Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar


Oʻrta Osiyo Ahamoniylar saltanati tarkibida. Ahamoniylar davrida pochta xizmati va kommunikatsiyalarning rivojlanishi



Download 23,63 Kb.
bet2/5
Sana18.10.2022
Hajmi23,63 Kb.
#853967
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar

Oʻrta Osiyo Ahamoniylar saltanati tarkibida. Ahamoniylar davrida pochta xizmati va kommunikatsiyalarning rivojlanishi
Mil. av. VI asr boshlarida vujudga kelib kuchayib borgan ahmoniylar davlati atrofidagi bir qancha hududlarni bosib oladi va bu sulola Eronda yirik saltanat barpo etadi. Soʻng ular 545- yildan boshlab Oʻrta Osiyoga bir necha bor harbiy yurishlar qiladi, lekin massagetlarning qarshiligiga duch keladi. Ahmoniylar podshosi Kir II ning qoʻshinlari Markaziy Osiyoga qilgan ikkinchi yurishida ham mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchraydilar. Mil. avv. 530- yilda Kir II massagetlar ustiga yangi yurish qilganda bosqinchilarga qarshi kurashga malika Toʻmaris boshchilik qiladi. Bu janglarda ahmoniylar katta talofot koʻradi, Kir II esa oʻldiriladi.
Miloddan avvalgi 522- yilda Eronda hokimiyat tepasiga kelgan Doro I ga qarshi Margʻiyonada keng xalq ommasi Frada boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtaradi. Ammo u shafqatsizlik bilan bostiriladi. Bunday harakatlar keyingi davrlarda ham davom etib, mil.av 519-518- yillarda Doro I Markaziy Osiyodagi sak qabilalari ustiga yurish qiladi. Bu janglarda mahalliy aholining koʻpchiligi oʻldirilib, bir qismi asir olinadi. Saklarning bosqinchilarga qarshi kurashida otboqar Shiroq kabi mardonavor Oʻzbekistonparvarlar jonbozlik qiladilar.
Xulosa qilib aytganda, uzoq yillar davomidagi ahmoniylarning Oʻrta Osiyo hududiga harbiy yurishlari natijasida bu oʻlka katta Eron imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Ahmoniylar yurtimizda deyarli 200 yil mobaynida hukmronlik qildilar. Oʻsha paytlarda Oʻrta Osiyo toʻrt satraplikka (viloyatga) boʻlindi-Eron amaldorlari boshliq etib tayinlandi. Mahalliy aholi ahmoniylarga katta miqdorda kumush hisobidan soliq toʻlar edi. Shuningdek, soliq sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari ham Eron podsholariga "sovgʻa" etilar edi.

Oʻrta Osiyo hududining Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olinishi. Antik davlatlar
Mil.avv. IV asrda qadimgi dunyo tarixida bir qancha siyosiy oʻzgarishlar boʻlib oʻtdi. Bu davrda makedoniyaliklar ahmoniylarga qaqshatgich zarba beradi. Mil.av. 336- yilda Makedoniya taxtiga Filippning oʻgʻli 20 yoshli Iskandar oʻtirdi va dunyoni zabt etishni davom ettirdi. Natijada mil.av. 329- yilning bahorida uning qoʻshinlari Amudaryo boʻylariga yetib keldi va Oʻrta Osiyoni istilo etishga kirishdi. Amudaryodan suzib oʻtgan yunon-makedon qoʻshinlari dastlab Navtaka viloyatiga, soʻng Soʻgʻdiyonaning poytaxti Maroqanda shahriga yoʻl oladilar. Lekin bu yerda bosqinchilarnnng harbiy yurishlari ogʻir kechdi. Soʻgʻdlar oʻz yerlarining ozodligi va mustaqilligini mardonavor ximoya qildilar. Bu yunon-makedon qoʻshinlariga qarshi kurashning birinchi bosqichi edi.
Baqtriya va Soʻgʻdiyonaning barcha joylarida Iskandarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari koʻtariladi. Miloddan avvalgi 329- yilning koʻzida boshlangan bu qoʻzgʻolonlarga mahalliy sarkardalardan boʻlgan Spitamen boshchilik qildi. Samarqandda Iskandar qoldirib ketgan harbiy garnizonni qirib tashlab, shaharni egalladi.
Natijada Iskandar Zarafshon aholisidan qattiq oʻch olish niyatida oʻz qoʻshinlari zarbasini tinch aholiga qaratdi. Soʻgdiyona, Baqtriya oʻlkasida koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar yunon-makedon zulmidan ozod boʻlishga qaratilgan boʻlib Iskandarning “varvarlarni” osonlikcha bosib olmoqchi boʻlganini chippakka chiqardi. Lekin harbiy kuch-qudrat jihatidan Iskandar qoʻshini ustun edi. Uzoq vaqt shafqatsiz davom etgan janglarda yunonlar gʻalaba qozondi. Spitamenning halokati bilan yunon-makedon bosqinchilariga qarshi ozodlik harakati toʻxtab qolmadi. Harakatning ikkinchi bosqichi yakunlandi, xolos. Bosqinchilar uchun Soʻgʻdiyonadagi ahvol xavfli boʻlib qolaverdi.
Ularga qarshi harakatning uchinchi bosqichida qoʻzgʻolonchilar mahalliy zodagonlar boshchiligida toq qal'alarida kurashni davom ettirdilar. Yunon askarlari anchagina toliqqan, charchagan edi. Bundan epchillik bilan foydalangan “Qadimiy Xorazm” podshoh Farasman vaziyatga qarab murosa qiluvni afzal koʻrdi. Iskandar Zulqarnayn Baqtriya Soʻgʻdiyonani zabt etganda Farasman oʻz qoʻshiniga bosh boʻlib sovgʻa-salomlar bilan Iskandar huzuriga borib, unga Xorazmni zabt etmaslikni iltimos qiladi va oqibatda diplomatik usullarni ishlatganligi tufayli Xorazm oʻz mustaqilligini saqlab qoladi.
Nihoyat, Iskandar Soʻgʻdiyona va Baqtriya aholisining qarshiligini kuch bilan yenga ololmasligiga ishongandan soʻng mil. av. 328- yildan boshlab turli yoʻllar bilan ularga yaqinlashishga, munosabatlariga iliqlik kiritishga harakat qiladi. Natijada, u zardushtiylik dinini qabul qildi, mahalliy zodagonlar Oqslart, Sisimitr, Xorien qabilarning mulklarini ham qaytarib berdi, ular bilan qarindoshchilik aloqalarini oʻrnatdi. Mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi asta-sekin Iskandar hokimiyatini tan olib, uning xizmatiga oʻtdilar. Mil.av. 327- yilning oxirlarida qoʻzgʻolonlar bostirilib, Oʻrta Osiyo Iskandar hukmronligi ostida qoldi. Shunday qilib, Soʻgʻdiylarning yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch- yil davomida olib borgan kurashi tugadi. Iskandar qoʻshinlariga qarshi kurash olib borar ekan, mintaqa xalqlari mislsiz jasorat koʻrsatdi. Ular oʻz davrining yuksak harbiy san'ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Yunon qoʻshinlari bunday qattiq qarshilikka hech qaerda uchramagan edilar.
Ulkan saltanatga asos solgan Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 323- yilda vafot etadi. Uning vafotidan keyin bepoyon davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga boʻlinib ketadi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin safdoshlari tomonidan boshqariladi. Uzoq davom etgan oʻzaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312- yilda lashkarboshilardan biri Salavk Bobil davlati hukmdori boʻladi. Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Natriya, Soʻgʻdiyona davlatlari kirgan edi.
Salavkiylar davlatida boshqarish tizimi uch boʻhindan: satraplar, eparxlar va giparxlardan -iborat boʻlgan. Shu bois Salavk Markaziy Osiyo yerlarini satrapliklarga boʻlib boshqarar edi. Ularga oʻziga yaqin kishilardan satraplar tayinlardi.
Salavk I mil.av. 293- yilda oʻgʻli Antioxni sharqiy viloyatlar: Parfiya, Baqtriya, Soʻgʻdiyona hukmdori qilib tayinlaydi. Bu hududlar harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgani sabab, savdo yoʻllari boʻylab shahar va boshqa manzilgohlar qurdirgan edi.
Antiox I davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-kumush, mis draxm va tetradraxmlar (pul birligi) zarb qilingan. Urushlar tufayli izdan chiqqan turmush Soʻgʻdiyona, Baqtriyada tiklana boshladi va savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlana boshladi. Bu davrda Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta’siri birmuncha kuchaydi.
Hududga yunon yozuvi, yunon ogʻirlik oʻlchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va ellin san'ati kirib keladi. Moddiy va badiiy madaniyat, savdo va shahar sozlik yangicha yoʻnalishda rivojlana boshlaydi. Oʻz navbatida, yunonlar mahalliy madaniyat va an'analarni qoʻllay boshlaganlar. Natijada, aralash madaniyatning-yunon va mahalliy sharq madaniyatininig tashkil topish jarayoni yuzaga keldi.
Antiox I ning gʻarbga qilgan harbiy yurishlari natijasida sharqiy viloyatlar ma’lum darajada uning e'tiboridan chetda qoldi. Bundan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqil siyosat yurita boshlaydilar. Natijada mil.av. 250- yillarga kelib, Oʻrta Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita – Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baqtriya davlati salavkiylar sulolasidan boʻlgan Diodot davrida tashkil topadi. Bu davlat Baqtriya hududida boʻlib poytaxti shimoliy Afgʻonistondagi Baqtro (Balx) shahri boʻlgan, yunonlar boshqargan. Hukmdorlardan Yevtidem, Demetriy, Evkratid davrlarida Hindistonning shimoli-harbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo oʻrtasidagi katta yerlar bosib olinadi.
Yunon-Baqtriya davlatida hokimiyat podshoh tomonidan boshqarilgan edi. Davlat bir necha viloyatlarga boʻlingan. Viloyat hokimlari esa podshohga boʻysungan. Yunon-Baqtriya podshohligi davrida Oʻrta Osiyoda dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik rivojlanganini, madaniy hayot oʻsganligini arxeologik topilmalardan bilish mumkin. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb qilingan. Termiz, Taxti-Sangin, Denov, Hampirtepa Afrosiyobdan topilgan yodgorliklar bu davlatning ijtimoiy madaniy hayotda ellinlar madaniyatining sezilarli ta’siri boʻlganligidan darak beradi.
Osiyoning tubjoy aholisi oʻzlarining qadimiy madaniyatlari, an'analariga sodiq qoldilar. Shu bilan ular ellin madaniyatining afzal tomonlarini qabul qiladi. Yunon-Baqtriya podshohligi davrida deyarli barcha viloyatlarda iqtisod va madaniyat yuksaladi.
Mil av. II asrning oʻrtalariga kelib Yunon-Baqtriya davlati oʻz qudratini yoʻqota boshlaydi. II asrning uchinchi choragiga kelib bu davlat Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan Yue-chje qabilalari hujumi natijasida inqirozga uchraydi.


Download 23,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish