O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


Lug'aviy mavzuiy maydon, lug'aviy mavzuiy to'da va



Download 1,67 Mb.
bet59/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

Lug'aviy mavzuiy maydon, lug'aviy mavzuiy to'da va
lug'aviy-ma'noviy guruh

VIII bosqich. Bu bosqichda leksemalarning ma'lum bir sp'z turkumi doirasida katta —kichik ma'noviy guruhlarga ajralishi ;yuz beradi. Bu mikrosistemalar "lug'aviy mavzuviy maydon (LMM) lug'aviy mavzuviy to'da (LMT) va lug'aviy ma'noviy guruh (LMG) lardir. Odatda, bu majmualar orasidagi farq katta — kichiklikdadir: Ya'ni:


L + L + L +........L-LMG
LMG +LMG + LMG +......LMG-LMT
LMT+LMT+LMT+.........LMT-LMM
Lug'aviy qatorlar va lug'aviy mikrosistemalar farqlanadi.
Lug'aviy qatorlar deganda teng qiymatli leksemalarning ma'nodoshlik, graduonimik qatorlari tushuniladi. Lug'aviy mikrosistemalar esa o'zaro gipo — giperonimik munosabatlar bilan bog'langan leksik to'plamlardir. Qurilish va so'zlararo munosabatlarga ko'ra bu majmualarning barchasi gipo —giperonimik munosabatlarga tayanadi. Bunda aniq qonuniyat amal qiladi — quyi bosqich majmuasidan yuqori bosqich majmuasiga faqat yetakchi so'z (lug'aviy majmua dominantasi) gina kiradi. Chunonchi, «shaxs» leksik maydoni shaxs dominantasi va uning odam, jin, malak kabi qurshov so'zlari (giponimlari)dan iborat bo'lgan LMGdir. Oolgan barcha so'zlar qurshov so'zlarining sinonimlari, graduonimlari yoki giponimlari mavqeyida bo'ladi.
VIII bosqichda aniq otlar mahluqot va narsa yetakchi leksemalari atrofida birlashadigan guruhlarni beradi. Ikki dominanta leksema— mahluqot va narsa o'zaro oppozitiv bo'ladi va ziddiyat belgisi «rivojlanish» bo'ladi. Bu mahluqot leksemasida barqaror, narsa leksemasida belgisiz bo'ladi. Chunki narsa leksemasi jonlini ham jonsizni ham ifodalaydi. Shuningdek, maxluqot leksemasi bugungi kunda jonzot jonivor leksemasiga tenglashgan.
IX bosqichida jonzot/jonivor leksemalari o'simlik leksemasi bilan ziddiyatda bo'ladi. Bu zidlanish ekvipolent bo'ladi. Chunki jonzot/jonivor harakatlanuvchanli, o'simlik esa turg'unlik belgisi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichdagi ikkinchisida oppozitsiya «nafas» (jon) belgisi asosida bo'lib, unda jonzot belgili o'simlik esa belgisiz mavqeda kelgan.
X bosqich. «Tirik mavjudot» ma'nosini ifodalagan jonzot leksemasi bu bosqichda odam va jonivor dominantali guruhlariga bo'linadL Bu ikki leksemaning zidlanishi ham ekvipolent tabiatlidir. Jonivor bu zidlanishda hayvonlarning barcha turlarini atovchi leksema sifatida chiqadi. Odam—jonivor leksemalarining ikkinchi sira oppozitsiyalari «aqllilik» asosidagi privativlikdir. Bunda odam leksemasi belgili, jonivor belgisiz a'zo holatida bo'ladi.
Jonivor leksemasi giperonim sifatida hayvonlarning turlarini atovchi hayvon, hashorat, gazanda, parranda, baliq kabi Ieksemalardan iborat giponimik qurshovni tashkil etadi. Bizning tahlilimiz ot leksemasiga qarab yo'nalganligi va u hayvon majmuasiga aloqador bo'lganligi bois XI bosqichda shu leksemaning giponimik qurshovlari tahliliga o'tamiz.
XI bosqich. Bu bosqichda hayvon tizimi «uy hayvonlari» va «yowoyi hayvonlar» guruhlariga ajraladi.
Bu bosqichda uy hayvonlari va yowoyi hayvonlar so'z birikmalari o'rnida qo'llanadigan teksemalar yo'q. Bu bo'shliq (lakuna) so'z birikmalari bilan to'ldiriladi. Bu bosqichda giponimik qurshov, aytib o'tilganidek, «xonaki - yowoyilik» belgisi asosidadir. Bu belgi mutanosib (proporsional) ziddiyat qurish uchun asos bo'ladi. Chunki bu belgi asosida o'simlik turlari ham farqlanadi*. Uy va yowoyi hayvonlarni atovchi leksemalar, o'zbek tilida, odatda, teng qiymatli oppozitsiya hosil qiladi. Qiyoslang: qulon-eshak, arxar-echki, silovsin — mushuk, qirg'ovul —tovuq va hokazo.
XII bosqich. «Uy hayvonlari» majmuasidan quyiroqda turuvchi va ot leksema bilan ataluvchi jonivorlarni o'z ichiga oluvchi to'plamni atovchi leksema chorva leksemasidir. Bu so'z mohiyatan xo'jalik faoliyati turi bilan bog'liq. Chorva giperonim bo'lib, uning giponimlari ulov, qoramol, qo'y, echki, parranda leksemalaridir.
XIII bosqich. Chorva giperonimi giponimlaridan biri ulovdir. Ulov leksemasi «ish hayvoni» belgisi ostida qoramol va mayda molga privativ ziddiyatli munosabatda bo'ladi. Bunda ulov belgili, qoramol va mayda mol bejgisiz mavqeyini egallaydi. Chunki, birinchidan, ayrim turdagi qoramol ish hayvoni sanaladi (chunonchi, ho'kiz), ikkinchidan, ulov leksemasi ba'zan umuman «ish hayvoni» ma'nosida qo'llanadi.
XIV va XV bosqichlar. Bu bosqichlaming ajratilishi leksik tizimning iyerarxik qurilishi uchun o'ta shartlidir. Chunki bu bosqichda ajratiladigan yilqi va uyur leksemalari otlar majmuasini ham, «ot podasi» turlarini ham atab keladi.
Uyur leksemasi tilimizda poda leksemasi bilan privativ munosabatdadir. Bunda ziddiyat belgisi «otlarga xoslik» bo'lib, bunda uyur belgili va poda belgisiz mavqeyi egallaydi.
XVI bosqich. Bu bosqichda tahlil ot leksemasiga yetadi.
Bu bosqichda ot leksemasi eshak, tuya, xachir leksemalari bilan ekvipolent ziddiyatli munosabatini namoyon qiladi. Bu bosqichda ot o'ziga xos alohida sinonimik va graduonimik qatorlarga ega. O'zbek tilida ot leksemasining sinonimik qatori ot, asp, markab va tanovar leksemalaridir. Bu sirada ot leksemasi asp, markab, tanovar leksemalari bilan privativ, asp, markab va tanovar leksemalari o'zaro ekvipolent ziddiyatli munosabatdadir.
ot leksemasining darajalanish qatori qulun — toy — g'unon — do'non —ot leksik qatoridir. Bu darajalanish «yoshga ko'ra» belgi asosidadir.
Ko'rinadiki, ot leksemasining sinonimlari va graduonimlari undan quyida alohida bosqich sifatida ajralib chiqa olmaydi. Chunki sinonimlarning hajmi bir xilligi ularning alohida bosqich sifatida ajralib chiqishiga yo'l qo'ymasa, graduonimlar ot leksemasidan ajralsa, darajali mohiyatini yo'qotishi uning mustaqil bosqich tashkil etishiga monelik qiladi. ^
XVII bosqich. ot leksemasi quyidagi 4 ta LMG bilan giponimik munosabatda bo'ladi:
a) otning jinsiga ko'ra turlarini ifodalovchi leksemalar;
b) otning asl turiga ko'ra zotlarini ifodalovchi leksemalar;
v) rang —tusiga ko'ra turlarini ifodalovchi leksemalar;
g) vazifasiga ko'ra turlarini ifodalovchi leksemalar.
Giponimlar qanday turni atashidan qat'i nazar, bir giponimga tobe bo'lganligi bois bir bosqichda joylashadi. Har bir giponim guruhi alohida bosqichni tashkil eta olmaydi.
Jinsiga ko'ra giponimik guruh. Bu guruh jins ma'nosi muayyan bo'lmagan ot leksemasi (giperonim) va jins ma'nosi aniq bo'lgan ayg'ir, baytal leksemalaridan iborat bo'lib, giperonim va giponimlar orasida privativ ziddiyat hukmron va ziddiyat belgisi «jinsi aniq emas» likdir.
Zotiga ko'ra giponimik guruh. Bunda ot leksemasi giperonimi belgisiz afzo sifatida arabi, bedov, qozoqi, muguli giponim — leksemalari * belgili a'zo sifatida privativ ziddiyat hosil qiladi. Giponimlar o'zaro ekvipolent ziddiyat asosida yashaydi.
Rang —tusa belgisini ifodalashiga ko'ra ot leksemasi saman, to'riq, chovkar, qorabayir, qashqa, jiyron kabi leksemalari bilan privativ ziddiyat hosil qiladi.
Vazifa belgisi asosidagi giponimik guruhda vazifasi muayyan bo'lmagan ot leksemasi giperonim sifatida, salt, aravakash, yukchi, uloqchi, poygachi giponim leksemalari bilan privativ ziddiyatli munosabatda bo'ladi.
Demak, ma'lum bo'ladiki, istalgan leksema bir necha qirralari asosida bir necha giponimik qurshovni hosil qilishi mumkin. Bir leksema turli qirrasi asosida nechta giponimik qurshov hosil qilmasin, barcha giponimik qurshovlar bir bosqichdan o'rin oladi. Lekin giponimning o'zi giperonim sifatida alohida giponimik qurshov hosil qilsa, giponimlar giperonimdan quyi bosqichni egallaydi. Shunday hodisa ot leksemasining baytal giponimida ko'rinadi.
XVIII bosqich. Bu bosqichda baytal giponimining o'z giponimi — biya leksemasi turadi. Urg'ochi otning umumiy nomi bo'lgan baytal leksemasidan farqli ravishda biya leksemasi «qulunli baytal» ma'nosiga egadir. Baytal va biya leksemalari orasidagi ziddiyat ham privativdir.
Demak, XVIII bosqichcia ot leksemasi giponimlari, sinonimlari, graduonimlari, partonimlarining xususiy giponimik qurshov leksemalari turadi.
Aytilganlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
l.Mustaqil leksemalarda iyerarxik bo'Iinish bosqichlari yigirmaga yaqinlashadi. Наг bir pog'onada turli^ kattalikdagi lug'aviy majmualarni atashni bitta leksik dominanta ta'minlaydi va iyerarxik bo'linishni cheksiz gipo — giperonimik bo'linishlar zanjiriga ulaydi. Bunda tilning o'ta yuksak tejamkorlik omili shuki, istalgan quyi bosqichdan faqat bitta leksema — quyi bosqichning dominantasi yuqori bosqich uchun giponim bo'ladi. Masalan, XVI pog'onada ot leksemasi o'zi bilan aloqador 500 ga yaqin sinonim, graduonim, partonim va gipommlarning dominantasi sifatida qurshovlar hosil qiladi. Bu leksema 500 dan ortiq leksema va so'z birikmalarini bir markazga bog'lab turadi. Lekin undan yuqoridagi, ya'ni XV bosqichga faqat ot leksemasi kiradi. XVI pog'onadagi ot leksemasining qurshovi sifatida chiqadigan bu 500 dan ortiq leksemadan har biri giperonim sifatida voqelanib, giponimik qurshovlar hosil qilaveradi, bu giponimlar esa, o'z navbatida, yana giponimik qurshovlar hosil qilib boraveradi. Har bir quyi pog'onada birliklar soni oldingi pog'onadagiga nisbatan geometrik progressiya sifatida o'sib boradi.
2.Giperonim va giponim hamisha bir xil — privativ munosabatlarda * turish sababli privativ oppozitsiya til tizimini boshdan —oyoq qamrab oladi, lekin yondosh va «bosqichdosh» bo'lgan, bir bosqichda turgan giponimlar orasida ekvipolent munosabatlar yetakchilik qiladi. Gipo — giperonimik
munosabatlarning nisbiy va cheklanmaganligi lisoniy tizim hamda uning imkoniyatlarining cheksizligini ta'minlasa, giponimlararo munosabatlarning ekvipolent, giperonim va giponim orasidagi munosabatlarning privativligi til ifoda vositalarining aniq va muayyanligini ta'minlaydi.
Qo'llanilishi chegaralanmagan va chegaralangan leksika

Leksik birliklar qo'llanilish chastotasiga ko'ra farqlanadi. Ko'pgina leksemalar cheklanmagan qo'llanishga, ba'zilari esa tor qo'llanishga ega bo'ladi. Shu jihatdan o'zbek till leksikasi ikki qatlamga bo'linadi:


a) qo'llanilishi chegaralanmagan leksika;
b) qo'llanilishi chegaralangan leksika.
Qo'llanilishi chegaralanmagan (umumiste'mol) leksika. O'zbek tili lug'at tarkibining asosini ana shu qatlam tashkil etadi. Qo'llanilishi chegaralanmagan leksemalarni shu tilda so'zlashuvchi kishilar, qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo'lishidan qat'i nazar, cheklanmagan darajada ishlatadilar.
Qo'llanilishi chegaralanmagan leksemalar barcha so'z turkumlarida mavjuddir.
Fe'l: ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko'rsatmoq, buyurmoq, saylamoq va h.
Ot: ota, ona, non, suv, stol, eshikr tog', yer, shamol, radio.
Sifat: shirin, achchiq, qizil, ko'k, katta-kichik, xunuk, go'zal. Son: birr o'n, yuz, ming,
Ravish: hamisha, ba'zan, ataylab, hozirT ilgari:
Olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib , qanchaf shuf biz, hamma,
So'z —gaplar: xo'p, mayli, rahmat.
Ko'makchi: uchun, bilan, singari:
Bog'lovchi: ham, va bilan, ammo.
Yuklama: faqat, xuddi, hatto.
Qo'llanilishi chegaralanmagan leksemalarning aksariyati umumturkiy va o'zbekcha so'zlardir. Ammo, shu bilan birgalikda, ular orasida o'zlashmalari ham ko'p. Masalan :
Tojikcha: go'sht, non, dardr bobo, dugona, do'st.
Arabcha:«avlod, bilan, inson, sinf, millat, himoya:
Yevropa tillaridan o'zlashgan leksemalar o'z qatlamga oid ham, o'zlashgan ham bo'lishi mumkin.
Qo'llanilishi chegaralangan leksemalarni ikki tipga bo'lish mumkin:
a) qo'llanilishi davrga ko'ra chegaralangan leksika:
b) qo'llanilish doirasi chegaralangan leksika.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish