HOSILA LUG'AVIY MA'NOLARNING LISONIYLASHUVI
Bugungi kunda tilda lison va nutqning izchil farqlanayotganligi, shuningdek, o'zbek tilshunosligida lisoniy qiymat tushunchasining olib kirilayotganligi ko'p ma'noli so'zlar hosila ma'nolarming va nutqqa munosabatini belgilashni zarur qilib qo'yadi.
Avvalo «ma'no ko'chishi» atamasi munozarali ekanligiga diqqatni qaratmoqchimiz. [ko'chmoq] fe'li umumiste'mol qo'llanishda biror narsaning bir nuqtadan ikkinchi bir nuqtaga o'tishi ma'nosida tushuniladi va bunda narsaning tubdan o'zgarishi va yangi narsa vujudga kelishi nazarda tutilmaydi. Biroq mazkur so'z tilshunoslikda hosila ma'no vujudga kelishi, yangi ma'no hosil bo'lishi ma'nosida qo'llanadi va umumiste'mol qo'llanishdagi fe'l bilan mutlaq omonimlik kasb etadi. Biroq bu so'zni ushbu o'rinda mutlaq omonim sifatida qo'llashga ijtimoiy zarurat yo'q bo'lganligi boisr buning sababi sifatida hodisaning noto'g'ri baholanayotganligi tushuniladi. Aslida ko'p ma'noli so'zlarda bir ma'noning ko'chishi emas, balki birinchisidan o'sib chiqqan turli ma'nolar kuzatiladi. Masalan, [qo'ltiq] leksemasining birinchi [«qo'lning yelka bilan tutashgan yerida hosil bo'lgan burchak, qo'l osti»] ma'nosining ikkinchi [«quruqlik ichiga suqilib kirgan suv»] ma'nosidan tarkibiga ko'ra jiddiy farqlanib turadi. Ximiyaviy birikmada bir element (atom) o'rnini boshqa xil element egallashi natijasida yangi modda vujudga kelganligi (masalan, N2O va N2 S) kabi leksema ma'no bo'lakchasining almashishi ham- yangi ma'no vujudga kelganligini dalillaydi. Yuqorida aytilgan birinchi ma'nodagi «odamning» ma'no bo'lakchasining o'rnini ikkinchi bir («dengizning») ma'no bo'lakchasining egallashi ham yangi nutqiy ma'no vujudga kelganligini ko'rsatadi. Demak, hodisani «ma'no ko'chishi» deb emas, «so'z yoki noraema ko'chishi», mahsulni esa «ko'chma ma'no» deb emas, balki «hosila ma'no» deb atash uning mohiyatini to'g'riroq aks ettiradi.
Hosila ma'nolarning lison va nutqqa munosabatini yoritishda F.de Sossyur davridan boshlab amal qilib kelinayotgan lisoniy birliklarni belgilashning tayyorlik, ijtimoiylik, majburiylik, barqarorlik kabi ijtimoiy — lisoniy omillarga tayanmoq lozim bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ma'nolarning lison va nutqqa munosabatini ochishda til birliklarining turlicha qo'llanishlarida namoyon bo 'luvchi lisoniy xususiyatlarni belgilaydigan ijtimoiy— psixologik omillarning ham ahamiyati katta. So'zning hosila ma'no bilan jamiyat a'zolari uchun umumiylik va majburiylik xossasiga ega bo'lishini bir necha bosqichda kuzatish mumkin va bu bevosita uning paradigmatik — sintagmatik munosabatlarida namoyon bo'ladi. Nutqda shunday so'zlar kuzatiladiki, ular bilan bir vaqtning o'zida birdan ortiq denotat ifodalanadi va ma'nolardan qaysi biri bosh yoki hosila ma'no ekanligini anglash mushkul bo'lib qoladi. Misol sifatida [olma] leksemasining ikkita [«daraxt», «meva»), [til] so'zining ikkita [«a'zo», «aloqa vositasi»] tna'nosini ko'rsatishining o'zi yetarli. Tilshunoslikda ba'zan ular ko'chma ma'no, ba'zan har ikkalasi ham nominativ ma'no sifatida bahoianadi. Shunday bo'lsa —da, hosila ma'nolar asosidagi denotatlarning o'z xususiy atamalariga ega emasligi, shuningdek, so'zning shu ma'nolar asosida lisoniy tizimdan o'ziga xos o'rin egallashlari ulaming sof lisoniy hodisa sifatida qaralishiga asos bo'ladi.
Ikkinchi tur ma'nolarning hosilaligi ayon bo'lsa — da, ular denotatlarning xususiy nomemalariga ega emasligi va shu bois qo'llanishda majburiylik xossasiga ega bo'lishdek ijtimoiy omil ma'noga barqarorlik baxsh etadi. So'z shu ma'nosi bilan lisoniy tizimda maxsus o'ringa ega bo'ladi. Masalan, [qanot] leksemasining «samolyotning yerdan ko'tarilish va uchish moslamasi» ma'nosi «qush va hasharotlarning uchish a'zosi» bosh ma'nosidan o'sib chiqqan hosila ma'no bo'lib, bu ma'no ham o'zida lisoniylik belgisini tashiydi va hosila seraema sifatida lisoniy tizimdan joy olgan. Ko'rinadiki, bu tipdagi ma'nolar lisoniylashganligi bilan yuqorida zikr etilgan ma'nolar sirasiga kirishga loyiq bo'lsa —dat hosilaviylik xossasiga ega ekanligi ulami Ыт pog'ona quyida tutib turadi.
Uchinchi tip hosila ma'nolar sof lisoniy mohiyat kasb etgan ma'nolar bilan qo'llamlishi nutq sharoitiga bevosita bog'liq bo'lgan hamda maxsus sintagmatik qurshovlarda namoyon bo'luvchi sof nutqiy ma'nolar orasidagi vaziyatni egallaydi va ularni shartli ravishda lisoniylashmagan hosila ma'nolar sifatida berish ma'qul. [ish] leksemasining «mehnat, yumush» ma'nosi bosh ma'no bo'lsa, «lavozim, xizmat» ma'nosi lisoniylashayotgan ma'no sifatida qaralishi mumkin.
Sof nutqiy hosila ma'nolarning lisonga intilishini ochish ham qator ijtimoiy — lisoniy omillarga tayanadi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda, hosila ma'nolarning lison va nutqqa munosabati jihatidan quyidagi tasnifini berish mumkin;
l)lisoniylashgan va hosilaviyligmi yo'qotgan ma'no;
2)lisoniylashgan hosila ma'no;
3)lisoniylashayotgan hosila ma'no;
4)nutqiy hosila ma'no.
So'zlaming umumiy lisoniy qiymauni tiklash bilan birgalikda ulaming leksikografik tavsifini berish va zamonaviy izohli lug'atlar yaratishda ham ko'p ma'nolilikrdng lison va nutqqa munosabatini aniq va qat'iy belgilab olish muhim ilmiy— metodologik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |