (1403 yil 9 mart) esa vorislariga himmat ko‘zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoli-g‘arbiy qismi suyurg‘ol sifatida Iso Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi. Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida bo‘lmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qo‘lini cho‘zdi. Shunday bo‘lsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 — 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 — 1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 yil 27 noyabrda 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning O‘trorda vafoti (1405 yil 18 fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo ko‘p vaqt o‘tmay bu noxush xabar mamlakat bo‘ylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi.
Amir Temur — buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar g‘oyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoli-g‘arbda Quyi Volga, Don buylari; shimoli-sharqda Balxash ko‘li va Ili daryosigacha; janubi-sharqda esa Shimoliy Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur davlatni aql-zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning “…davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”, degan so‘zlari buning yorqin dalilidir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qo‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bulgan. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim” degan so‘zlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo‘lgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar.
Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bag‘dod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan bo‘lsada, lekin asosiy e’tiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida bo‘lib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar “Qubbat ul-ilm val-adab” unvoniga ega bo‘ldi.
Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shahrilarining me’moru binokorlari qo‘li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bog‘-rog‘lar va bo‘stonlar barpo etiladi. Xususan Shohizinda me’moriy majmuasiga mansub Shodimulk og‘o maqbarasi, Shirinbeka og‘o maqbarasi va boshqalar quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar qad ko‘taradi. Umuman olganda Samarqand shahri Amir Temur davrida o‘zining qadimiy o‘rni Afrosiyobdan birmuncha janubroqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o‘rnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi.
Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi. Hofizi Abro‘ning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatda u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nu’monuddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi.
5) Amir Temur tuzgan davlat apparati yettita mahkamadan iborat edi. Amir Temur davrida boshqaruv ikki idora: dargoh va devonlarga bo’lingan.
Dargoh-eng oliy idora bo’lib, uning boshlig’i oliy hukmdor Amir Temur turgan. Dargohda mamlakat va davlat ahamiyatidagi masalalar hal etilgan. Shuningdek dargohda vaqti-vaqti bilan majlislar o’tkazilib turilgan.
Sohibqiron shunday yozgandi: ,,Donishmandlar demishlarkim, o’z o’rnida qo’llangan tadbir bilan ko’plab lashkarning qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakat darvozasini ochib, favj-favj lashkarni yengib bo’lur. Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy tadbirkor va xushyor, jang ko’rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz loqayd kishidan yaxshiroqdir”1.
Dargoh faoliyatini boshqarish uning vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralari va umuman saltanatda kechgan jarayon bilan bog’lanib turish ishini oliy devon olib borgan. Dargoh, tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan.
Oliy devonda - ijroiya hokimiyatda bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana uch vazir bo’lgan va devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy hokimiyat tizimida shayhulislom, qozikalon, qoziyi ahdos (odat bo’yicha chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodhoh (shikoyatlarni ko’ruvchi), eshikog’a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyrug’ini bajaruvchi), qalaqchi (xiroj miqdorini aniqlovchi), muhassil (soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qo’shinlarni to’plash ishiga mutasaddi amaldor), qorovulbegi, qutvol (qal’abon), muhtasib (shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va boshqalar bo’lgan.
Shuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar, xazinabon, xonsolar jibachi, qushchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dorixonachilar bo’lgan.
,,Oliy devonning ahamiyati mavqei shu darajada baland bo’lganki, uni manbalarda dargoh bilan bir ma’noda ta’riflash hollari ham uchraydi”2.
Dargohdagi muhim vazifalardan biri bu-arzbegidir. Uning xizmati dargohga arz-dod , shikoyat bilan kelganlar hamda mamlakatda sodir bo’layotgan voqealarga o’z munosabatini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib, tushgan arzlar, shikoyatlar, takliflarni oliy hukmdorga yetkazib turishga masullikdan iborat edi”1. Bundan tashqari dargohda adolat amiri lavozimi mavjud bo’lib, oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot yetkazib turgan. Demak, joylardagi ahvoldan bohabar bo’lib, turishning ikki yo’lidan foydalanishgan. Biri pastdan yuqoriga ya’ni arzchilar to’g’ridan to’g’ri dargohga murojat qilish imkoniga ega bo’lganlar, ikkinchisi-maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog’i, oliy hukmdor dargohi orqali tekshirilib borilgan. Mana shu ikki yo’l bilan joylarda ro’y berayotgan adolatsizlik, tartibsizlik davlat va jamiyat manfaatlariga zid ishlar haqida ro’y-rost ma’lumot olingach, so’ng maxsus vakillar aminlar (ishonchli vakillar) joylarga borib voqeani o’rganib tegishli choralar ko’rganlar. Shunday qilib aminlar o’zlari taftish qilgan ishlari, ko’rilgan choralari haqida yozma tarzda hisobot berib borishgan.
Dargohdagi muhim lavozimlardan yana biri bu-tavochidir. Tavochi oliy farmonga ko’ra joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to’plash bilan shug’ullangan. Bu vazifa ham muhim ahamiyat kasb etgani uchun Sharafiddin ali Yazdiy mubolag’a bilan uni oliy hukmdordan keyingi yuqori darajadagi davlat mansabi deb baholaydi. Darhaqiqat lashkar to’plashni quruq farmon yetkazish deb tushunmaslik kerak. Tavochilar lashkarning aytilgan vaqtda taxt bo’lishi, ta’minoti, muayyan joyga o’z vaqtida yetib kelish xollarini nazorat qilishgan. Tavochilar bosh tavochi va piyoda askar tavochisi kabilarga taqsimlangan. Shuni ta’kidlash joizki, davlatchiligimizning o’tgan davrlarda unutilgan va yiroqlashgan ko’pgina an’analari aynan Amir Temur davrida qaytadan tiklandi.
Shuni ta’kidlash joizki, ,,Amir Temurning o’zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri shundaki, u bir necha asrlar davomida shakllanib kelgan davlatchiligimiz ijroiya tizimidagi boshqaruvning klassik shakllarini tiklay oldi”2. Bu nihoyatda qadrli va tarixiy xizmatdir. Amir Temur davlatidagi ijroiya tizimi markazda vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan edi. Amir Temur vazirlariga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda munosib kishining vazirlikka tayinlanishiga katta e’tibor bergan. ,,Vazirga to’rt imtiyoz –ishonch, e’tibor, ixtiyor va qudrat berilsin. Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to’g’rilik bilan, asli-nasli tozaligini ko’rsatib, ajoyib tarzda bajaradi. Olgulik joyidan olib, bergulik yerga beradi. Ruhsat etuvchi va taqiqlovchi buyruqlarida uning aslligi bilan toza naslligi ko’rinib turadi. Hech kimga dushmanlik va jabr-zulm qilmaydi. Xoh sipohdan, xoh raiyatdan bo’lsin, har kishining nomini yaxshi so’zlar bilan tilga oladi”1. Shunday qilib Amir Temur davlatidagi vazirliklar ijroiya tizimidagi asosiy boshqaruv shakli edi. Darhaqiqat, shuni e’tiborga olish joizki, Temur davlati davlatchiligimizning tadqiqotchilari jumladan Azamat Ziyo o’z kitobida Temur davrida faoliyat ko’rsatgan mahkamalarni (vazirliklarni) 8ta deb ko’rsatgan holda, ohirgi devonni mazolim deb ta’kidlashi Sharafiddin Ali Yazdiy asaridagi ma’lumotlarni ko’rsatgan. Shuningdek ,,Temur davlatchiligining boshqa bir tadqiqotchilari B.Ahmedov, R.Muqminova, G.Pugachenkovalar”2faoliyat ko’rsatgan vazirliklarni jami 7 ta deb ta’kidlashgan.
Quyida vazirliklarning tuzilishi va ularning davlat ishlarini amalga oshirishdagi faoliyatlari bilan tanishamiz:
Mamlakat va raiyyat vaziri. Bu vazirlik asosan mamlakatning muhim ishlari, kundalik muomalalar, xalq ahvoli, viloyatlardan olinadigan soliqlar hajmi, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazina ahvoli kabi muhim yumushlarga javobgar bo’lgan. Mazkur masalalar yuzasidan oliy hukmdorga tegishli ma’lumot va hisobotlar berib turgan. Agar mazkur vazirlik vazifasini oldingi davr ijroiya tizimi bilan taqqoslansa, u holda so’z bu yerda bosh vazir haqida ketayotgani ma’lum bo’ladi.
Amir Temur o’z davlatida harbiy ishlar va mudofaani tashkil qilishda ,,tuzuklar”da ko’rsatilgan ishlarga tayanib ish qilgan. Jumladan: ,,amirlarim va askarlarimni martabayu unvonlar, oltin-kumush bilan hushnud etdim. Bazmlarda ularga munosib o’rin berdim, shuning uchun janglarda jonlarini fido qildilar. Dirham va dinorlarni ulardan ayamadim. Ularning yumushlarini yengillashtirish uchun mehnatu mashaqqatlarini o’zimga yukladim va ularni tarbiyat etdim. Amirlar, sipohsolar, bahodirlar bilan ittifoq tuzib, ularni mardligu mardonavorligiga tayanib shamshir zarbi bilan yigirma yetti podshohning taxtini egalladim”1.
Darhaqiqat, ,,harbiy vazir asosan harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan yer-suvlar boshqaruvi (nazorat va qayd etish ma’nosida) qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko’riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo’lib xizmatga yaroqsiz bo’lganlarga nafaqa tayyorlash, iste’foga chiqqan harbiylar to’g’risida qayg’urish kabi masalalar bilan shug’ullangan”2. Ma’lumki ,,Tuzuklar”da harbiylar to’rtinchi toifaga kiritilgan. Unda ,,amirlar, sarhanglar sipohsolarga majlisimdan o’rin berib, martabalarini yuqori ko’tardim. Ular bilan suhbatlashib, maslahatlar oldim. Jang maydonida mardona qilich chopishgan shijoatli jasur kishilarni hush ko’rardim; jang maydonlariga ot choptirib kirib-chiqish usullarini, g’anim lashkari to’pini buzib, saflarini sindirishni, nayza sanchib, qilich chopishni ulardan so’rar edim. Sipohgarlik ishlarida ularga ishonib kengash so’rar edim”3-deyiladi. ,,Sipoh vaziri-sipohiylarning ahvoli borasida menga ma’lumot bersin, sipoh tarqoq holatga tushib qolmasligi uchun ularning ahvolidan xabardor bo’lsin, vaziyatni anglatib tursin”-deyiladi vazirlikning xizmat qilish tuzukida.
Mulkchilik va soliq ishlari vaziri. Bu vazirlik turli sabablarga ko’ra egasiz qolgan mol-mulklarni nazoratga olish, savdogarlardan zakot olish va boj to’plash, mamlakat chorvalari, o’tloq yaylovlarni boshqarish, ulardan tushadigan daromadlarni saqlash, mulkchilikdagi merosxo’rlik tartiblarini amalgam oshirish kabi vazifalarni bajargan. Sohibqiron vazir faoliyatini ta’kidlar ekan, ,,davlatu saltanat uch narsa : mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda, saranjom tutadi. Aqlli vazir ulki, bir qo’li bilan raiyatni, ikkinchi qo’li bilan esa sipohni tutadi. Olgulik joydan olib, bergulik joyga beradi. Tajribali, ishbilarmon va bilimdon vazir shunday bo’ladiki, mamlakat obodonchiligini, raiyat va sipohoning faravonligini xazina boyligini doim ko’zda tutadi.
To’rtinchi vazirlik-bu saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha harajatlar hisobini olib boruvchi moliya vaziridir. ,,Tuzuklar”da moliya vaziri ma’suliyatiga tegishli diqqatga sazovor bir tuzuk bor: ,,moliya vazirlari moliya ishlarida hiyonat qilib, xazinadan biron mablag’ni o’zlashtirib olgan bo’salar, avval tekshirib ko’rilsin. Agar o’zlashtirib olgan mablag’ni o’ziga tegishli ulufa (maosh) miqdoriga teng bo’lsa, mazkur mablag’ unga sovg’a-in’om o’rnida berilsin. Agar o’zlashtirib olgan mablag’ maoshidan ikki barobar ortiq bo’lsa, ortig’i oladigan maoshidan ushlab qolinsin. Agar maoshidan uch barobar ko’p mablag’ olingan bo’lsa, hammasi saltanat hazinasiga tortiq sifatida olinsin”-deyilgan. ,,Temur tuzuklari”da mazkur to’rt vazirlikdan tashqari yana uch vazir haqida so’z ketib, ular turli o’lka va mamlakatlarga oid moliyaviy muammolar va keladigan daromadlarni boshqarganlar. ,,Agar saltanat hududi va unga kirgan sarhadlar ko’lami nazarga olinsa, haqiqatan ham u yerlar bilan bog’liq moliya-daromad ishlarini tashkil qilish uchun uch vazirlik ta’sis etilishini asosli desa bo’ladi”1.
Sakkizinchi vazirlik bu adliya vazirligidir (devoni mazolim). Adliya vazirligi dunyoviy ishlar bilan shug’ullangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda faoliyat ko’rsatgan. Shariat tartiblari bilan esa, islom qozisi shug’ullangan. Shuni ta’kidlash joizki, sud tizimidagi taqsimot bir necha asrlar muqaddam amalga oshirilib kelingan. Qonun, o’sha zamon tartiblari oldida javobgarlik barchaga barobar bo’lgan. Masalan, Amir Temurning nabirasi Pir Muhammad ibn Umarshayh o’z qilmishi uchun devoni mazolimda qattiq so’roq qilinib, aybi aniqlangach, shunga yarasha jazo berilgani va bu haqda shaxsan Amir Temurning o’zi farmon bergani tarixiy manbalarda o’z aksini topgan”2.
Ilgarigi sulolalar davrida mavjud bo’lgan vaqf ishlari vazirligi xizmati Amir Temur davrida sadrlar boshlig’iga yuklatilgan. Yana shuni ta’kidlash joizki, ,,o’tgan zamonlarda ham mavjud bo’lgan ammo mazmunan bu vaqtda o’zining eng yuksak ravnaq darajasiga ko’tarilgan xabar va pochta vazirligidir. Ulkan saltanatda xat-xabarlarni jo’natish, markazdan buyruqlarni yetkazish, farmon, ko’rsatmalar jo’natish, hisobotlarni olish tezkorlik bilan yo’lga qo’yilgan edi”1.
O’z davrida habar va pochta xizmati ahamiyatini yaxshi anglagan Amir Temur o’zining dastlabki farmonlarida bu xizmatni yo’lga qo’yishni ko’rsatgandi. Ispaniya elchisi Klavixo De Ganzales yozishicha butun saltanat uzra bir kunlik yo’l oralig’idagi har bir maskanda to’xtash joylari bino etilgan bo’lib, ularda 10 tadan 200 tagacha ot-ulov saqlangan. Mahsus xizmatchilar faoliyat ko’rsatishgan. Bu yumushlarning barchasi davlat xazinasidan ta’minlangan. Dargohdan yo dargoh tomon joylardan , xizmat yuzasidan yo’lga chiqqan har bir shaxs yo guruh mazkur joylarda to’xtab dam olib, otlarini almashtirib yana yo’lda davom etavergan. Hayratga solarlik tomoni shundaki, ulkan saltanatning har bir burchagidan Samarqand tomon yo’naluvchi yo’lda shu tartib joriy qilingan. Ular hahtto aholi turmaydigan yerlarda ham ishlab turgan.
Ispaniyalik elchilar Tabrizdan Samarqandgacha bo’lgan safar chog’ida bunday tartibni o’z ko’zlari bilan ko’rganlar. Tartib g’oyatda qat’iy bo’lgan. Masalan, mazkur xizmatdan foydalana bilganlar mingan ot yo’lda, to’xtash joylaridan yiroqda yaroqsiz bo’lib qolsa, yo’lda uchragan otliqning, kim bo’lishidan qat’iy nazar, amirmi, harbiymi, hattoki oliy hukmdorning o’g’limi, otini minib ketishga haqli bo’lgan. Bir safar shunday holatda Amir Temurning katta o’g’lining otidan foydalangan ekanlar”2. Bu boradagi tartib va ahvol hususida yanada aniqroq ma’lumotni Hofiz Abro’ qoldirgan. Unga ko’ra, Samarqanddan qaysi bir tomonga yo’lga chiqilmasin, bir oy yoki ikki oy yo’l yuriladimi, hech kim hech qachon ko’chada qolmagan. To’xtash joylari bir yo’la hatto 1000 kishini qabul qilishi mumkin bo’lgan ekan.
,,Klavixoning Samarqandda elchilar bilan shug’ullanuvchi maxsus amirlar xizmat qilgani, elchilarni kutib olishi, kuzatishi bilan bo’g’liq tadbirlarni uyushtirishga oid guvohliklarini inobatga olib xulosa qilish mumkinki, tashqi aloqalar, elchilar, xalqaro yozishmalar bilan shug’ullanuvchi xizmat bo’lgan. Aftidan, bu xizmat ijroiya tuzumida emas, dargoh tarkibida faoliyat ko’rsatgan” -deb ko’rsatarkan Azamat Ziyo. Akademik B.Ahmedov, R.Mukminova va G.Pugachenkovalar esa o’z kitobida ,,bu ish bilan mahsus vazirlik tashqi xabar va aloqalar vazirligi shug’ullangan”1 deb ta’kidlashadi (Divani rasail).
Shuni ta’kidlash joizki, xoh dargoh, xoh ijroiya tizimi bo’lsin, davlat xizmatlari qanday puxta va aniq ishlangan. Aynan shu xollarni Klavixo quyidagicha ta’riflaydi. ,,har bir maslahatchi, ya’ni yirik amaldor o’z bitikchisi va qayd daftariga ega ekan. Bitikchilar o’z boshliqlari ko’rsatmasiga muvofiq turli hujjatlar masalan, yorliqlar yozib tayyorlar ekanlar, albatta, bu haqda qayd daftariga yozib yorliqqa tegishli belgi (raqam) qo’yganlar. Keyin esa yorliq yo’riqchiga topshirilib, u unga muxr bosgan va mazkur masalaga dahldor xizmatlarga yuborgan. Xullas, hujjat yana 3 – 4 amaldor nazoratidan o’tib, ularning muxrlari bosilgandan keyingina oliy hukmdor muxri urilgan. Shundan so’ng bu hujjat qonun kuchini olgan. Sohibqiron muxrida uch belgi o’z aksini topgan”2.
Shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur davlatida davlat xizmatiga olinadigan kishilarga katta talablar qo’yilgan. Shuningdek, ,,Tuzuklar”da ,,qaysi vazir g’iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o’ziga yoqmagan kishilarni yo’qotish poyiga tushsa, nasliyu zoti yomon, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko’ngilli kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. Buzuqi, qora ko’ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi”3
Temur davlatida mahalliy boshqaruv.
Shuni ta’kidlash joizki, mahalliy boshqaruv ham saltanatning hukmron sulola namoyondalari va shu xonadon tayanchi bo’lmish harbiy-siyosiy kuchlar yordamida idora etilgan. Tabiiy ravishda Amir Temur ham saltanatni o’z o’g’illari va avlodlariga tayangan holda boshqardi.
Sohibqiron ,,Tuzuklari”da yozilishicha ,, Amir qildimki, agar o’g’illarimdan qaysi birovi saltanat martabasiga davogarlik qilib bosh ko’tarar ekan, uni o’ldirishga, qo’llarini bog’lashga yoki muchasidan biron joyini kamaytirishga hech kim jur’at qilmasin. Lekin o’z davosidan kechmaguncha, uni asrlikda saqlasinlar, toki Xudoning mulkida urush chiqmasin. Agarda nabiralar yoki qavm-qarindoshlardan biri menga qarshi ko’tarilsa, uni darveshlik holatiga solsinlar”1. Shu boisdan sohibqiron to’ng’ich o’g’li Muhammad Jahongirga viloyat hokimligi va ikkiming otliq askar ulufasini berdi. Ikkinchi o’g’li Umarshayxga o’nming otliq askar va viloyat hokimligini berib. Uchinchi o’g’li Mironshohga to’qqizming otliq askar va bir viloyatni topshirdi. To’rtinchi og’li Shohruhga yettiming otliq askar va bir viloyat hokimligini topshirgan. Lekin mahalliy boshqaruv markaziy boshqaruvdan farq qilgan holda keng tarmoqli emasdi. Oliy dargoh va ijroiya tizimi oldida javobgarlik holatida faoliyat ko’rsatgan.
Aynan shu boisdan ham “ Temur tuzuklari” da saltanatim qo’rg’onlari bo’lmish amirlar, agar ish ustuda nifoqqa borsalar, ularni martabasidan tushursinlar va yerlari tortib olinsin. Agar davlatga ziyon yetkazgudek ish qilsalar, ular boshqa amirlarga tobe etilsinlar. Agar sipohiylik ishlarida yalqovlik qilgan bo’lsalar, ularga yozish – chizish bilan shug’ullanuvchilar orasidan ish berilsin. Agar shundan keyin ham xatolikka yo’l qo’yib kaltabinlik qilsalar, ikkinchi bor hizmatga olmasinlar”- deyilgan.
Mamlakat oldida alohida ko’rsatgan hizmatlari uchun yirik amaldorlar, harbiylar din peshvolari hamda bo’ysudurilgan sobiq hukumdorlarga shaxsiy xizmat va sharoitga munosib ravishda biron xudud viloyat, tuman suyurg’ol (tortiq) qilingan. Har bir suyurg’ol qilingan hududga (viloyat, mamlakat, tuman) ikkitadan vazir tayinlangan.
Birinchisi – yig’iladigan soliqlarni qayd etib aholi ahvolidan boxavar bo’lib turish, ikkinchisi esa yig’iladigan daromadlar qay tarizda xarj qilinayotganini hisobga olish, shu yerda mavjud harbiy qismlarga beriladigan moash taqsimoti bilan shug’ullanishgan.
Bu vazirlarning birinchisi “ viloyatdan yig’ilgan molni yozib, raiyat fuqoraga jabr – zulm yetkazib ularning holini - harob etmasin, - ikkinchi vazir esa, qaysi amirga tuyul berilar ekan, uni uch yilgacha o’z holiga qo’ysinlar. Xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo’li bilan emas, balki ogohlantirish, qo’rqitish va tushuntirish yo’li bilan undursinlar qaysi hokim hukmning ta’siri kaltaklash ta’siridan kamroq ekan, unday hokim hukumat yurguzishga yaroqsiz”1 – deb takidlaydi Amir Temur “tuzuklar” ida. Shunday qilib maskur vazirlar orqali markaz joylardagi moliyaviy, soliq, ijtimoiy holat masalalari bo’yicha to’g’ridan – to’g’ri ma’lumot olib turgan. Shuningdek suyurg’ol egalari o’zlariga tortiq qilingan joylardagi aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum bir qismini o’zlari olgan.
Suyurg’ol egalariga o’z yeri doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda ayibdorlarni jazolash huquqi berilgan. Amir Temur o’z piri Sayyid Barakaga Andxudni tortiq qilgan. ,,A.Samarqandiyning yozishicha Shohruh davridan Xorazm – Shohmalikning; Farg’ona – Mirzo Ahmadning; Tus – Mashhad, Obivard va Nisoni o’z ichiga olgan.
Xuroson-Boysung’ur Mirzoning, Qobul, G’azna va Qandaxor viloyatlari esa, Mirzo Qaydu Bahodirning suyurg’oli edi. Suyurg’oli egasi markazga bo’ysunmagan taqdirda, suyurg’oldan mahrum qilishardi. Shuningdek, markazga bo’ysunmagan Mirzo Iskandarni 1414-yilda, Mirzo Boyqaroni Shohruh suyurg’ollaridan mahrum qilgan”2. Shuni ta’kidlash joizki, Temur davlatida ham ,,g’alla g’aram qilinmasdan burun soliq to’plash qat’iyan man etilgan. Soliq uch muddatda saraton (iyun-iyul), sunbula-mezon (avgust, sentabr) va qavs (noyabr) oylarida yig’ilar edi. Soliq yig’ishda dehqon, chorvadorga, bog’bonga zug’um qilmasliklari zarur edi.
Shuningdek, soliq va boshqa to’lovlarni undirishda me’yordan chiqish, aholi noroziligiga sabab bo’luvchi ishlarga qo’l urish umuman saltanat qudratiga putur yetkazish turgan gap edi. Shuning uchun ham markaz joylarda o’z vakillariga ega bo’lish tabiiy hol bo’lgan. Shuni ta’kidlash joizki, ,,mahalliy boshqaruvda shahar, tuman miqyosidagi boshliqlar dorug’a, qal’a boshlig’i qutvol deb nomlangan. Hokim esa shahar fuqaroviy boshliq kadxuda (qishloq oqsoqoli), kalantar (mahalla oqsoqoli), zakotchi (soliq yig’uvchi)”1.
Davlat tashkil qilishning dastlabki yillaridayoq, (1370-yili) qurultoyda harbiy qo’shin birlashmalariga hayot va urushlar sinovidan o’tgan amirlar: Jaki-Barlos, Xoji Sayfuddin Abbos-Bahodir, Alayka-Kachin, Ardasher tavoji va Qori-inoqlar bosh qilib tayinlangan edi. Mazkur davrda davlat apparatini shakllantirish va uni qurishda qonun va tartiblar tarzida Temur tuzgan tuzuklar muhim rol o’ynagan. ,,Bu tuzuklardan, deb yozadi muallif kelajakda saltanat ishlarini boshqarishda qo’llanma sifatida foydalanganlar”.
Tarixdan ma’lumki, har bir jamiyat o’ziga munosib yo o’zi munosib bo’lgan hukmdorga ega bo’ladi. Amir Temur davri qonunchiligi nafaqat uning shaxsiyati balki, o’sha jamiyat dunyoqarashi, odatlari, talab va imkoniyatlari kabilar bilan bo’g’liq bo’lgani aniq. Sohibqiron ,,davlat ishlarini saltanat qonun qoidalariga..to’ro-tuzukka tayanib, amirlar, vazirlar, sipoh, raiyyat har birini o’z lavozimiga va martabasiga qarab boshqardim” deb ko’rsatgan. ,,Garchi bir qaraganda haqiqatan ham Amir Temur boshqargandek tuyulsa-da va bunda haqiqat bor, ammo shu bilan birga aslida jamiyat va saltanat shariat va to’ro-tuzuklar, ya’ni o’z davri qonunchiligi asosida boshqarilgan”2.
Amir Temur o’z tuzuklarini ishlab chiqib hayotga tadbiq qilar ekan, boshqaruvda eng avvalo, bir narsani-jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy qonuniy asosga qo’yishni mo’ljal qilgan. Bunda oliy hukumdor-davlat rahbari oldida turgan ma’suliyatni ham unutmagan. Uningcha davlat rahbari bir so’zli o’z ishini o’zi bilib qilishi, xolis o’zi va atrofdagilarga adolatli bo’lish qat’iylik bilan ish yuritish, fikrlar hilma xilligidan cho’chimasligi qiziquvchan bo’lmasligi, mulohaza bilan ish yuritishi lozim. Amir Temurning siyosati amalga oshirishda ,,davlat ishlarining to’qqizi umumiy kengash tadbir va mashvarat, qolgan bir ulush esa qilich bilan bajo keltirishini angladi”-deb ko’rsatgan. Uning bayrog’i esa doimo siyosat va tadbir bo’lib kelgan. Uning hatrbiy siyosatda bosh maqsad-qudratli davlat va siyosat barpo etish ishiga xizmat qilgan. Amir Temur lashkarida qat’iy xizmat va tashkiliy intizom o’rnatilgan, kim nima bilan shug’ullanish nimaga javob berishini aniq ko’rsatib qo’yilgan.
Amir Temur bo’lajak harbiy tadbirlarga eng avvalo, tinchlik sharoitida, lashkarni har jihatdan ta’minlash, u to’g’rida qayg’urish orqali tayyorgarlikni ko’rib qo’ygan. Demak, Amir Temur harbiy siyosati, eng avvalo, davlatni mustahkamlash, havfdan saqlashga yo’naltirgan bo’lib, bu siyosatni puxta yo’lga qo’yishda masalaning iqtisodiy, tehnikaviy, ilmiy, tashkiliy tomonlariga katta e’tibor bergan. Shunday qilib, biz Amir Temur davri davlati boshqaruvi, qonunchiligi, harbiy san’ati masalalariga oid mulohazalarni bildirdik. Bu mulohazalar shubhasiz, davlat qudrati va jamiyatni iqtidorli etishga qaratilgandir.
Amir Temur davlat boshlig’i sifatida mamlakat iqtisodiyotini eng asosiy masala deb bildi. Shu boisdan ham uningcha ,,insonni yer boqadi, yerni millat, sug’orishi lozim”. Sohibqiron bu masalani davlat siyosati darajasiga chiqardi. ,,Obodonchilikka yaraydigan biron parcha yerning bo’lishini ravo ko’rmasdi. U Movaraunnahr, Xuroson va boshqa o’lkalarda suv chiqarib obodonchilik qilib yangi yerlar ochish, bog’lar barpo etish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Amir Temur davrida Samarqand, Shahrisabz va boshqa tumanlarda ariqu-qanallar qazdirdi. Daraxtzorlar , ekinzorlar, bog’-rog’lar yashnab, to’kin-sochinlik yuzaga keldi. Xurosondagi Murg’ob daryosi vodiysida daryodan 20 ta qanal qazdirib suv chiqartirgan. Shuningdek Ozarbayjonda ham sun’iy sug’orish tizimlarini bunyod qilgan.
Temur davrida hunarmandchilik, ishlab chiqarishga keng yo’l ochilgan. Ip, ipak, jundan gazlamalar to’qish, matolar to’qish va kiyim-kechaklar tikilgan. Qurolsozlik, oynasozlik, duradgorlik, tosh yo’nuvchilik, zargarlik, ko’nchilik va kulolchilik sohalari yuqori saviyada rivoj topgan. Ta’kidlash joizki, zardo’zlik hunarmandchiligi Ispaniya elchisini lol qoldirgandi.
Amir Temur mamlakatda savdo-sotiq ishiga katta ahamiyat bergan. Jumladan: Xitoydan Yevropagacha bo’lgan ulkan hududning bir siyosiy markaz ostida birlashtirilishi, shimoliy va janubiy yo’nalishlardagi savdo yo’llarining nazorat qilinishi, karvon yo’llarining har jihatdan ta’minlanishi, xavfsizlik, ravon yo’llar va doimo xizmat ko’rsatuvchi karvonsaroylar savdo-sotiqning gurkirab rivojlanishiga muhim omillar bo’lgan. Sohibqiron nazarida ,,dunyo savdo ahli ila oboddir”. Ayniqsa Samarqand mamlakatning iqtisodiy va savdo markazi siifatida butun sharqqa dong’i ketgan shahar edi. Shaharda katta ko’cha qurilib, ikki tomonida ikki qavatli chorsu, tim shaklida qurilgan do’konlar, rastalar qad ko’tardi. Shaharda albatta biron-bir sohaga moslashgan mahallalar, timlar, rastalar quloch yoyib, telpakdo’z, novvoylar, halvachilar, qurolsozlar, gazlamachilar, ko’nchi va temirchilar bilan mahalla va rastalarda savdo qilishardi.
Xullas Temur davrida mamlakatda savdoning rivoj topishi uchun barcha imkoniyatlar va mavjud sharoitdan foydalanilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Temur tuzuklari. T.: “O’zbekiston” 2011. 20-60 betlar.

  2. www.hozir.org.uz.

  3. www.fayllar.org.uz

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish