Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar



Download 23,63 Kb.
bet1/5
Sana18.10.2022
Hajmi23,63 Kb.
#853967
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar


Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar (Qadimgi Baqiriya podsholigi, Katta Xorazm)
“Avesto” hamda yunon mualliflarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Oʻzbekiston hududida Soʻgʻdiylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud Soʻgʻda (“Avesto”da), Suquda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida esa Soʻgʻdiyona deb nomlangan.
Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan oʻtroq dehqon elatlari xorazmliklar boʻlgan. Ularning yurti Xvarizam (“Avesto”da), Xvarazmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.
Soʻgʻdiylarning eng yaqin qoʻshnilari baqtriyaliklar boʻlib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afgʻonistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi ("Avesto" da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.
Amudaryo boʻylarida koʻchmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning togʻlik, choʻl va sahro yerlarida asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular oʻz yerlarini turli qabilalar hujumidan ximoya qilish uchun harbiy-ittifoq tuzadilar.
Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga boʻlingan. Ularning koʻpchilik qismi saka-tigra-xauda, ya’ni oʻtkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozogʻiston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh saka-tiay-darayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi boʻylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Pomirning toqli tumanlarida va Fargʻonada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashaganlar.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida koʻrsatilgan oʻlkalarda yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat uyushmalari oʻzining ma’lum hududi, chegaralariga ega boʻlib, iqtisodiy-geografik makon-katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. Bu davrlarda Xorazm, Baqtriya, Margʻiyona, Soʻgʻdiyona, Fargʻona kabi viloyatlar mavjud edi. Ahamoniylar bosqiniga qadar oʻlkaning asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy markaz shimolda Xorazm, janubda Baqtriya hisoblangan.
“Katta Xorazm” davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari – hozirgi Qoraqalpogʻiston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan. Yunon tarixchisi Gerodot ma’lumotiga koʻra, qadimda Oks (Amudaryo) boʻylab 360 dan ziyod sun’iy kanallar, suv inshootlari mavjud boʻlgan. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, meva-sabzavot yetishtirishga e'tibor koʻp boʻlgan. Paxtachilik rivoj topa boshlagan. Qal’aliqir, Koʻzaliqir, Janbosqal’a kabi shaharlar barpo etilgan. Qurilishda paxsa, xom qisht ishlatilgan.
Davlatni mustahkamlash maqsadida poytaxt va boshqa shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan edi. Ichki va tashqi savdo-sotiq yuksak darajada rivojlandi. Hunarmandchilik sohalari, togʻ-kon ishlari rivoj topadi. Chorvachilikda ot, tuya, qoʻy-echkilar boqishga e'tibor kuchayadi. Tabiiyki, bu jarayonda dastlabki davlat tizimining uyushtiruvchilik oʻrni oʻsib borgan. “Avesto”da ta’kidlanishicha, Xorazmning dastlabki sulolasi Siyovushiylar boʻlgan.
Xorazm davlati miloddan avvalgi VI asrgacha oʻz mustaqilligini saqlab qola olgan. Xorazmning mustaqil davlat sifatida saqlanib qolishiga uning mukammal harbiy bazasi sabab boʻlgan. Harbiy qism mustahkam otliq va piyoda askarlardan iborat boʻlib, yaxshi qurollangan va qattiq itizomga rioya qilgan edilar.
Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi Baqtriya boʻlgan. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afgʻoniston hududlarida joylashganligi ma’lum. Uning poytaxti Baqtro (hozirgi Balx) shahri, podshohlaridan biri Oqslart ismli shaxs boʻlgan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobilga qadar mashxur boʻlgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham qadrlangan. “Avesto”da Baqtriya eng goʻzal oʻlkalardan biri sifatida ta’riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor boʻlib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi.
Eronda saroy tabibi boʻlib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qudratli davlat boʻlgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar. “Baqtriya” nomi Esxilning eramizgacha boʻlgan 472- yili sahnaga qoʻyilgan “Forslar” tragediyasida ham uchraydi. Koʻplab mualliflar baqtriyaliklarga “koʻp sonli”, “jangavor” va “botir” xalq sifatida tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli “zabt etib boʻlmaydigan” koʻplab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtra (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.


Download 23,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish