Xalqaro tashkilotlar – mustaqil davlatlar yoki milliy jamiyatlar (assotsiatsialar) ming siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan birlashmalar, mamlakatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik qilishning eng muhim turlaridan biri. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, ularning vazifalari va faoliyati har bir davlat chegarasidan chetga chiqadi. Xalqaro tashkilotlar BMT terminologiyasida “Hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Hozirgi kunda jahonda 350dan ortiq hukumatlararo tashkilotlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |