Madaniyat bevosita qadriyatlar bilan bog’liq bo’lib, uning turlari quyidagilar: - 1) Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar; 2) Anhanalar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo’ladigan ax- loqiy qadriyatlar; 3) Insonning aql idroki va amaliy faoliyat zaminida shakllangan mehnat malakalari va kO’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va istehdodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar; 4) Odamlar O’rtasidagi jamoaviylik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo’ladigan qadriyatlar; 5) Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi, irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar.
Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar O’z navbatida: - 1) umuminsoniy qadriyatlar
- 2) mintaqaviy qadriyatlar
- 3) milliy qadriyatlar
- 4) diniy qadriyatlar turlariga bo’linadi. Madaniyat sotsiologiyasida ijtimoiy institutlar muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy institut deganda kishilarning ijtimoiy faoliyatlari tashkillanadigan muassasalar va ularda xulqning muvofiqlashtiriluvi tushuniladi.
Madaniyat shakllari asosan 3 xilda farqlanadi: - 1. Elitar madaniyat -(frantsuzcha - "eng sara" so’zidan olingan) - har qanday ijtimoiy tizilmaning boshqaruv, madaniyat, fanni rivojlantirish funktsiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi nazariyalar dastavval platon, Nioptse qarashlarida bayon qilingan bo’lib, tizimli ko’rinishga XX asr boshlarida V. pereto , G. Moska, Mixelgpslar tomonidan keltirilgan hozirgi G’arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita xokimiyatga yO’nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), jamiyat eng kO’p obrO’, makon, boylikka ega bo’lgan, ommaga nisbatan aqliy va axloqiy ustunlikka ega odamlar (X. Ortega-i-Gisset), jamiyatning noijodiy kO’pchiligidan farq qiluvchi qism (Goinbi), eng malakali mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilardir, deb izohlaydi.
2. Xalq madaniyati - maxsus tayyorgarligi bo’lmagan shaxslar tomonidan bunyod bo’lgan madaniyat. Xalq ijodining mualliflari odatda nomahlumdir. Jumladan, afsonalar, ertaqlar, dostonlar shular jumlasidan bo’lib, ular yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (kushik yoki uyin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayllar, xalq bayramlari) ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. \ - 2. Xalq madaniyati - maxsus tayyorgarligi bo’lmagan shaxslar tomonidan bunyod bo’lgan madaniyat. Xalq ijodining mualliflari odatda nomahlumdir. Jumladan, afsonalar, ertaqlar, dostonlar shular jumlasidan bo’lib, ular yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (kushik yoki uyin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayllar, xalq bayramlari) ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. \
- 3. Ommaviy madaniyat - XX asr O’rtalarida ommaviy mulokot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo’lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo’lgan madaniyat namunalari (estrada, musika, tsirk). Ommaviy madaniyat barchaga qaratilgan bo’lib, muttasil ravishda kundalik hayot uchun ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalari faoliyatida yorkin namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |