Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” – milliy davlatchiligimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan kamol toptiruvchi o‘z taraqqiyot yo‘lidir. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” besh tamoyilga asoslanadi.
“Tamoyil” tushunchasi – yo‘nalish, rus tilida qo‘llaniladigan “tendensiya” so‘zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, “tamoyil” atamasining muqobilidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo‘nalish” so‘zlari sinonim sifatida qo‘llanib kelinmoqda.
Tovar – bozorda oldi-sotdi orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. Tovar shunday mahsulotki, u ishlab chiqaruvchilarning emas, balki boshqalarning talab ehtiyojlarini qondirish uchun yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |