Shaxsni muntazam kamol toptirish – fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta’siri, balki shaxsning o‘z sa’y-harakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi.
Erkinlashtirish – mamlakatning demokratik jamiyatga o‘tish va islohotlar o‘tkazish jarayonida mavjud bo‘ladigan turli to‘siqlar, cheklashlar va yon berishga majbur etadigan omillardan qutilishga qaratilgan amaliy faoliyatdir. U demokratik jarayonlarning samarali rivojiga yangi kuch, quvvat va ilxom bag‘ishlash imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |