O'ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTINI
DAVRLASHTIRISH
Adabiy til umumxalq tilining ishlov berilgan, sayqallashtirilgan va ma'lum bir me'yorga solingan shaklidir. Demak, o'zbek adabiy tili sheva va lahjalar bir butunligidan iborat bo'lgan o'zbek milliy tilidan farqlanadi. O'zbek adabiy tili o'zbek millatiga tegishli bo'lganligi sababli milliy tilning tarkibiy qismi hisoblanadi va u bilan butun — qism munosabatida bo'ladi.
O'zbek adabiy tili uzoq davom etgan tadrijiy taraqqiyotga ega. O'zbek adabiy tilining tarixi beshta katta davrni o'z ichiga oladi:
I. Eng qadimgi turkiy til (V asrgacha).
II. Qadimgi turkiy adabiy til (V—X asrlar).
III. Eski turkiy^ adabiy til (XI-XIII asrlar).
IV.Eski o'zbek adabiy tili (XIV—XIX asrning 1 — yarmi).
V. Yangi o'zbek adabiy tili (XIX asrning 2 —yarmi).
VI.Hozirgi o'zbek adabiy tili(XX —asrdan boshlab hozirgacha).
I bosqich. Eng qadimgi turkiy tilni Markaziy Osiyo hududlarida yashagan eng qadimgi sak va massaget qabilalari tiliga xunn yuye — chji hamda boshqa turkiy qabila va urug'larning tili aralashuvidan hosil bo'lgan til tashkil etgan. Bizgacha bu tilda yaratilgan birorta yozma manba yetib kelmagan. Biroq arxeologiya, etnografiya fanlari mazkur tipdagi til mavjud bo'lganligi haqida guvohlik beYadi.
II bosqich. Qadimgi turkiy adabiy til Turk hoqonligi barpo bo'lgandan to Qoraxoniylar davrigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda run (O'rxun —Enasoy), uyg'ur, so'g'd, manixey, braxma yozuvlarida bitilgan yodgorliklar bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar toshlarga, terilarga, yog'ochlarga bitilgan. Yodgorliklarning eng mashhurlari turk hoqonlari va sarkardalari Kultegin, Tunyuquq, Bilga hoqon sha'niga qo'yilgan tosh yozmalardir. Yodgorliklar O'rxun daryosi bo'ylaridan (Mo'g'uliston) topilgani uchun O'rxun yodnomalari yoki turk, run, dulbarjin yozuvlari deb ham yuritiladi. Yodnomalar XIX asrning ikkinchi, yarmida topilgan. Ularni V.Tomsen o'qishga, birinchi marta V.Radlov tarjima qilishga muvaffaq bo'ldi. Bunga o'xshash yodnomalar keyinchalik Enasoy daryosi bo'ylaridan, Talas vodiysidan ham ko'plab topilgan. Qadimgi turkiy til o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
l. Bu til fonetik jihatdan d —lovchi til hisoblanadi, ya'ni bugungi y( z tovushlari o'rnida d tovushi ishlatilgan: adoq (oyoq), ado'g' (ayiq), edgu (ezgu) kabi.
2. Morfologik jihatdan ham o'ziga xos belgilarga ega bo'lgan. Masalan: tushum kelishigi — g'/-g qo'shimchasiga, jo'nalish kelishigi Uyg'urg'aru (uyg'urga)1 kabi.
Sifatdagi va ravishdagi shakllarning o 'ziga xos ko 'rsatkichlari ishlatilgan: oltachi (o'lajak), udimato' (uxlamay). Shart niayii — sar shaklida bo'lgan; borsar (borsa). (Bular haqida «Qadimgi turkiy til» kursi bo'yicha darslik va qo'llanmalardan batafsil ma'lumot olasiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |