O’zbekiston madaniyati
O`zbek xalqi o`zining boy va rang — barang madaniyatiga ega. Bu ko`pgina qadimiy xalqlar madaniyati uyg`unligi samarasidir.
O`zbekiston huhudlarida urf — odatlar bir — biridan farq qiladi. Muayyan viloyat yoki shaharning faqat o`zigagina hos bo`lgan liboslari, san’at maktablari, musiqasi bo`lib, hattoki suhbatdoshning shevasiga asoslanib ham, uning Vatani qayerligini xatosiz bilib olish mumkin.
O`rta Osiyo xalqlari madaniyati ming yilliklar davomida shakllangan bo`lib, hayotning har bir jabhasini tartibga solgan, agarda kimdir yaxshi xulq qoidalariga bo`ysunmasa xalq oldida obro`sizlantirilgan…
Sharqiy va Markaziy — Osiyo mamlakatlarida o`zini anglash va hurmat qilish islom dini asosida kechadi. Shu sababli insonlarning kelib chiqishi va ijtimoiy holatidan qat’i nazar ushbu urf — odat va an’analarga rioya qilish ularning burchlariga aylangan.
Vaqt hukmi bilan Markaziy Osiyo va O`zbekistonda o`z madaniyati va an’analari avvalgilarini saqlab qolgan holda to`liq shakllandi.
Kim biladi, balki, bugungi kunda barchaga ma’lum bo`lgan sharq mehmondo`stligi bizgacha yetib kelgan qadimiy xalqlarning urf — odatlarini o`zida aks ettirar… Qadimda, o`zbek xalqi uchun mehmondo`stlik – nafaqat hayot qonuni, balki axloqiy madaniyatning ham qoidalaridan biri edi.
Uzoq yo`lga otlangan sayohatchi o`ziga begona shaharda, hatto dushmanlari hududida ham bo`lib qolishi mumkin edi. Lekin, uni umid ruhlantirardi: yaqin qishlaoq, hatto yolg`iz chodirda ham unga boshpana berishadi, iliq kutib olishadi…
Mehmonni kutib olmaslik, yoki uni yaxshi qarshilamaslik – an’analarga rioya qilmaslik hisoblanib, bunday holatga o`z oilasini, qishlog`ini va nasl — nasabini isnodga qo`yish deb qaralgan. An’analar hatto dushmanini ham mehmondo`stlik bilan qarshilashga chaqirgan.
Hozirgi kunda esa, mehmondo`stlik qoidalari kishilarning o`zaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi go`zal va foydali an’analarga aylangan. O`zbeklar odatda katta oilada yashaydilar, ushbu dargoh bir nechta avloddan iborat bo`lishi mumkin, ularning barchasida o`zaro va kattalarga nisbatan hurmat hukm suradi. Ayollar va erkaklarga nisbatan ham, nozik chegara mavjud. Qo’l berib ko`rishish asosan faqat erkaklarga hos, ayollarga nisbatan esa, boshqacharoq tadbir qo`llaniladi: qo`lni kko`ksiga qo`ygan holda yengil ta’zimning o`zi kifoya.
Tushlik yoki kechki ovqatga taklif etilganda rad etish yoki kechikib kelish hurmatsizlik hisoblanadi. Odatda, mehmonga honadon egalari uchun sovg`alar va bolalar uchun shirinliklar bilan boriladi. Uyga kirishda oyoq kiyim yechiladi. Qadimiy odatlarga ko`ra, erkaklar va ayollar alohida — alohida stollarda o`tirishlari kerak, lekin bu odatga to`liq qishloqlarda amal qilinadi. Honadon egasi mehmonlarning joylashishlarini ta’minlaydi, hurmatli va yoshi katta mehmonlar eshik oldidan uzoqroq joyga, yuqoriga o`tqaziladi. Mehmonga kelganlardan yoshi ulug`i fotiha oqigandan so`ng, honadon egasi mehmonlarni an’anaviy “bir payola choy” bilan mehmon qiladi, shundan keyingina ovqat tanovul qilish boshlanadi.
O`zbek xalqining urf — odat va an’analari ko`p yillar davomida, zardushtiylar, baqtriyaliklar va so`g`dlar ma’naviy merosi, boshqa tarafdan ko`chmanchi qabilalar, keyinroq esa Qur`oni Karimda ko`zda tutilgan islom an’analari asosida shakllandi.
SALOMLASHISH
Qadim zamonlardanoq ikki musulmon kishi ko`rishib qolishsa, oralaridagi munosabat do`stona yoki aksi bo`lishiga qaramay, bir — birlari bilan salomlashishlari kerakligi ta’kidlangan. Salom berilganda esa alik olish farz hisoblangan. Bunda ijtimoiy tarafdan yuqori pog`onada turuvchi kishilar past pog`ona vakillariga salom berishlari (aksi emas), otda ketayotganlar piyodalarga, kichiklar kattalarga, boshliqlar o`z hizmatchilariga salom berishlari kerak bo`lgan.
Agar bir kishi bilan bir nechta kishilar salom bersalar, bir marta alik olinadi – bu javob hammaga barobar tegishli bo`ladi.
Va albatta, shafqatsiz, tarbiyasiz va noinsof odamlar bilan salomlashish qat’iyan man etilgan. Agar bunday kishilar “yaxshi” odamlarga salom bersalar har qanday vaziyatda ham alik olish joiz bo`lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |