Semalarning turlari. Semema tarkibidagi semalar bir xil emas. Semalar mohiyatiga ko'ra farqlanadi, Mohiyatan semema tarkibidagi semalar uch xil bo'ladi:
l.Atash semalari (denotativ semalar).
2.1foda semalari (konnotativ semalar).
3.Vazifa semalari (funksional semalar).
Atash semalari borliq bilan, ifoda semalari so'zlovchining munosabati bilan, vazifa semalari esa leksemaning lison va nutqdagi roli bilan belgilanadi.
Atash semalari leksemaning borliqdagi harakat — holatlik, narsa — predmetlik, miqdorlik, belgilik xususiyatlarini atovchi, nomlovchi semalardir. Ular borliq, tushuncha va sememalarni bir —biriga bog'lab turadi. Masalan, yuqorida keltirilgan kitob leksemasining barcha semalari atash semalaridir.
Bir xil yoki o'xshash tushunchalarni ifodalaganligi sababli leksemalarda ko'p hollarda atash semalari bir xil bo'ladi. Masalan, yaxshi, tuzukr durust, ajoyib yoki yuzr chehra, oraz, turq, aft, bet ma'nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semalari bir xildir. Yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib leksemalarining atash semalari quyidagilar: l)«belgi»; 2)«barqaror belgi»; 3)«sifat belgi»; 4)«shaxsiy baho»; 5)«ijobiy»; 6)«ichki —tashqi». Shu bilan birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo'lib, ular tuzuk leksemasida «me'yordan bir pog'ona pastlik»r yaxshi leksemasida «me'yordalik», ajoyib leksemasida «me'yordan bir pog'ona yuqorilik» semalaridir. yuz, chehra, orazf turq, aft, bet leksemalarida esa l)«inson boshi old tomoniga xos»; 2)«peshonadan iyakkacha bo'lgan qism» semalari atash semalaridir.
Aytilganidek, sememalarni semalarga ajratishda, semalarning tabiatini belgilashda leksemalar o'z paradigmalarida korrelyantlari bilan tekshirilishi lozim. Aks holda leksemaning relevant (muhim) va irrelevant (muhim bo'lmagan) semalarini farqlashning imkoni bo'lmaydi. Masalan, ingliz tilidagi brother leksemasining sememasi «qarindosh», «qon —qarindosh», «bevosita» atash semalariga ega. O'zbek tilidagi aka leksemasida esa bu semalar bilan birgalikda «mendan katta» relevant semasi ham bor. Chunki aka leksemasi shu semasi bilan uka leksemasiga qarama — qarshi turadi. brother leksemasiga shu sema bilan qarshilanuvchi birlik yo'q, shu boisdan unda noaniq tabiatli «mendan katta/mendan kichik» semasi mavjud bo'lib, u noaniq bo'lganligi sababli irrelevantdir. Rus tilidagi kobo'la leksemasida «urg'ochi» semasi muhim bo'lib, u o'zbek tilidagi baytal leksemasining ham, biya leksemasining ham muqobili bo'la oladi. Biroq baytal va biya zidlanishida «urg'ochi» semasi emas, «qulunli» (biya leksemasida) va «qulunsiz» (baytal leksemasida) semasi relevant (muhim) dir.
Ko'rinadiki, leksema sememasi tarkibida atash semalari eng muhim, belgilovchi hisoblanadi. Atash semalarigina obyektiv borliq parchasiga muvofiq keladi.
Ifoda semalari deganda semema tarkibida turli qo'shimcha ma'no (uslubiy bo'yoq, shaxsiy munosabat, qo'llanish doirasi va davri) larni atovchi semalar tushuniladi. Atash semalari kabi ifoda semalari ham leksema sememalarini farqlash quwatiga ega bo'lgan semalar bo'lib, ular ham leksik paradigmalarda aniqlanadi. Masalan, yuz va bet leksemalarining ifoda semalari o'zaro qiyosda ochiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |