LEKSIKOGRAFIYA
Tilshunoslikning lug'at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug'at tuzish bilan shug'ullanuvchi sohasi leksikografiya (gr.lexikos —so'z, so'zga oid va grapho — yozaman) yoki lug'atchilik deyiladi. Maqsad va vazifalariga ko'ra leksikografiya ikkiga bo'linadi;
a) ilmiy leksikografiya lug'atchilikning nazariy masalalari bilan shug'ullansa;
b) amaliy leksikografiya bevosita lug 'at tuzish ishlari bilan mashg'ul bo'ladi.
Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular quyidagilarda ko'zga tashlanadi:
1) ona tilini va boshqa tillarni o'rgatishga xizmat qiladi;
2) ona tilini tasvirlash va me'yorlashtirish vazifasini o'taydi;
3) tillararo munosabatlarni ta'minlaydi;
4) til leksikasini ilmiy tekshiradi va talqin qiladi;
Lug'atlar, awalo, maqsadi va mo'ljaliga ko'ra ikkiga bo'linadi:
1) umumiy lug'atlar;
2) maxsus lug'atlar.
Umumiy lug'atlar keng o'quvchilar ommasiga, maxsus lug'atlar esa tor doiradagi kishilar — alohida soha mutaxassislariga mo'ljallangan bo'ladi.
Har ikkala tur lug'atlar ham o'z o'rnida yana ikkiga bo'linadi:
1) ensiklopedik lug'atlar;
2) filologik lug'atlar.
Demak, lug'atlarni umumiy ensiklopedik lug'atlar va maxsus enseklopedik lug'atlar, umumiy filologik lug'atlar va maxsus filologik lug'atlarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq va o'ng'aydir.
Umumiy ensiklopedik lug'atlar (UEL). Ma'lumki, UEL alfavit tartibida bo'lib, ularda so'zlar emas, balki shu so'zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo'lgan narsalar, tarixiy voqealar, tabiiy va
ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma'lumot beriladi va lug'at maqolalari lug'atdagi tavsif lug'at maqolasi deyiladi lug 'at yozilgan tilni tushunuvchi keng о' quvchilar ommasiga mo 'ljallangan bo 'ladi. «О 'zbekiston milliy enseklopediyasi» ana shunday lug'atlardan biridir. Unda shunday deyiladi: O'zME (O'zbekiston Milliy enseklopediyasi) universal enseklopediya bo'lganligi uchun fan —texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma'lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir. Prezident I.Karimov О'zME ga yozgan so'zboshisida u haqda «Enseklopediyamiz o'zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro'— e'tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o'rin olishiga ishonchim komil» deb, uning funksiyasini alohida ta'kidladi.
Maxsus enseklopedik lug'atlar (MEL). Fan —texnika, san'at va madaniyatning ma'lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo'ljallab tavsiflaydi. Bunday lug'atlar sifatida soha ensiklopedik lug'atlari — «Meditsina ensiklopediyasi», «Fizicheskiy ensiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar» kabilarni misol qilib keltirish mumkin. UELlardan farqli ravishda MELlar tor sohaga doir tushunchalarni keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tiiida yaratilgan «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar»da shunday deyiladi; «Bu lug'at turli ixtisosliklardagi filolog — tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo'lgan sohalar — psixologlar, mantiqshunoslar, filosoflar, etnograf va adabiyotshunoslarga mo'ljallangan». Quyida «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar»dan namuna keltiramiz (Bunday lug'at o'zbek tiiida yaratilmagani uchun olingan maqolaning tarjimasini beramiz).
«AKKOMODATSIYA (lat Accomodatio - moslashish)
tovushlarning kombinator o'zgarishlaridan biri: qo'shni undosh va unlilarning qisman moslashuvi. Akkomodatsiya shunday hodisaki, keyingi tovushning ekskursiyasi (artikulatsiyasining boshlanishi) t)ldingi tovushning rekursiya (artikulatsiyasining tugashiga) moslashadi (progressiya akkomadatsiya) yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi. Ayrim tillarda unlining undoshga moslashishi xosdir, masalan, rus tiiida ar oF u unlilari yumshoq undoshlardan keyin til oldi unlilariga aylanadi (ularning artikulatsiyasi ekskursiyaga intilgan). Qiyoslang: «mat» — «myat»F «mol» — «myol», «luk» — «lyuk». Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodatsiyasi kuzatiladif masalan, fors tiiida til oldi unlisidan oldiri kelgan undosh tanglaylashadi». (22 —bet)
Ko'rinadiki, maxsus ensiklopedik lug'at soha mutaxassislari uchungina zarur bo'lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi.
Umumiy filologik lug'atlar barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga moijaliangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug'atlardir. «O'zbek tilining izohli lug'ati» (O'TIL) «Ruscha-o'zbekcha lug'at» (RO'L) ana shunday lug'atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O'TIL da shunday deyiladi: «Lug'at keng o'quvchilar ommasiga — tilshunoslar, o'rta va oliy maktab o'quvchilari va o'qituvchilari, yozuvchilarr jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o'zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljaliangan.» (1 — torn, 5 —bet) Izohli lug'at so'zning ma'nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so'zni shu ma'nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar:
BAOIRLAMOQ Baqir —buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdif baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, qopqoqlab qo'ydi. R.Fayziy El mehri.
Yoz 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi — yoz bo'ldi. Dangasaning ishi bitmasr yoz kelsa ham qishi bitmas.
2 ko'chma Umrning eng gullagan yaxshi davri. Yozim o'tdi, chiroyingizga to'q bu quvnoq ko'ngil. G'ayratiy.
Ko'ngli yoz bo'ldi Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko'ngli yoz bo'lib ketdi. O'.O'marbekov. Charos.
Umumiy izohli lug'atda lug'aviy birliklarning barcha — grammatik, uslubiy, frazeologik birliklar tarkibida qatnashishi, omonimik, qaysi tildan o'zlashganlik belgilari ko'rsatiladi.
O'zbek tilining bu tipdagi lug'ati birinchi marta 1981 yilda Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografik an'analarning davomi sifatida o'tgan asrning 50 — 80 — yillari mobaynida o'zbek tilshunosligida erishilgan va o'zbek leksikografiyasini tilshunoslikning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyatlari tufayli yuzaga kelgan» (1—torn, 5 —bet) «O'zbek tilining izohli Lug'ati» o'zbek xalqi tarixi va ma'naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo'ldi. «Lug'atning asosiy vazifasi o'zbek adabiy tilining so'z boyligini to'plash va tavsiflash bilan birga, uning me'yorlarini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratkir unda adabiy tilning imlo, talaffuz, so'z yasash va ishlatish me'yorlari tavsiya etildi» (1— torn, 5—bet).
Demak, o'zbek tilining ilk izohli lug'ati o'z oldiga qo'yilgan o'zbek adabiy tilining so'z boyligini to'plash va tavsiflash hamda uning me'yorlarini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining rivoji, o'rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy fanlarga qo'yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo'lgan tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keladi .
Leksemalarning lug'aviy ma'nosi talqinida lison va nutqni izchil farqlash talabi har bir so'zga xos barqaror lisoniy va o'tkinchi nutqiy jihatlarni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisalar- cheksizlik va rang — baranglik tabiatiga ega bo'lganligi bois leksikografik talqinlarning obyekti bo'la olmaydi. Lug'atlar so'zlarga xos barqaror jihatlarnigina qamrab olish imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil sistemaviy tadqiqotlar lug'atni tartiblashtirishda muhim tayanch omil bo'lib, leksikografm cheksiz nutqiy ma'nolarni tartibga keltirish, lug'atlarga kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos etadi. Bunda har bir voqeylangan nutqiy lug'aviy ma'noda qorishgan o'zga hodisalar tajallilarini e'tibordan soqit qilish, ushbu birlik (leksemaning)ning asl zotiga daxldor bo'lgan unsurni ajratish va tavsiflash leksikografik talqinda muhim ahamiyatga ega.
Ma'lumki, «O'zbek tilining izohli lug'ati»da [o'tmoq] fe'lining 31 ta leksikografik ma'nosi ajratilgan. Ma'nolardan ko'pchiligida bu so'z o'z asl zotiga (lisoniy sathdagi mohiyatiga) aloqador bo'lmagan, balki o'zi birikayotgan so'zlarga bog'liq turli — tuman ma'nolarni voqyelantiradi. Qiyoslang: O'TMOQ
1. Biror narsaning ichidan, ustidan yoki yonidan yurib, uchib, suzib narigi tomoniga yetmoq, ko'chmoq. Ko'prikdan o'tmoq. Tunneldan o'tmoq. Chegaradan o'tmoq...
4. Teshik, eshik kabi biror joyning bir tomonidan kirib narigi tomonidan chiqmoq. 1. Ip igna teshigidan o'tmadi. 2.Uyda xizmatchi ovqat qo'ygan ekan, san'atkorning tomog'idan hech narsa o'tmadi — ikki piyola choy ichdi, xolos.(A. Qahhor.)
5. Biror tomonga yo'nalmoq; yurib, suzib yoki uchib biror tomonga jo'namoq; biror tomonga qarab yurmoq. Bu daryodan har kuni uch marta paroxod o'tadi.
6. Tezroq yurib yoki yurgizib, boshqalardan oldin ketmoq; quvib yetib o'zmoq. Goh Afandi eshakdan, goh eshak Afandidan o'tib uyga yetdilar. («Latif alar ».)
Ko'rinadiki, lug'at ma'nolari tavsiflari, o'tish harakatining xarakteriga ko'ra emas, balki harakat ustida amalga oshayotgan predmetlarning xususiyatlariga ko'ra amalga oshirilgan va shu asosda [o'tmoq] fe'li nutqiy ma'nosidagi sintagmatik yondosh hodisalarning tajallilari o'z izlarini qoldirganligi e'tiborga olinmagan. Zero, Tunneldan o'tmoq (1-ma'no), Igna teshigidan o'tmoq (4 —ma'rio) misollaridagi (o'tmoq) fe'lining nutqiy ma'nolari o'z zotiy tabiati asosida emasr balki bu harakatning nimada amalga oshayotganligi (tunnel orqali o'tish, teshik orqali o'tish), bu harakatni nima amalga oshirayotganligi (kishir texnika yoki ip) va o'tish teshigining katta — kichikligi (tunnelning nisbatan uzun masofali ekanligi, igna teshigining kichikligi) asosida farqlanadi. Наг ikkala holatda ham harakat mohiyatida farq kuzatilmaydi. Demak, (o'tmoq) fe'lining 1 — , 4 —, 6— leksikografik ma'nolaridagi farq o'zga hodisalar (bu yerda birikuvchi so'zlar denotatlariSagi farqlar) tajallilari asosida bo'lib, bunday yondashuv asosida ushbu ma'nolarning sonini yanada davom ettirish mumkin:
Demak, lug'atda bir so'zning, deylik, 20 — 30 tagacha nutqiy ma'nolarini izohlash, uning empirizmga asoslanganligini ko'rsatsa, faqat sememalarga tayanish lug'atning sememik tahlil doirasidan tashqariga chiqa olmaganligidan dalolat beradi.
XX asrning 40 — 50— yillarida shakllangan va asr nihoyasida katta yutuqlarni qo'lga kiritgan o'zbek tilshunosligi, xususan, uning tarkibiy qismi bo'lgan o'zbek tili leksikografiyasi taraqqiyotiga jahon va rus tilshunosligining ta'siri katta bo'ldi. Rus tili leksikografiyasi an'analari milliy tillar lug'atchiligida ham rivojlantirilishi bilan birga, ular uchun namuna vazifasini ham o'tadi. Biroq bu namunaviylik va an'ana ko'p hollarda andozaviylikka aylanib bordi. Chunki milliy tilshunosliklar uchun metodologiya vazifasini milliy tillarning ichki ontologik qurilishi jihatidan rus tiliga yaqinligi, o'xshashligini asoslash ta'Jimoti o'tar edi. Bu metodologik tamoyillarga I.Stalinning «Marksizm va tilshunoslik masalalari» asarida asos solingan edi. Natijada 60 — 70 — yillarda sobiq sho'ro tuzumi hududidagi yuzdan ortiq millat va elatlarning yagona xalq — sovet xalqiga aylanayotganligi haqida tarixiy uydirmalar vujudga keldi. Barcha ijtimoiy —gumanitar fanlar bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining maqsadi ham mana shu soxta «haqiqabni asoslashga qaratilgan edi. Shu tarzda o'zbek tilshunosligida rus tili qurilishi andozasi o'rnashdi va fandagi bu holat hanuz mustahkam o'rnashib turibdi. Quyida o'zbek leksikografiyasining ulkan yutug'i sanalishiga haqli ikki tomli «O'zbek tilining izohli lug'ati»ni S.Ojegov tahriri ostidagi «Slovar russkogo yazo'ka»(qisq.SRYA) lug'ati bilan mazkur metodologiyaga munosabat nuqtai nazaridan qiyoslashga harakat qilamiz.
Avvalo, lug'atlarda aynan yoki nisbatan aynan tarjima maqolalar rnavjudligini ta'kidlash lozim. Quyida ulardan ayrim namunalar keltiriladi.
О TIL
|
SRYA
|
TIL 1 anat. Og'iz bo'shlig'ida joylashgan, ta'm — maza bilishr kishilarda esar bundan tashqari, nutq tovushlari hosil qilish uchun xizmat qiladigan a'zo. (II torn, 174-bet) AKSIZ (R |
|
Do'stlaringiz bilan baham: |