O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi



Download 1,67 Mb.
bet4/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

V bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nafaqat nasriy asarlar, balki nazmiy asarlar ham jonli xalq tiliga ancha yaqinlashdi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi shoirlarning asarlari shular jumlasidandir. Baribir unda arabiy, forsiy unsurlar keragidan ortiq edi.
VI bosqich. Hozirgi o'zbek adabiy tili mustaqil o'zbek millatining milliy adabiy tilidir.
Ma'lumki, til ijtimoiy hodisa bo'lganligi sababli undagi o'zgarishlar ijtimoiy o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liqdir. Shu ma'noda o'zbek tilining XX asrdagi taraqqiyoti juda katta tarixiy evrilishlar jarayonida yuz berdi.
XX asrning boshlarida gazeta, jurnallarning tili panturkizm g'oyalari ta'siriga haddan tashqari berilish natijasida juda chalkash bir ahvolda edi. Ularda iste'moldagi arab, fors so'zlari turk ozarbayjon, qadimiy turkiy so'zlar bilan almashtirilgan va baribir, omma tilidan uzoqlashgan edi. Ba'zi bir oqimlar tilni tozalash bayrog'ini baland ko'tarib, jonli tildan ancha yiroq bo'lgan eski o'zbek tili («chig'atoy tili») ni adabiy til sifatida qabul qilish fikrida bo'ldilar. Abdurauf Fitrat turk (o'zbek) tilining ayanchli ahvoli haqida «dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxttizi yana xo'l turkchadir» degan xulosaga kelgan edi. U buning sabablari xususida to'xtalib: «TurkJarning baxtsizligi arab bosqini bilan bog'lanmishdir.
Dunyoning eng boy tili bo'lg'on turkchamiz yolg'uz arabcha yumruqlar bilan emas, forsiycha tepkilar bilan dag'i ezilmishdir». — deydi kuyunib.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan so'ng bu yerdagi millatlar ustida ham ulug'davlatchilik va ulug'millatchilik mafkurasi o'rnatila boshladi. Kuchli mafkuraviy tazyiqlar natijasida hukmron tilga nisbatan ijobiy munosabat ham paydo bo'la boshladi. Jonli nutqda, hatto she'riy asarlarda ham ruscha so'zlarni ishlatish hollari kuzatila boshladi. Buni Muqimiy, Zavqiy she'rlaridagi durak, chert, vot, poshyol so'zlari isbotlaydi.
1917 yilgi Oktabr to'ntarishidan so'ng nafaqat ruscha, balki sovetizm deb ataluvchi so'zlar ham tilimizda hisobsiz darajada ko'payib bordi. U mavjud so'zlarimizni ham siqib chiqara boshladi.' Masalan, pioner (kashshof), propaganda (targ'ibot), agitatsiya (tashviqot), yedinitsa (birlik), grajdan (fuqaro), problema (muammo), poeziya (she'riyat) kabi.
Rus tili hukmronligi kuchayishi natijasida boshqa milliy tillar " o'zbek tili ham o'zbek millatiga mansub kishilarning o'zaro suhbat tiliga aylanib, rasmiy doiralardan siqib chiqarila boshladi. Rus tilida gaplashishlariga qarab kishilarni «madaniyatli» va qoloq kishilarga ajratish urf bo'ldi. Yig'inlar rus tilida olib borilar, barcha rasmiy hujjatlar va ish qog'ozlari rus tilida yuritilar edi. Oliy o'quv yurtlardagi asosiy tashkilotlar rus tilida o'tilar edi.
Umuman olganda, o'tgan asrning 80 — yillariga kelib, O'zbekistonda ham rus tili mutlaq hukmronlikni qo'lga oldi va o'zbek tilining vazifa doirasi keskin toraydi. Mamlakatdagi bu kabi boshqa ijtimoiy jarayonlar kuchayishi sobiq SSSR hududida milliy istiqlol harakatiga turtki bo'ldi. Milliy respublikalar milliy mustaqillik, milliy tillarga davlat tili maqomini berish talablari bilan chiqdilar. Bu jarayon O'zbekistonda ham kuchli portlashlar asosida vujudga keldi. Natijada 1989 yil 21 oktabrda o'zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi unga torn ma'noda mustaqillik baxsh etdi. U tobelik kishanlaridan butkul xalos bo'lib, mustaqil rivojlana boshladi. 1991 yilda O'zbekistonning alohida davlat sifatida istiqlolga erishuvi o'zbek tili davlat tili maqomining abadiyligini kafolatladi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish