Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar


Oʻrta Osiyoda mahalliy davlatlarning rivojlanishi (Q`angʻ, Dovon, Xorazmshohlar podsholigi)



Download 23,63 Kb.
bet3/5
Sana18.10.2022
Hajmi23,63 Kb.
#853967
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar

Oʻrta Osiyoda mahalliy davlatlarning rivojlanishi (Q`angʻ, Dovon, Xorazmshohlar podsholigi)
Mil. av. III asr oxiri – mil.av. II asrda Fargʻona Dovonda, Soʻgʻdda alohida shahar-davlatlar shakllanadi. Ayni shu davrda Qangʻ davlati qaror topishi yuz bergan. Bu davlatlarning har biri oʻz tangalarini zarb etgan.
Tadqiqotchi olimlarning fikriga koʻra, Fargʻona vodiysida davlatchilik V-IV asrlarda paydo boʻlgan. Mil. av. II-I asrlarga oid Xitoy manbalrida qadimgi Fargʻona keng, boy va koʻp aholili, 70 dan ortiq katta va kichik shaharlari bor deb tilga olinadi. "Polona" bu Fargʻonaning xitoycha talaffuz etilishidir. Vohada shaharlar koʻp boʻlib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) boʻlgan. Dovon qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi oʻtroq aholi bilan bir qatorda, Fargʻonaning choʻl va dasht hududlarida koʻchmanchi chorvador aholi ham yashagan. Manbalarda bu koʻchmanchilarning ot ustida turib hamon otishga mohir ekanliklari haqida qayd etiladi.
Oʻsha davrda Dovon davlati oʻzining “afsonaviy” va “samoviy” otlari bilan shuhrat qozongan. Dovon argʻumoqlari mamlakatdan tashqarida ham xususan, Xitoyda qadrlangan. Dovonliklar usta savdogar hisoblanganlar va foyda ustida raqobatlashganlar. Mil.av. II asrning oxirlarida Xitoy imperatorlari Dovonni bosib olishga bir necha bor harakat qiladilar. Ammo Xitoy qoʻshinlari istexkomga aylantirilgan Dovon qal'alarini sindirishga ojizlik qiladilar. Shuningdek, qoʻshni davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan dovonliklar xitoyliklar ta’siriga tushmasdan oʻz mustaqilliklarini saqlab qola oladilar.
Qadimgi Fargʻona davlati ancha adolatli va demokratik jamiyat hisoblangan. Podshoh davlat ishlarini Oqsoqollar kengashiga suyangan holda yuritgan. Oqsoqollar kengashi doimiy boʻlib, unda davlatning eng muhim masalalari muxohama qilingan. U oʻziga xos qonun chiqaruvchi organ vazifasini bajargan. Mamlakat hududlari shaharlar va vohalarga boʻlingan holda boshqarilgan. Har bir shahar, vohaning oʻz hukmdori boʻlgan.
Ichki tartibni saqlash, mamlakatni tashqi dushmanlardan himoya qilish uchun Dovonda asosan piyoda askarlar va suvoriylardan iborat boʻlgan 60 ming kishilik qoʻshin mavjud boʻlgan. Jangchilar zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan oʻzlarini oʻzlari ta’minlaganlar. Dovon oʻzining butun tarixi davomida yirik imperiyalar va kuchli davlatlar ta’siri ostiga tushmasdan oʻz siyosiy erkinligini saqlab kelgan.
Qangʻ davlati mil.av. III asrning boshlarida Yunon-makedon hukmronligiga qarshi kurashlar va ichki nizolari keskinlashuvi natijasida paydo boʻlgan. Bu davlat hududi dastlab Sirdaryoning oʻrta oqimidagi yerlar (Toshkent vohasi hamda unga tutash togʻ va choʻl zonalari)dan iborat edi. Mil.av. II asrning boshlariga kelib Qangʻ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Fargʻona vodiysi shimoliy-sharqda Yue-chje qabilalari bilan, shimoli – gʻarbda Sarisuv daryosi, gʻarbda Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi hudud Qangʻ davlatining asosiy yerlari hisoblangan. Bu davlat iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan edi. Davlatning taqshi siyosati qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini oʻrnatish, keskinlashgan vaziyatning oldini olish va oʻz hududida osoyishtalik oʻrnatishga qaratilgan edi. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib qolgan qabilalarga, viloyatlarga hujum qilib ularni qaram qilishga harakat qilgan.
Qangʻ davlatining asosiy aholisi oʻtroq va yarim oʻtroq boʻlib uning hududida koʻchmanchi chorvadorlar ham yashar edi. Oʻtroq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bogʻdorchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanib kelgan. Sun'iy sugʻorish ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.
Chorva mollarining koʻpchiligi qisman koʻchmanchi va yarim oʻtroq xolda yashovchi aholi ixtiyorida boʻlgan. Qangʻ podshohlari, ya’ni xoqonlari va ularning xonadoniga yaqin kishilar boy chorvadorlardan boʻlgan. Qangʻ hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita boʻlib, yozni ’trorda, qishlovni Qangʻdizda (uning harobalari Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida) oʻtkazar edilar.
Qangʻliklarda koʻplab qal'a va koʻrganlar boʻlib, ular dushman qamal iga bardosh beradigan qilib qurilgan. Ularda hunarmandchilikning turli sohalari yaxshi rivojlangan. Qangʻ harobasidan, Choshtepa va Toshkent vohasi boshqa tepaqoʻrgʻonlardan topilgan arxeologik ashyolar Qangʻ davlati madaniyatining namunasi hisoblanadi.
Miloddan avvalgi IV-II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat boʻlib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu hol Xorazmda oʻziga xos mahalliy davlatchilik tizimi rivojiga muhim omil boʻldi. Davlat tipi – podshohlik boʻlib boshqarish shakli mutloq monarxiya, ya’ni yakkahokimlik edi. Milodiy I asrdan boshlab Xorazmda Afrigidlar sulolasi hokimlik tepasiga kelgan va 700-800 yil davomida hukmronlik qilgan. Bu davrlarda podshohlikda markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilingan va hokimiyat sulolaviy tarzda meros boʻlib qolgan. Zarb qilingan tanga pullarda Artov, Artamux, Vazamir kabi Xorazmshohlar ismlari uchraydi.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlaridan koʻplab yodgorliklar topilgan. Jonbosqal’a, Qoʻyqirilganqal'a, Tuproqqal'a shular jumlasidandir. Bu shaharlar atrofi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Devorlarda shinaklar va minoralar mavjud boʻlgan. Koʻxna shaharlarning asosiy inshooti ulkan qal'a boʻlib, Xorazm hukmdorlarining qarorgohi boʻlgan. Tuproqqal'ada ikki qavatli binolar boʻlib, ulardan turli maqsadlarda foydalanilgan. Tashqari xonadonlarda maxsus qabulxonalar, ya’ni “shohlar koshonasi” ham boʻlgan. Qabulxonaning devorlari va supalari turli tasvirlar bilan bezalgan. Shuningdek, bu qal'ada yozuv namunalari ham topilgan. Xorazmda dehqonchilik va hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan. Shaharlar muhim savdo yoʻllarida joylashgan.


Download 23,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish