O’zbekiston milliy universiteti 5A120101- adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) G‘afurov nodirjon sayfutdin o‘G‘LI



Download 103,76 Kb.
bet6/12
Sana09.04.2022
Hajmi103,76 Kb.
#540372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diss1

Muruvvat barcha bermakdur, yemak yoʻq,
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yoʻq,61
fardidagi insonparvar va xalqparvar gʻoyaga, avvalo, oʻzi amal qilgan. Juda koʻp tarixiy manbalar va tadqiqotlarda, xususan, filologiya fanlari doktori Shuhrat Sirojiddinovning “Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” nomli yangi monografiyasida haqqoniy yoritilganidek: “Alisher Navoiyning xayriya amallari, bunyodkorlik faoliyati, ulamo va fuzaloga koʻrsatgan behad muruvvatlari, faqiru gʻariblarga pushtipanohligi haqida oʻz zamonasidan hozirgi davrgacha betoʻxtov gapirib kelinmoqda. U qurdirgan Xalosiya xonaqosida har kuni mingdan ortiq faqir va miskinlar ziyofat qilinib, laziz taomlar bilan toʻydirilgan. Har yili muhtojlarga ikki mingga yaqin poʻstin, bosma chakmon, koʻylak-ishton, toqiya va kafsh ulashilgan. Mashhadda Imom Rizo bogʻida Dor ul-huffoz qurdirib, yonida har kuni muhtoj, zaif va yetimlarga ovqat berish uchun maxsus uy soldirgan…(Axir, bu yassaviyadagi: “Oqil ersang, gʻariblarni koʻnglin ovla, Mustafodek elni kezib yetim kovla” taʼlimotining naqd amaliy ifodasi-ku! – N. J.) Davlatshoh oʻn ikkita inshoot haqida gapirib oʻtsa, Xondamir yuzdan ziyodroq xayriya bino va inshootlarini, shu jumladan, hovuz va koʻpriklarni sanab oʻtadi. Faxriy Hirotiy “Amir Alisher 370 xayriya binosini qurgan” deb umumiy tarzda hisob qilsa, Som mirzo bu songa aniqlik kiritib, “uch yuz yetmishtadan toʻqsontasi rabotlardir” deydi”. Yanada qizigʻi shundaki, mazkur tadqiqotda taʼkidlanishicha, tarixchilar buyuk amirning shaxsiy hayoti va amaliy faoliyati bilan bogʻliq koʻp ibratli ishlarni Navoiyning oʻz topshirigʻi va raʼyiga qarab oshkor etmaganlar. Ana muruvvatu, mana futuvvat! Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda Alisher Navoiy ijodiyoti, shaxsiyati va dunyoqarashini oʻrganish yuzasidan maydonga kelgan yangiliklar Navoiy adabiy siymosini birmuncha yangicha tasavvur va tasvir etishga asos beradi. Biroq, hamon keng xalq ommasi tasavvurida Navoiyning adabiy siymosi “Alisher Navoiy” dramasi va badiiy filmidagi darajada turibdi. Ilmiy tadqiqot natijalari oʻz hayotiy tatbiqini kutmoqda. Ilmdagi yangiliklarni badiiy adabiyotga olib kirish va ulugʻ mutafakkirning yangicha adabiy siymosini jonlantirish fursati yetdi, nazarimizda. Bu soha yozuvchi va dramaturglarimizning yangi ijodiy izlanishlariga muhtoj boʻlib qolmoqda. Ayni vaziyada yuqori saviyali badiiy, ilmiy asarlar yaratish, ularni taʼlim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish bugunning dolzarb masalalaridan biridir”.62
“Navoiy katta mulkdor boʻlib, boylik va unga kishining munosabati qanday boʻlishini oʻz hayotlarida koʻrsatib berdilar. Oʻzlariga tegishli bogʻlar ekin maydonlari va doʻkonlardan katta miqdorda daromad olganlar va bu daromadlarning deyarli hammasini insonparvarlik, xalqparvarlik va obodonchilik maqsadlariga sarflagan.
Makorimul axloqda Xondamir hazrat Navoiy qurdirgan inshaotlarni keltiradi. Jumladan 40 dan oshiq rabotlar, 30 ga yaqin hovuzlar, 20 dan ortiq koʻprik, 9 ta hammom”.63
Hazrat Navoiyni tushunish uchun muborak dinimiz taʼlimotlaridan, jumladan, tasavvuf ilmidan ham teran xabardor boʻlish talab etiladi. Alisher Navoiy davrida boshqa ilmlar qatori tasavvuf ilmi ham rivojlangan edi. Tasavvuf istilohlarining shakllanishi va boyib borishida Qurʼoni karim, sunnati nabaviyya, salafi solihlarning hikmatlari katta oʻrin egallagan. Tasavvuf ahlining namoyondalaridan boʻlgan Alisher Navoiyning asarlari ham, tabiiyki, oʻsha istilohiy maʼnolar asosida talqin qilinishi shart.
Navoiyning koʻpgina asarlari shu paytgacha ayrim «navoiyshunos»larning shaxsiy tasavvurlari bilan, havoyi nafslariga muvofiq tarzda sharhlab kelindi. Bu sharhlarning aksari mavhum talqinlar, tushunarsiz, gajakdor iboralar, hissiz taʼbir, taxminiy tasavvurlardan boshqa narsa emas. Buning ustiga, baʼzi bir jurʼatli «qalamkashlar» ana shunday tasavvufiy gʻazallarga muxammas bogʻlashga ham qoʻl urishgan. Tabiiyki, natijada «qovunga qovoqni payvand qilgandek» boʻlgan. «Ilm har qanday murakkab narsani soddalashtirib beradi», degan qoidaga muvofiq, biz oʻsha irfoniy sheʼrlarni muallif nazarda tutgan istilohlar bilan tushunishni yoʻlga qoʻysak, oʻzimizni ham qiynamaymiz, oʻzgalarni ham adashtirmaymiz
Yuqar yamonliq angakim, kirar yamon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg`an qilur ilkini qaro.64

Xalqimiz orasida: “qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi”, - degan mashhur maqol ko‘p ishlatiladi. Navoiyning ushbu fardida shu maqol mag‘zidagi fikr boshqacharoq tarzda ifodalangan.


Birinchi misrada shoir gapning po‘stkallasini aytib qo‘ya qoladi: “Yomon odamlar davrasiga kirgan kishiga (ulardan) yomonlik yuqadi”.
Ikkinchi misra ana shu fikrga hayotiy dalil-isbot yanglig‘ jaranglaydi: “(Axir), ko‘mirga qo‘l tekkizgan (kishi) qo‘lini qora qiladi(-da) ”.
Fardda yomon kishilar davrasiga qo‘shilmaslik kerakligi g‘oyasi ilgari surilgan. Buning yoshlar ma’naviy tarbiyasi uchun ayricha ahamiyati bor. Adabiyot hamisha ezgulikni targ‘ib qilishi kerak. Ezgulik targ‘ibi tushunchasi tarkibiga esa, yomonliklardan qaytarish ham kiradi.
Ulki, sanga eldin erur aybgo‘,
Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘.65

Bu fard mohiyatida ham muhim bir pand yotibdi. Undagi “dog‘i” so‘zi “tag‘in”, “yana”, “ham”, “aybgo‘” kalimasi “ayb aytuvchi”, “aybjo‘” esa “ayb qidiruvchi”, “ayb topuvchi” ma’nosini anglatishini bilsak, satrdagi asosiy mazmunni to‘la tushunib olgan bo‘lamiz.


“Kimki senga odamlarning aybini aytsa, (esingdan chiqarmaginki), u sendan ayb topib, boshqalarga ham aytadi”, - deydi shoir.
Bu bilan, birinchidan, hech kimning aybini aytmaslik g‘oyasi ilgari surilyapti, ikkinchidan, birovlarning aybini aytib kelgan g‘iybatchilarning gapini eshitmaslik, ularga quloq solmaslik ham nasihat qilinyapti.
Bu fikrni oddiy bir o‘git tarzida qabul qilmaslik kerak. Chunki asarning vazni yuaga keltirgan yengil va o‘ynoqi ohang, ikki satrni bir-biriga chambarchas bog‘lab turgan qofiya (“aybgo‘” – “aybjo‘”) badiiy go‘zallik hosil qilgan. She’riy ta’sirchanlikni shu unsurlar ta’minlagan. Bu kichkinagina asrda ham shoirning yuksak mahorati, qalamining kuchi bilinib turibdi.
Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past,
Bilmagay holim shikastin, ko‘rmagan muncha shikast.66
Ushbu fardda asli arab tilidan olingan ikkita (“sabr” va “hol”) va fors-tojik zamonidan kirib kelgan uchta (“xud, past va shikast”) so‘z qo‘llangan. Qolgan kalimalarning hammasi – sof turkiy. Bu ikki arabiy ifodani ham shuningdek, forsiy “past” so‘zini ham hozir hamma bemalol tushunaveradi. “xud” bu yerda hozirgi “ham” ma’nosini ifodalab kelgan. “Shikast” esa – aynan “siniq yoki buzuq” so‘zining forscha-tojikcha ifodasi. Hozirgi tilimizda “shikast yetkazmoq” qo‘shma fe’li ham mavjud. Lekin bu ko‘proq “zarar yetkazmoq” ma’nosida qo‘llaniladi.
Shu tahlillardan keyin baytda ifodalangan fikrni hozirgi tilimizda bemalol bayon etish mumkin: “ men – siniq, ko‘nglim – siniq, sabrim uyi ham – yerga past bo‘lgan (ya’ni buzilgan), buncha shikast ko‘rmagan (kishi) holim shikast(zabunlik)ini bilmaydi(tasavvur qilolmaydi)”.
Fardda bevosita shoirning hasbi holi ifodalangan. Yaxshi bilamizki, Navoiyning hayot yo‘li bir –tekis kechmagan. Ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar o‘zgarishi, ya’ni hokimiyat almashishlari oqibatida oilaning ona shahrini tark etib, Mashhadga ko‘chishiga to‘g‘ri kelgan. 1466- yili esa ijtimoiy-siyosiy vaziyat 25 yoshli shoirni yana Hirotdan o‘zga shaharga – Samarqandga kelishga majbur qilgan.
Bular – ulug‘ zot hayotining ko‘pchilik bilgan mashaqqatlari. Inson sifatida u yana qanday siniqliklar, nohaqliklar, jabr-u zulm ko‘rgan – bu o‘ziga-yu Xudogagina ayon.
Ushbu fard shoir ko‘nglida kechgan ana shunday kayfiyat hosilasi sifatida qog‘ozga tushgani – aniq.
Asarda har qanday kishi boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan holat va kayfiyat tasvirlangan. Shoir erishgan ijodiy muvaffaqiyatlar esa u bunday qiyinchiliklarni sabr-matonat bilan yengib o‘tganini ham xayolidan o‘tkazadi.
Bu esa o‘quvchida: “Hayot mushkulotlaridan tushkunlikka tushmaslik kerak”, - degan dalda paydo qiladi.
Yana bir narsani bilib olamiz. Navoiy nega asarlarida hayotning bori achchiq-chuchugini haddi a’losida aks ettira oldi? Bu fard ana shu savolga javob topishga undaydi: chunki shoir hayotning achchiq-chuchugini ko‘p bor o‘z boshidan o‘tkazga-da.
Shoir – haq: kimki hayotda u boshidan o‘tkazganchalik shikast ko‘rmagan bo‘lsa, uning holi shikastini bilolmaydi.

Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul-qulub” asari 18-faslida “Dabiriston ahli zikrida”, ya’ni maktab ahli xususida fikr yuritadi. Maktabda esa o‘qituvchi va o‘quvchi (ustoz va shogird) munosabati namoyon bo‘ladi. Ustozlik ulug` va sharafli kasb. Navoiy ustozlik mashaqqati to‘g`risida so‘z yuritib, shunday yozadi: “Aning ishi odamdin kelmas, qaysi odamki, dev qila olmas, har qattig` kishini bir tifl muhofazati ojiz etar, ul bir surukka ilm va adab o‘rgatgay, anga ne yetar”. Ulug’ mutafakkir ustozni dev ham qila olmaydigan ishlarni bajara oladigan pahlavon qiyofasida tasvirlashi bejiz emas. Shu sababli ham ustozning “har taqdir bila atfolg`a haqqi ko‘pdur, agar podshohliqqa yetsa va anga qulluq qilsa xo‘bdur. Shogird agar shayx ul-islom, agar qozidur, agar ustoz andin rozidur – Tengri rozidur ”67. Quyidagi fardda esa yuqorida keltirilgan fikrlar xulosalangan:


Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Albatta, “haq yo‘li” deb to‘g`rilikka aytiladi. Bir harfni o‘rganguncha o‘quvchi qancha mashqqat chekishi mumkin, ammo ustoz shogirdiga buni o‘rgatguncha undan ortiq zahmat chekishi, qiyinchiliklarda unga ko‘mak beradi. Rasululloh (s.a.v.) hadislaridan birida: “Yaxshi axloqdan ko‘ra tarozuni bosadigan hech narsa yo‘qdir”, deb marhamat qilganlar.
Imom al- Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asarida shunday hadis keltiriladi:
21-bob68. Ilm o‘rganmoq va ilm o‘rgatmoqning fazilati Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir».
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hech bir inson o‘zidan- o‘zi ma`lum bir darajaga erishib qolmaydi. Uning erishgan darajasida ustozlarining haqqi bor. Shunday ekan, ustozlarimizning hurmatini joyiga qo‘yishimiz, ularni ardoqlashimiz lozimdir.



Download 103,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish