Soddalashgan leksemalar yasama so'zlar lisoniylashuviningada yuqoriroq bosqichidir. Soddalashish bu ma'lum bir so'z yasash qolipining hosilasida o'zak va qo'shimchaning o'zaro birikib ajralmas holga kelishi, so'zshakldagi grammatik shakllarning qotib qolishi natijasida yangi ma'no ifodalashidir. O'zbek tilidagi oldin, keyin, tashqari, ichkari, yuqori kabi yuzlab so'zlar soddalashgan yasama so'zlar — leksemalardir. So'z birikmalarining sintaktik qoliplardan uzilish holatlari (boshning og'rigi - boshog'riq, belning
bog'i - belbog') ni ko'rsatish mumkin.
Tublashgan leksemalar shunday leksemalashgan yasama 'zlarki, ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma'lumotga ega ilmasdan aniqlab bo'lmaydi. Masalan, sin fe'lining o'zagi si, ting la lining o'zagi ding, to'q so'zi o'zagining to1 ekanligini til tarixi bo’yicha chuqur ma'lumotga ega bo'lmasdan bilib bo'lmaydi.
Demak, ma'lum bo'ladiki, tilda leksema yasash hodisasi yo'q. ilki yasama so'zlarning, nutqiy hosilalarning lisoniylashuvi, ksemalashuvi hodisasi mavjud.
SEMEMA VA UNING TARKIB1Y QISMLARI
Narsa shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik lo'lganligi kabi leksemalar ham tashqi va ichki jihatlardan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig'i nomema deb ataladi. Nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan fonemalar hosilalari — nutq tovushlari tizimi nazarda tutiladi. Masalan, kitob leksemasining tashqi tomoni k+i+t+o+b tovushlar yig'indisidir. Shu o'rinda bir narsaga alohida e'tibor qilish lozim. Ma'lumki, lisoniy birliklar moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko'ra leksemalar ham, boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega bo'lmasligi lozim. Demak, moddiylik so'zi bu o'rinda bevosita sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan deya jo'nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl deganda moddiy ko'rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biz biror narsa haqida o'ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi. Nomema kishi biror leksema haqida
o'ylaganda, ichki nutqda yaqqol ma'lum bo'ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak,___ ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi a'zolaridan tashqarida, unga ta'sir qilmaydigan holatda bo'lsa, leksema nutqiy voqyelanganda leksema so'zga aylanadi, moddiy bo'lmagan shakl, ya'ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a'zolari bilan his qilinadigan bo'ladi.
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema ongda aks etgan borliqdagi narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchalaming leksemada mujassamlashgan ko'rinishidir. Boshqacha aytganda, semema leksemaning mohiyatidir.
Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o'xshash bo'lmaydi. Boshqacha aytgandar bir xil sememaga ega ikkita leksema yo'q. Bunga ikkita sinonim leksemaning semantik tabiati sememalarini qiyoslash asosida amin bo'lishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |