Qo'llanilish davriga ko'ra chegaralangan leksika
Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlar timing barcha sohalarida u yoki bu darajada o'zgarishlar bo'lishiga olib keladi. Bunday o'zgarish tilning leksik sathida ancha sezilarli kechadi.
Bunda to'rt holat kuzatiladi. Birinchidan, ayrim so'zlarning eskiribr iste'moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, allaqachonlar iste'moldan chiqib ketgan so'zlar qayta «jonlanadi», «tiriladi», uchinchidan, yangi —yangi so'zlar paydo bo'ladi, to'rtinchidan, nofaol so'zlar faollashadi, iste'mol doirasi kengayadi, ma'noviy tabiatida o'zgarishlar yuz beradi. Bu hpdisalarning barchasi ma'lum bir obyektiv sabablar asosida ro'y beradi.
Hozirgi adabiy tildagi eskirgan so'zlar eski leksika, yangi so'zlarning jami yangi leksika, na eskirgan, na yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar neytral leksika deb yuritiladi. Demak, o'zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtai nazaridan uchta asosiy qatlamga bo'lib o'rganish mumkin:
1.Neytral leksika. 2. Eskirgan leksika. 3. Yangi leksika.
Neytral leksika. Hozirgi o'zbek adabiy tili leksikasining asosini neytral leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste'mol leksika, qo'llanilishi chegaralanmagan leksika, faol leksika kabi atamalar bilan ham yuritiladi. Ammo bulardan neytral leksika atamasini ishlatish leksemalami tarixiylik omili asosida tasniflash nuqtai nazaridan to'g'riroqdir. Zero, na eskilik, na yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar faol yoki umumiste'mol bo'lmasligi mumkin. Masalan, sinus, kosinus, zarad kabi leksemalar neytral leksika tarkibiga kiradi. Biroq ular faol ham, umumiste'mol so'zlar ham emas. Demak, faol yoki nofaol, umumiste'mol yoki qo'llanishi chegaralangan bo'lishidan qat'i nazar, eskilik va yangilik bo'yog'iga ega bo'lmagan adabiy tilimizga mansub barcha leksemalar hozirgi o'zbek adabiy tilining neytral leksikasi deyiladi.
Eskirgan leksika. Eski qatlamga oid leksemalar o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra ikkiga bo'linadi:
1) tarixiy leksemalar;
2) arxaik leksemalar:
3) o'lik leksemalar;
Tarixiy leksemalar hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'llanuvchi o'tmishga oid, iste'moldan chiqib ketgan narsa — xodisalarni bildiruvchi leksemalardir. Masalan, sovut, qozi, qalqon, dubulg'a, amir, bek, qul, xon, vazir, kashkul kabi.
Tarixiy leksemalar bildiradigan narsa — hodisalar iste'moldan chiqib, o'tmish voqeligiga aylanganligi sababli, bu leksemalarning ko'pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo'lishi mumkin.
Tarixiy leksemalar hozirgi o'zbek adabiy tilida ham zarurat taqozasiga ko'ra qo'llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asarlar va darsliklarda, o'tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksemalar cheklanmagan darajada ishlatilishi mumkin. Misollar: l.Dehqonlarning so'nggi hisoblariga ko'ra, bug'doylari besh botmon chiqishi kerak edi (S.A) 2.Bir chekkada bizning chilimga o'xshagan, lekin nay o'rniga uzun rezinka o'matilgan bir balo (M.Ismoiliy). 3. U qishloqiarda faqat qiz cho'rilardan qirq nafar bo'lib, ularga egalaxi ko'p zulni qilar ekanlar (Ayniy). 4.Xo'jayin podshoga o'ipon to'laganda biz to'lamayrnizmi? (N.Safarov). 5. Said Abdullaxon to'ra ot ustida turgan holda o'zming ingichka ovozi bilan biyga savol qildi. (Mirmuhsin). 6 Choyxonada uzun bo'yli, uzun quloqli qalandar ko'zlarini yumib... Mashrabdan g'azallar o'qiydi. (O).
Ayrim polisemantik leksemalarning ba'zi ma'nolari tarixiylashib, boshqa ma'nosi umumiste'molda saqlanib qolishi mumkin. Masalan, millat leksemasining quyidagi gaplardagi ma'nolariga diqqat qiling: 1. Yoshlar, keksalar, qizlar, juvonlar orasida turli millat vakillari — qozoq, qirg'iz, arman va yahudiylar ham ko'rinar edilar (LTursun) 2. Millatingni ayt: Ibrohim Xalilulloh millati («Diniy rivoyatlar»dan). Birinchi gapda millat leksemasining «tarixan tashkil topgan madaniyati, till, xuquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi» sememasi voqyelangan bo'lib, leksema neytral leksika tarkibida ushbu sememasi bilan yashasa, ikkinchi gapda uning «biror ' dinga mansublik» tarixiy sememasi voqelanganligi kuzatiladi. Demak, ko'p sememali leksemalarning ayrim sememalari eskirib, boshqasi yashovchan bo'lishi mumkin.
Arxaizmlar o'z o'rnini boshqa leksemalarga bo'shatib bergan leksik birliklardir. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa — hodisalar boshqa leksemalar bilan atalib, awalgilari iste'moldan chiqib ketadi. Misollar: ulus (xalq)r lang (cho'loq), tilmoch (tarjimon), Arxaik leksemalar o'zlarining neural leksika tarkibidagi «o'rinbosaralarining «tarixiylik bo'yog'i» ifoda semasi bilan farqlanuvchi sinonimlaridir. Ular atash va vazifa semalari mushtarak birliklar hisoblanadi.
Tilda bo'ladigan o'zgarishlar uzoq davom etadigan tadrijiy jarayondir. Shu boisdan yangi leksemalar tilga birdan kirib kelmaganligi kabi leksemalarning tarixiylashuvi va arxaiklashuvi asta — sekinlik bilan yuz beradi. Shu boisdan tarixiylashish va arxaiklashish hodisasini ham darajalash mumkin.
Tarixiylashish yoki arxaiklashishning quyi darajasidagi leksemalar adabiy tilning bugungi bosqichida kam bo'lsa ham iste'molda bo'lsa, yuqori darajadagi eskirish natijasida leksema butkul iste'moldan chiqib ketadi. O'lik leksemalar ana shunday birliklardir. Tilimizning qadimgi davrida iste'molda bo'lib, bugun mutlaqo iste'moldan chiqib ketgan leksemalar o'sha davr yozma manbalarida va ularga doir tadqiqotlarda ilfniy dalil sifatida ishlatiladi. Budun (xalq), ardam (yutuq), o'klalim (maqtanaylik), o'miz (ko'krak), bilga (dono), emgak (mehnat), qag'an (hoqon), tabg'ach (etnonim) va bosbqa leksemalami o'lik lisoniy birliklar sifatida baholash mumkin. O'lik leksik birliklar bugungi kunda iste'molda bo'lgan muqobillari uchun sinonim bo'la olmaydi. Chunki ular bugungi o'zbek tili egalarining ijtimoiy ongida mavjud emas.
Yangi leksika. Tilda yangi paydo bo'lgan va yangilik bo'yog'i sezilib turgan leksemalardir. Ular ilmiy terminologiyada neologizmlar ham deb yuritiladi. Yangi leksemalar va yangi so'zlarni farqlash lozim. (Masalan, kitobchi, kompyutershunos, zakovatchi birliklari). Yangi leksika esa tilimizdan joy olgan yangi leksemalardan tarkib topadi. ->
Yangi leksikani ikkiga bo'lish mumkin:
a)sof yangi leksemalar tilimiz uchun aslida begona, lekin unga endigina kirib kelib o'rnashgan boshqa tilga xos leksik birliklardir. Misollar: lizing, audit, market, test, internet va h. Yangi leksemalar asosan, terminologik birliklardir.
Yangi leksemalar davr o'tishi bilan neytral leksika tarkibiga o'tib ketadi. Masalan, yaqin vaqtgacha neologizm sifatida qaralgan kosmos, televideniye leksemalari bugungi kunda yangilik bo'yog'ini yo'qotdi.
b)faollashgan leksemalar yangi leksikaning turlaridan bo'lib, ular iste'moldan chiqib ketgan va bugungi kunda qayta qo'llanila boshlagan birliklardir. Hokim, viloyat, tuman, oqsoqol, sardor kabi leksemalar shular jumlasidandir. Shuningdek, yangi ma'no kasb etgan birliklar ham yangi leksika tarkibida qaralishga haqli: savdogar, tadbirkor, ishbilarmon, biznes va h.
Faollashgan, tirilgan leksemalar sof yangi leksemalardan farqli o'laroq, o'z qatlamga oid ham, o'zlashma qatlamga oid ham bo'lishi mumkin. Tirilgan leksemalarning umumiste'mol leksemalari sirasiga o'tib ketishi juda tez yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |