O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


) ichdan yondashuv (ya'ni



Download 1,67 Mb.
bet46/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

) ichdan yondashuv (ya'nir sememadan leksemaga);
b)sirtdan yondashuv (ya'ni, leksemadan sememaga).
O'zbek tilshunosligida olimlar semema va tushuncha munosabatini turlicha talqin qiladilar. Masalan, ayrimlar semema ko'pincha ongimizdagi ma'lum bir tushuncha va tushunchalar bilan bog'liq bo'ladi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esaF tilgar leksemaga xos birlikdir. Juda ko'p hollarda bir semema bir necha tushunchani o'z ichiga oladi. Jumladan, [o'rik] leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo'ladi:
a) yangi, ho'l mevaning bir turi (zardoli);
b) shu mevaning quritilgani;
v) shu mevani beradigan daraxt.
Shunga ko'ra, tushuncha va semema o'zaro hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma'nodosh leksemalarda yaqqol ko'zga tashlanadi, degan fikr tarafdoridir. Ko'rinadiki, ular lingvistik belgilardagi asimmetriya hodisasini semema va tushuncha munosabatida ham ko'radilar. Buni chizmada quyidagicha tasvir qilish mumkin:
Bunda ayrim e'tiroztalab nuqtalar mayjudligi ko'zga tashlanadi.
Birinchidan, semema ko'pincha emas, balki, har doim ham ongdagi tushunchalar bilan bog'langandir. Semema tushunchaning ifodasidir. Tadqiqotchilar tavsifda ko'pincha so'zini qo'llashda sememaning har doim ham ma'lum bir tushuncha bilan bog'lanavermasligini nazarda tutadilar. Ularning bu fikri quyida tubandagicha ifodalanadi: «Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema sememalarida tushuncha bilan bog'lanish yo'q. Chunki, yordamchi leksemalar, aytilganidek, qo'shimchalar va leksemalar ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o'taydi. Uiar shaklan leksemar mazmuni (vazifasi), sememasiga ko'ra esa qo'shimchadir.» (H.Ne'matov, R.Rasulov. O'zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari, 57 — bet.)
Demak, mualliflar leksema va semema munosabatining dialektikligini «bo'rttirgan»lari boisr barcha leksemalarda sememani ko'radilar. Shuning uchun leksema «jamiyat a'zolari uchun tayyor, umuraiy, majburiy bo'lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug'atda grammatik morfemalarni o'ziga biriktira oladigan morfema turi» tarzida ta'riflanadi. Biroq yuqoridagi tavsifda «yordamchi leksemalar, aytilganidek, qo'shimchalar va leksemalar ziddiyatida «oraliq uchinchi vazifasini o'taydi» deyilishining o'ziyoq ularni mustaqil leksemaiarga zid qo'yishga intilish borligi seziladi. Zero, nomustaqil leksemalar shaklan mustaqil leksemaiarga uyg'undir. Ular mazmun mundarijasi asosida grammatik qo'shimchalar bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema emas, balki grammatik ma'no deyish maqsadga muvofiqdir.
Tilshunos SH.Rahmatullayev sememaga ega birliklarnigina leksema sifatida baholaydi. «Biz analiz yo'liga, ya'ni nutqdan tilga borish yo'liga o'rganib ketganmiz. Albatta, konkret birlikdan (so'zformadan) abstrakt birliklarga (so'zformani tarkib toptiruvchi birliklarga) borish oson ko'chadi. Shu yo'l bilan borib, so'zforma____tarkibida leksik ma'no anglatuvchi qismni ajratamiz va uni leksema deb nomlaymiz. Asli leksik ma'no anglatuvchi til birligiga leksema deyiladi.» Demak, olim leksema talqiniga ichdan (ma'nodan) kelib chiqqan holda munosabatda bo'lganligi tufayli nomustaqil birliklami leksema sifatida qarashni ma'qul ko'rmaydi.
Bunda shakl emas, balki ma'no (semema) yetakchilik qiladi. Ko'rinadiki, mustaqil va nomustaqil birliklarga bir xil o'lchov (mezon) bilan munosabatda bo'lish ular tabiatini xiralashtiradi. Chunki yordamchi leksemalar ma'nosi bilan qo'shimchalarga yaqinlashsa, nomemaga egaligi asosida leksemalar bilan uyg'unlashadi. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma'lum bir hodisa, masalan, leksema ta'riflanar ekanr ta'rif ta'riflanayotgan hodisalarni to'liq qamrab olmasligini e'tiborga olish lozim. Chunki nazariyotchi tilshunoslar so'zga umumiy ta'rif berish borasidagi mushkulotlar ba'zan tilshunoslarni umuman so'zga ta'rif berishdan voz kechishga, har bir guruh yoki morfologik tip tillar uchun o'zga sifatlar xos bo'lib, ularni alohida — alohida ta'riflash lozimligi haqidagi g'oyalarni ilgari surishga ham olib kelmoqda.
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta'rif mutlaq to'g'ri bo'lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisalar «ta'rifga sig'may qolishi» ta'kidlanadi. Demak, leksema «o'zida tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma'no birligidan iborat mustaqil anglanish va qo'llanish tabiatiga ega bo'lgan lisoniy birlik» deb ta'riflanar ekan, bu ta'rifning barcha leksemalar uchun birday amal qilmasligini ta'kjdlash lozim. Chunki denotativ xususiyatlarga ega bo'lmagan yordamchi leksemalar ta'rifdan chetda qoladi. Demak, tushunchaga asoslanmagan leksemalarning mazmun tomoni grammatik ma'no bo'lsa, denotativ tabiatli leksemalarning mazmun tomoni sememadir.
Bir necha tushunchani o'zida mujassamlashtirgan leksemalarning mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi.
Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo'lib, bu uning kamida ikki paradigmaga kirishini ta'minlaydi. Leksema birdan ortiq tushunchani qamrab olgan ekan, bunda uning serqirraligi yanada «kuchayadi». Masalan, {olma], [o'rik] leksemasi o'zida bir necha tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki lug'aviy paradigmaga kiradi:
uzum
Olma
tok

yoki,

zardoli
O'rik
turshak

Birinchi paradigmada [olma] leksemasi bir denotati asosida meva va boshqa bir denototi asosida esa daraxt nomlarini ifodalovchi ot — leksemalar bilan uyadoshlik qatori hosil qilsa, ikkinchi paradigmada bir ma'nosi bilan [zardoli], ikkinchi ma'nosi asosida [turshak] leksemasi bilan ma'nodoshlik munosabatida bo'ladi.


Leksema tarkibida birdan ortiq tushuncha mujassamlashganda leksema turli sintagmatik qurshovlarga kiradi. Masalan, yuqorida tilga olingan olma leksemasida ikkita («meva», «daraxt») tushunchalari mavjud bo'lib, u har bir ifodalangan tushunchasi asosida ham boshqa— boshqa, ham umumiy qurshovlarga ega bo'lishi mumkin.
Olmani kesdik sintaktik qurshovida olma qaysi tushuncha, denotatni anglatayotganligi muayyanlashmaydi. Biroq, olmani ekdik, olmani yedik, sintagmatik qurshovlarida atalayotgan denotat farqlanayotganligi sezilib turadi (birinchi qurshovda «daraxt», ikkinchisida «ho'l meva»). Ko'rinadiki, leksema birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har bir tushunchaga mos sintagmatik qurshov mavjudligi ham anglashiladi.
Bular esa, semema leksema lisoniy mohiyatining alohida sinonimik va sintagmatik qurshovga ega bo'lgan turidir, degan xulosaga olib keladi.
Demak, leksema birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har bir tushuncha uchun alohida — alohida semema to'g'ri keladi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish