O’zbekiston milliy universiteti 5A120101- adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) G‘afurov nodirjon sayfutdin o‘G‘LI


Alisher Navoiy fardlarida she’riy san’atlarning qo’llanilishi



Download 103,76 Kb.
bet11/12
Sana09.04.2022
Hajmi103,76 Kb.
#540372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diss1

3.2. Alisher Navoiy fardlarida she’riy san’atlarning qo’llanilishi
Ming yillik tarixga ega bo‘lgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she’r ahlining diqqat markazida bo‘lib kelgan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida so‘z borganda uning nimalarni tasvirlagani, qanday tasvirlaganiga e’tibor qaratiladi. Adabiy asarlarda she’riy san’atlardan foydalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san’atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.
Adabiyotdagi badiiy tasvir, ifodalilik va xushohanglik vositalari badiiy san’atlar deyiladi. Buni o‘rganadigan fanni “Ilmi sanoye’” yoki “Ilmi bade’” deganlar. Sharqda she’riyat asosiy janr bo‘lganidan she’r san’atlari tushunchasi ham badiiy san’atlar ma’nosida qo‘llaniladi.
She’riy san’atlar badiiy asardan o‘rin olgan g‘oyalarning hayotiyroq, ta’sirchanroq ifodalanishiga, timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar va bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
She’riy san’atlar mantiqiy zaminga ega bo‘lmog‘i, ya’ni qo‘llanayotgan san’at hayot mantiqiga mos kelmog‘i, unga zid bormasligi shart.
Badiiy san’atlarda ifodalangan timsollar o‘quvchilar ommasiga tushunarli bo‘lishi kerak.
She’riy san’atlar nafosat qoidasiga muvofiq bo‘lmog‘i darkor. O‘quvchida go‘zal his-tuyg‘ular, tasavvurlar uyg‘otishi kerak.
Matnda ma’noni teranlashtiradigan, ko‘p ma’nolilikni yuzaga chiqaradigan, ta’sirchanlik yaratadigan xilma-xil badiiy vositalar bo‘ladiki, ularni ko‘pincha matn ma’nosi-mazmuniga ko‘ra idrok etamiz. Ular – ma’naviy san’atlardir.
Matnda xushohanglik yaratadigan, ifodalilikni kuchaytiradigan, tovush mushtarakligi yoki uyqashligini yuzaga chiqaradigan, so‘z takroriga asoslangan badiiy san’atlar bo‘ladiki, ularni ko‘z bilan ko‘rib kuzatish va eshitish imkoni bor. Bu – lafziy san’atlardir.
Deyarli o‘n asrlik o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari arab yozuvida bitildi. Eski yozuv – arab alifbosi bilan bog‘liq. Harflar shakliga aloqador yoki harf doxili tufayli so‘z o‘zgartirish san’atlari ham uchraydi. Ular – harfiy san’atlardir.
Badiiy san’atlar – adabiyot nafosati va sehrlarini idrok etishga yordam beradi, she’riyatdan chinakam boy badiiy-hissiy lazzat olish imkonini uyg‘otadi.
Yaratilgan asar xoh ikki misradan iborat bo‘lsin, xoh ikki yuz misradan iborat bo‘lsin unda she’riy san’atlar yakka holda ham, aralash holda ham kelishi mumkin. Ko‘p hollarda she’riy sanatlar qorishib keladi va asarning jozibasini orttirish bilan birga undagi so‘z o‘yinlarini ham, mazmunni ham boyitadi. Bunda ma’naviy va lafziy san’atlar birgalikda kelishi mumkin.
Darhaqiqat, Navoiyning buyukligini isbotlab o‘tirishga hojat yo‘q. Uning buyukligini anglash uchun she’riyatini idrok eta bilish, his qila olish kifoya. Navoiy yetuk lirik shoirdir. U mumtoz she’riyatni nafaqat mavzu va g’oya jihatdan, balki badiiy jihatdan ham yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’targanustoz san’atkordir. Navoiy lirikasining fazilatlaridan biri shundaki, u she’rningmazmuniga monand shakl yaratdi.  Shoir tadrij, tashbeh,istiora, mubolag’a, tazod, tanosub, husni ta’lil, tajohilu orif, laf va nashr, talmeh, tajnis, iyhom, ruju’, takrir va boshqa badiiy san’atlardan mahorat bilan foydalanadi. Ana shulardan ayrimlari misolida Navoiy badiiy tafakkurining qudrati haqida tasavvur hosil qilish mumkin. 
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo‘q95
– fardida lafziy san’atlar ichidan qofiya, radif, tarse’ san’atlarini ishlatadi. Tarse’ sanatining o‘zi – bir baytda ostinma-ustun turgan so‘zlarning hammasi o‘zaro ohangdosh bo‘lishidir.
Bu kun nasimi firoqing mening sari esti
Ki, jonni elga berib, vasl rishtasin kesti.96
“Navoiy lirikasining badiiy qimmati, shoir san’atkorligining o’ziga xos qirralari uning poetik tasvir vositalaridan foydalanishda yana ham yaqqol namoyon bo’ladi. Ushbu fardda lafziy san’atlar bilan bir qatorda ma’naviy san’atlar ham qo‘llanilgan.
Navoiy lirikasida alohida ahamiyat kasb etgan an’anaviy san’atlardan biri tazoddir. Tazod Navoiy she’rlarida ruhiy holat, vaziyat va kechinmalardagi ziddiyatlarni ifodalashda keng qo’llanilgan. Shoir bu usul orqali o’z g’oyaviy maqsadini, tasvirning ichki mohiyatini mukammalroq yoritadi.” “Nasimi firoq” iborasi “vasl rishtasi” bilan birga zidlikni yuzaga keltirib, tazod hosil qilgan. “Men” va “el” so‘zlari ham o‘zaro zidlik ma’nosida ishlatilgan. “Esti” va “kesti” so‘zlari qofiyalanib mutlaq qofiyani yuzaga keltirgan.
Chu sen yor-u jahon bir dushmanimdur,
Mening uchun jahon turg‘uncha sen tur.97
Fardda “sen” so‘zi bilan “jahon” so‘zi zid qo‘yilsa, “yor” so‘zi bilan “dushman” kalimalari o‘zaro tazodni hosil qiladi. birinchi misradagi “jahon” so‘zi ikkinchi misrada takrorlanib, takrir san’atini yuzaga keltirgan. Fardda shakl bilan bog‘liq san’at takrir, ma’no bilan bog‘liq san’at tazodligini bildik. Ammo ikkinchi misrada shoir jahon turg‘uncha sen tur demoqda. Agar birinchi misradagi “jahon” so‘zini “sen” so‘zi bilan almashtirsak qanday ma’no hosil bo‘ladi? “jahon yor-u sen bir dushmanim” mazmuni hosil bo‘ladi. Bu bilan shoir qanday badiiy san’at ishlatmasin, asarlarida yangilik ortib borganini ko‘rishimiz mumkin.
Voqif ermas yor, jon bersam buzug‘ koshonada,
Shah ne ogah, xasta Majnun o‘lsa bir vayronada. 98
Ushbu asar namunasida tanosub san’atini yuzaga keltirgan “jon bermoq”, “o‘lmoq”, “xasta” so‘zlaridir. “Koshona”, “vayrona”, so‘zlari tazod san’ati borligini ko‘rsatib turibdi. Majnun so‘zi esa, talmeh san’tini yuzaga keltirgan.
O‘lsam, ey yor itlari har dam g‘irev g‘am tutung,
Yorlig‘ zohir qilib, ahvolima motam tutung.99
“O‘lmoq”, “g‘am”, “motam” so‘zlari tanosub san’atini yuzaga keltirgan bo‘lsa, “yorlig‘” so‘zi iyhom san’atini tashkil qilgan. Agar oshiq o‘lsa “yor itlari” nega g‘am tutishi kerak? It obrazi sodiqlik ramzi bo‘lgani uchun muallif o‘zini sodiqlikda ularga tenglashtirmoqda. Sodiqlar safi kamaysa, sodiqlarning qolgani motam tutmay, boshqa kim ham motam tutsin?! “Yorlig‘” birinchi ma’nosida do‘stlik ma’nosi bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi “yorlig‘” – hujjat ma’nosi bor.
Yetar chu rizqing, agar xoradur va gar yoqut,
O‘zungga yuklama anduh tog‘in, istab qut.100
G‘oyaviy –badiiy jihatidan oddiy fard. Mazmun mundarijasi ko‘ra falsafiy. Badiiy san’atlardan “xora” va “yoqut” so‘zlari tazod san’ati mavjudligini ko‘rsatadi. Mazmuni rizqing agar xora(tosh) va yoki yoqut bo‘lsa ham yetadi, Baraka istab o‘zingga anduh(g‘am) tog‘ini yukama(o‘zingni qiynama).
Bo‘lmasang ollimda, yo ko‘nglumda bo‘l, yo jonda bo‘l,
Manzilingdir bori, ko‘nglung qanda istar – anda bo‘l.101
“Bo‘lmasang” va “bo‘l” so‘zlari tazod san’atini yuzaga chiqaradi. “Bo‘l” so‘zining takrorlanishi takrir, misralar oxirida kelishi esa radif bo‘ladi. Ushbu so‘z buyruq maylidaligi amr san’atini hosil qiladi. Bu fardda birinchi misradagi so‘zlar “ko‘ngul” va “jon” so‘zlari tartib bilan keltirilib, ikkinchi misrada “bori”, ya’ni “barchasi” mazmunidagi so‘z bilan birlashadi. Bu esa ta’dil san’atini yuzaga keltiradi.
Kishikim, yorini har kun ko‘rarga o‘rganur ermish,
Chu bir kun ko‘rmas ermish, benihoyat emganur ermish.102
Ushbu fardda Hazrat Navoiy “har kun” bilan “bir kun” va “ko‘rar” bilan “ko‘rmas” so‘zlarini zid qo‘yadi. Bayt mazmunida xalqona ohang ufurib turadi. “O‘rgangan ko‘ngil, o‘rtansa qo‘ymas” maqoli mazmuni anglashiladi. Bu badiiyatda irsoli masal san’atini ro‘yobga chiqaradi.
Navoiy har “ikki misra”da ko‘plab badiiy san’atlarni keltirgan. Bularning ichida eng ko‘p ishlatilgan san’atlardan, tashbeh va tazoddir. Shoir badiiy san’atlardan foydalanishda ko‘plab turlarini ishlatadi. Ammo bu san’atlarning fardlarda aks etishi muallif uchun hech bir noqulaylik sezdirmaydi. U birinchi misrani boshladimi badiiy san’at hosil bo‘ladi, ikkinchi misra yakunlanishi bilan she’riy san’at ham, muallif ifoda etayotgan mazmun ham yig‘iq bo‘lib yakunlanadi.
Biz Navoiyning fardlaridagi badiiy san’atlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, har bir so‘zning mazmun teranligi, ko‘pmanoliligi, ifoda jozibasi, xushranglilik yaratuvchi omillar sifatidagi xizmatlari xususida so‘z ochmadik. Zero iyhom-u tajnislari mushohadakorlikka – o‘ylashga rag‘batlantiradi. So‘zning ma’nolari haqida mulohazaga chorlaydi. So‘zning jo‘n takrorlari yoki o‘rin almashib takrorlanishlari xushjaranglilikni, ifodalilikni kuchaytiradi.


Download 103,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish