SEMEMANING NUTQQA XOSLANISHI
Semema nutqda uni ushbu qo'llanishga xoslovchi turli vositaiar ta'siriga berilgan va juz'iylashgan holda «ko'rinish» beradi. Sememaning nutqiy ko'rinishida uni nutqqa xoslagan nolug'aviy vositalarning ta'sir darajasi turlicha bo'ladi.
Sememaning nolug'aviy tajallilar ta'siridagi o'zgarishga uchrashi natijasida vujudga keladigan sifat o'zgarishlari ham unga ta'sir qiluvchi omillari darajasiga ko'ra turlicha bo'ladi.
Semema so'z yasash qoliplari asosida nutqiy yasama so'zlar ma'nosi sifatida namoyon bo'lar ekan, bunda bu nutqiy ma'noning tarkibida sema ko'rinishi maqomini oladi. Masalan, [[fe'l] + [uvchi] = (fe'l anglatgan harakatning bajaruvchisini anglatuvchi shaxs oti] lisoniy so'z yasash qolipi hosilalarida (ichuvchi, kesuvchi, yozuvchi, xohlovchi va b.) bu so'zlarning asosida yotgan ich, kes, yoz, xohla leksemalarining sememalari yasama so'zlarda anglashilgan nutqiy ma'noning bo'lakchasi sifatida yuzaga chiqadi. Deylik, ichmoq leksemasining sememasi «biror suyuqlikni iste'mol qilmoq» bo'lib, u ichuvchi nutqiy hosilasida «ichish bilan shug'ullanuvchi kishi» nutqiy ma'nosining ichish uzvida mujassamlashgandir. Bunda ma'lum bir butunlikning «kichrayib», nutqiy bir butunlikning tarkibiy qismiga aylanganini ko'ramiz. Bu esa sememada sifat o'zgarishi yuz berganligini ko'rsatadi. Demak, nutqiy yasama so'zlarda lisoniy butunlikning nutqiy qismga aylanishi hodisasi yuz beradi. Buni shartli ravishda «sememaning nutqiy ma'no bo'lakchasiga aylanishi» deb ataymiz.
Sememaning mazkur hodisadan quyiroq darajada o'zgarishi uslubiy omillar va ayrim lug'aviy—sintaktik shakl hosil qiluvchilarning ta'siri natijasida yuz beradi.
Leksema ko'chma ma'noda qo'Uanar ekan, uning sememasi tarkibidagi atash semalari so'nib, nutqiy voqelikka mos ravishda ifoda va vazifa semalari kuchayadi. Masalan, oltin yoshlik birikuvida voqelangan oltin leksemasining «sariq tusli qimmatbaho noyob metallni ifodalovchi ot» sememasidagi «sariq tusli», «metall», «ot» semalari butkul so'ngan bo'lib, «kamyob», «qimmatbaho» semalari kuchaygan va «ot» vazifa semasi «sifat» ma'no bo'lakchasigaaylangan holda namoyon bo'lgan. Biroq bundagi vazifa semasining o'zgarishi nutqiy hodisa bo'lganligi sababli u sememaning ikkinchi turkumga ham xosligini ko'rsatmaydi, balki boshqa turkumga xos vazifasini bajarishi deb tushunmoq lozim. Demak, leksemaning ko'chma ma'noda qo'llanilishidagi ma'noviy modifikatsiyasini «sememaning semalarining o'zgarishi» deb baholash mumkin.
Semema vazifa semasining o'zgarib voqelanishini fe'l leksemaning sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllarini olib qo'llanishida yaqqol kuzatish mumkin. Masalan, ravishdosh shakilarini olgan fe'l leksema sema asosida fe'lning ma'nosi kuchsizlanib ravishga xos belgi kuchayadi. Oiyoslang: U shoshildi — U shoshilib gapirdi.
Ayrim lug'aviy shakl hosil qiluvchiiar fe'lning atash semalarini modifikatsiya qiladi. Masalan, kitob leksemasi sememasidagi belgilanmagan miqdor semasi nutqda voqelangan kitoblar so'z shaklida, [son+ot] qolipli sintaktik qurilmalarda muayyanlashadi. Bu esa uni shartli ravishda «sxememaning atash semalari o'zgarishi» deb talqin qilish imkonini beradi.
Aytilganlar asosida sememaning nutqiy xoslanishini quyidagi tiplarga bo'lish mumkin:
1.Sememaning so'z ma'no bo'lakchasi sifatida voqelanishi.
2.Sememaning atash semalari so'nishi natijasida vazifa semalari kuchayishi va ifoda semalari o'zgarishi sifatida voqelanishi.
3.Sememaning atash semalari o'zgarib voqelanishi.
Sememani nutqqa xoslovchi vositalarning quyidagi turlarini
ajratish mumkin:
1.So'z yasovchi vositalar.
2.Morfologik vositalar.
3.Sintaktik vositalar.
Bu vositalarning semema voqelanishiga ta'sirini birma — bir ko'rib o'tishga harakat qilamiz.
Sememani nutqqa xoslovchi so'z yasovchi vositalar. Tizimiy yondashuvda lison va nutq izchil farqlanar ekan, shunga muvofiq, so'z yasalishida ham, lisoniy va nutqiy so'z yasash ajratiladi.
Demakr leksema yasash (yasama so'zlarning lisoniylashuvi) natijasida yangi semema (yoki sememalar) vujudga keladi.
So'z yasash vositalari. Leksema so'z yasash qoliplari vositasida nutqiy yasama so'zlarni vujudga keltiradi. Nutqiy yasama so'zlarga ham, boshqa nutqiy birliklar belgilari xosdir.
Yasama so'zlarda uch tur lisoniy birlikning voqyelanishi kuzatiladi:
a)asos leksema;
b)yasovchi morfema (yoki leksema);
v) so'z yasash qolipi.
Nutqiy yasama so'zlar deyilganda, so'z yasash qoliplari asosida ma'lum bir nutq jarayonida vujudga keltirilgan va ushbu nutq jarayonidagina mayjud bo'lgan hosilalar anglashiladi. Nutqiy yasama so'zlar ijtimoiy shartlanmaganligi bilan xarakterlanadi.
Masalan, [aniq ot+ot anglanmish bilan shug'ullanadigan, aloqador shaxs] qolipi asosida vujudga kelgan uchta bo'zchi hosilasi mavjud:
a)bo'z to'quvchi shaxs;
b)bo'z sotuvchi shaxs;
v)bo'z xarid qiluvchi shaxs.
Bu ma'nolardagi birinchisiga ega bo'lgan birlik lisoniy tabiatli bo'lib, ijtimoiy shartlanganlik xossasiga ega.
Qolgan ikki ma'no sof nutqiy hosilalar hisoblanadi. Biroq lisoniy birlik sanalmish bo'zchi leksemasining va zikr etilgan qolipning nutqiy hosilalari asosida semik bog'lanish mayjud bo'lib, biroq ular leksemaning turli ko'rinishlari sanalmaydi. Ulardagi umumiylik, bog'lovchi semalardan tashqari, so'z yasash qolipi hamdir.
«Bo'z sotuvchi shaxs» ma'nosidagi bo'zchi so'zida bo'z leksemasi sememasi boshqa umumiylik ( — chi morfemasi va qolip)lar zarralari bilan birgalikda mazkur nutqiy ma'no (butunlik) uchun bo'lak sifatida namoyon bo'lgan. Bo'zchi so'zining ma'nosi «bo'z sotuvchi shaxs» ma'no bo'lakchalaridan iborat bo'lib, bunda «shaxs» ma'no bo'lakchasi qolip va undagi —chi morfemasi umumiylik za*rrasidir.
Xo'sh, mazkur «nutqiy» hosilada «bo'z sotuvchi», «shaxs» rna'no bo'lakchalari mayjud ekan, bunda ushbu hosilaning asli zoti nima hisoblanadi? Boshqacha aytganda, ushbu holatda zotiy va o'zga hodisalar tajallilari qanday farqlanadi? To'g'ri, bo'zchi hosilasida bo'z leksemasining «kichraygan» voqelanishi mavjud, biroq bu hosilaning asl zoti so'z yasash qolipidir. Chunki suvchi, ishchi kabi hosilalar bo'zchi hosilasi bilan birgalikda shaxs otlari qatorini hosil qiladi va «shaxs oti» vazifa ma'no bo'lakchasi mazkur hosilalarni birlashtiruvchi omil bo'lib, bu ularning zamiridagi so'z yasash qolipining mohiyatiga tegishlidir.
Sememalarning nutqda «kichraygan» holda namoyon bo'lishi yoxud (lisoniy sathda) sememalarning semalarga aylanishi qo'shma, juft leksemalarda yoki so'zlarda yanada yorqinroq ko'rinishga ega bo'ladi.
Qo'shma leksemalar tarixan ikki va undan ortiq o'zak (lug'aviy morfema) laming shakliy va mazmuniy butunlikka aylanishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, belbog', tezoqar, belkurak leksemalari. Bundagi, deylik, belbog' leksemasi sememasini quyidagicha tavsiflash mumkin: «belni bog'lash uchun ishlatiladigan mato», Demak, semema «bel», «bog'lash», «mato» semalaridan tashkil topgan. Sememadagi «bel» semasi bel leksemasi sememasining toraygan «semalashgan» ko'rinishidir.
Juft leksemalarda ham bu holatni kuzatish mumkin. Masalan, ota — ona leksemasi sememasi tarkibida ota va ona leksemalari sememalari semalar sifatida ishtirok etgan.
Nutqiy qo'shma va juft so'zlarda ushbu butunlikka asos bo'lgan leksemalarning sememalari nutqiy ma'no bo'lakchalari sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, kitob — daftar juft so'zidagi «kitob - daftar va unga yaqin o'quv qurollari» deb tavsiflanuvchi ma'noviy tabiati tarkibidan kitob va daftar ieksemalari sememalari nutqiy ma'no bo'lakchasi sifatida yuzaga chiqqan.
Demak, barcha yasama leksemalarda yasalishga asos leksema sememasi sema darajasiga tushgan holda, nutqiy yasama so'zlarda esa nutqiy ma'no bo'lakchasi sifatida yuzaga chiqadi.
Sememani nutqqa xoslovchi morfologik omillar. Morfologik omillar asosida semernaning nutqqa xoslanishi ma'lum bir so'z turkumlari doirasida kechadi.
Boshqacha aytganda, tasniflovchi lug'aviy shakilarga ega bo'lgan so'z turkumlari doirasida sememaning — u yoki bu omil asosida nutqqa xoslanishi kuzatiladi. Bu vositalar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Otlarda: ko'plik, kichraytirish.
Sifatda: daraja.
Fe'llarda: nisbat, o'zgalovchi, harakat tarzi shakllari.
Ko'plik son shakli ot turkumiga mansub leksemalarning sememasi tarkibidagi belgilanmagan miqdor semasini muayyanlashtiradi va sememaning nutqiy ko'rinishida miqdor ma'nosini namoyon qiladi: Alisher haligi kishiga o'z she'rlarini ko'chirishga berdi. («Allomalar ibratidan»). Bu shakl ayrim otlarga qo'shilib, hurmat ma'nosini namoyon qiladi, sememada belgilanmagan hurmat ma'nosi uning nutqiy ko'rinishida voqelanadi. Ma'lum bo'ladiki, ko'plik shakli miqdor ma'nosini voqelantirganda, ot leksema sememasidagi atash semasiga ta'sir qiladi. Hurmat ma'nosini voqelantirganda esa, sememani uning ifoda semasini modifikatsiya qilish asosida nutqqa kiritadi.
Semema ifoda semasini modifikatsiya qilish asosida leksemani nutqqa kiritishlar lug'aviy shakl hosil qiluvchisining ko'paytirish ma'nosiga ega bo'lganda kuzatiladi: Tillarim yechilib ketdi. Ko'ngillarim ozib ketdi. Uyqularim qochib ketdi.
Ко'plik son shakli ayrim atoqli otlarga qo' shilib, birgalik ma'nosini ifodalaganda (Toshkentlarni ko'rib keldim), sememaning atash semalaridan birini kengaytirgan holda voqelantiradi. O'xshatish ma'nosi ifodalanganda esa (Farhodlar keldi kanal qazmoqqa) sememaning ifoda semasi o'zgarishga uchragan holda voqeianadi.
Kichraytirish — erkalash shakllari sememaning goh atash, goh ■ ifoda semalariga ta'sir qiladi.
Erkalash shakllari shaxs otlariga qo'shilib, erkalash, suyish kabi ijobiy munosabatni bildirar ekan, bunda semema tarkibidagi ifoda semalariga ta'sir etilganligi kuzatiladi: Akajonim do'ppim qoqib silar edi boshimni, Opajonim dasturxonga keltirardi oshimni gapida aka va opa leksemalari sememalari tarkibidagi «betaraf» munosabat semasi «ijobiy munosabat» tarzida nutqiy reallashgan.
Shuningdek, ushbu matnda mazkur leksemalar semantik tarkibidagi «uslubiy belgilanmaganlik» ifoda semasi «so'zlashuv : nutqiga xos» tarzida muayyanlashgan.
Kichraytirish shakli — cha leksema sememasining atash, ba'zan ham atash, ham ifoda semalarini modifikatsiya qiladi. Masalan, uycha, o'rdakcha, tayoqcha, qushcha, stulcha kabi so'zlarda leksema semantik ta'sirga uchragan bo'lsa, («hajman belgilanmaganlik» — «hajman kichiklik»), qizcha, o'g'ilcha, odamcha so'zlarida ham ifoda, ham atash semalari modifikatsiyasi kuzatiladi.
So'zlarning barchasida atash ma'no bo'lakchalarida hajm unsuri muayyanlashgan bo'lib, atash semasi o'zgargan holda voqelangan. Shuningdek, so'zlardagi ifoda semalari ham muayyanlashgan bo'lib, : bu qizcha, o'g'ilcha so'zlarida «betaraf munosabat» («ijobiy munosabat» tarzida bo'lsa, odamcha so'zida «betaraf munosabat» («salbiy munosabat» tarzida yuzaga chiqqan.
Kichraytirish shakli nafaqat leksema voqelanishida semalarni modifikatsiya qiladi, balki polisemantik leksemalarning har xil sememalarini farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, odam leksemasining ikki - «ongli tirik mavjudot» va «erkak jinsidagi kishi» semamalaridan qaysi biri voqelanayotganligini aniqlash vositasi ham bo'lib xizmat qiladi. Qiyoslang: odam = («ongli tirik mavjudot», «erkak jinsidagi kishi»), (odamcha) — «kichik jussali erkak kishi».
Demak, kichraytirish - erkalash lug'aviy shakl hosil qiluvchilari sememalaming nutqiy voqelanishida ba'zan atash, ba'zan ifoda, ba'zan esa ham atash, ham vazifa semalarini nutqiy muayyanlashtirish vositasi bo 'lib xizmat qiladi. Shuningdek, sememalami farqlab voqelantirishda ham ulaming o'ziga xos о'mi bor.
Sifat turkumida daraja ifodalovchi lug'aviy shakl hosil qiluvchilar sifat leksemalar sememalarini nutqqa moslashtiruvchi asosiy morfol6gik omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |