O’zbekiston milliy universiteti 5A120101- adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) G‘afurov nodirjon sayfutdin o‘G‘LI



Download 103,76 Kb.
bet8/12
Sana09.04.2022
Hajmi103,76 Kb.
#540372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diss1

13-bob. Isroʼ haqidagi hadis78
Olloh taoloning qavli: «(Olloh) kechalardan birida o‘z bandasi (Muhammad)ni... Masjid al-Haromdan... Masjid al-Aqsoga sayr qildirgan pok zotdur” («Al-Isroʼ” surasi, 1-oyat).
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytayotganlarini eshitgan erkanlar: «Quraysh (mushriklari Makkadagi Masjid alHaromdan Quddusdagi Masjid al-Aqsoga bir kechada borib kelganimni aytganimda) meni yolg‘onchiga chiqarishganda Hijr (Kaʼbaning shimoli-g‘arbidagi muayyan joy)ga borib tek turdim. Shunda Olloh taolo menga Bayt al-Maqdisni (Masjid al-Aqsoni) namoyon qildi. Men unga qarab turib Quraysh mushriklariga (uning) belgilarini (kurinishini) tasvirlab berdim”.
43-bob. 79
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Banu Isroilga: «Sajda qilgan holda eshiqdan kirib kelingizlar-da, «Yukimiz (gunohimiz) yengillashtirilsa erdi!» — deb aytingizlar», — deyildi. Shunda ular aytishlari lozim bo'lgan so'zni o'zgartirishdi-da, ketlarini yerga surgagancha (eshikdan kirib kelib): «Arpa» — deb aytishdi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Darhaqiqat, Muso alayhissalom uyatchan, hayoli kishi erdilar, badanlarining biror uyatli yeri ko'zga tashlanmas erdi. Shul boisdan Banu Isroilning ko'pchiligi ul kishiga ozor berib: «Bul odam bekorga o'ralib-chirmalib yurmasa kerak, badanida biror aybi bo'lganidan shunday qilsa kerak. U yo moxov yoki dabba, yoki mayib», — deyishar erdi. Olloh taolo Muso alayhissalomni ularning bul gaplaridan xalos qilmoqni iroda qildi. Bir kuni Muso alayhissalom yakka o'zlari qolib, barcha kiyimlarini (yechdilarda), ularni bir tosh ustiga qo'ydilar. So'ng, cho'mildilar. Cho'milib bo'lgach, kiyimlarini olmoq bo'lib tosh oldiga kelib erdilar, tosh kiyimlarini olib qochdi. Shunda Muso alayhissalom asolarini olib, «Ey tosh, kiyimlarimni ber, ey tosh, kiyimlarimni ber, ey tosh!» — deganlaricha uning ketidan quvib ketdilar. Quva-quva (o'zlari bilmagan holda) Banu Isroil gavjum turgan yerga borib qoldilar. Shunda ular Muso alayhissalomning qip-yalang‘och badanlarini — Olloh taolo yaratgan eng go'zal badanni ko'rdilar. Shul tariqa Olloh taolo ul kishini Banu Isroilning bo'lmag'ur gaplaridan xalos etdi. Keyin, tosh to'xtadi, Muso alayhissalom kiyimlarini olib, kiyinib oldilar. So'ng, asolari birlan toshni shunday qattiq urdilarki, Olloh taolo haqi, asolarining zarbidan tosh uch yoki to'rt yoxud besh yeridan darz ketdi. Olloh taoloning quyidagi qavli shul xususdadur: «Ey mo'minlar, Musoga ozor yetkazganlar kabi bo'lmangizlar! Bas, Olloh uni ular aytayotgan gaplardan pokladi. U Olloh qoshida izzatli (banda) erdi» («Ahzob» surasi, 69-oyat)».

Download 103,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish