O‘zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#81010
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
ozbek auditoriyasida birinchi kurs studentlarini ingliz tilining konsonantizmiga orgatishning lingvodidaktik asoslari (1)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


56 

 

 



III bob. O’zbek auditoriyasi 1-kurs talabalarini ingliz tili konsonantlariga o’rgatish 

metodikasi 

3.1 Tilni o’qitish: lingvodidaktika va metodika 

 

Lingvodidaktika  va  metodika  masalasi  katta  masala.    Bu  ilmiy  masalaga    ko’p 



olimlarning ko’ngli bo’lgan.  Bu ilmiy ishga oid masala M. Djusupovning konsepsiyasiga 

asoslanib tahlil qildik. [qarang: Джусупов, 2009, с.26]. 

          Zamonaviy  metodika  fani  lingvodidaktika  bilan  til  o'qitish  metodikasidan  tashkil 

topadi  va  til  o'zlashtirish  qonuniyatlarini  tadqiq  etadi.  Ammo  lingvodidaktika  va 

metodika tushunchalariga olimlar quyidagicha munosabat bildiradilar: 

1) 


ularni yakka ilmiy saho bildiruvchi sinonim atamalar xisoblashadi; 

2) 


til  o'qitish  tizimida  har  xil  ilm  saholari  deb,  ya'ni:    a)  tilni  ta'lim  maqsadida 

ta'riflovchi va b) faqat ta'lim jarayonini anglatadigan atamalar tushuniladi; 

3) 

lingvodidaktikani - tilni ta'lim  maqsadida ta'riflovchi va bevosita ta'lim jarayonini 



mujassamlovchi ilm deb bilishadi; 

4) 


metodikani  til  o'qitish  metodikasini  va  tilni  ta'lim  maqsidida  ta'riflavchi  (ya'ni 

lingvodidaktikani) mujassam etuvchi ilm deb ataydi. 

Lingvodidaktika  lotincha  «lingua»  “til”  va  yunoncha  «didaktikos»  “o'rgatish” 

so'zlaridan  olingan  bo'lib,  tilga  o'qitishning  umumiy  nazariyasini  yaratish    bilan 

shug'illanuvchi  fan  hisoblanadi.  Mazkur  atamani  ilmga    dastlab  rus  tilshunosi  N.M. 

SHanskiy  kiritgan bo'lib, bu fanning tilni ta'lim berish muammolarini tadqiq etish bilan 

shug'ullanishga mo'ljallanganligini ta'kidlaydi. 

Tillar  orasidagi    o'xshashlik  va  tafavvutlarni  aniqlash,  o'rganilayotgan  tilning 

mazmuniy  va  tarkibiy  jihatlarini  tahlil  etish,  o'qitish  jarayoniga  kerakli  lisoniy 

minimumlar tuzish o'xshagan muommalarni echish lingvodidaktikaning asosiy vazifalari 




57 

 

 



hisoblanali.    Ammo  olimlar  orasida  bu  atamaning  ma'nosi  bo'yicha  va  xattoki  uni 

qo’llanishning  kerakligi haqida har xil fikrlar bildirilgan.  

Lingvodidaktika  atamasi  umumiy    ma'noda  tilni  o'qitish  maqsadlarini  nazarda  tutgan 

holda    tahlil  etishni  ham  tilni  o’qitishning  nazariy  va  metodik  muammolarini  o'rganish 

tushunchalarini  bildiradi  [Джусупов,  2009,  27-б].        Lingvodidaktika  haqida    bunday 

nuqtai  nazar  xususiy  didaktikani  (til  ta'limi  didaktikasini  )  anglatuvchi  “metodika” 

atamasiga  ham  to'liq  tegishlidir.  Mazkur  nuqtai  nazarning  bir  necha  fanlar  tutashuvida 

yuzaga kelgan mustaqil ilm sohasi - lingvodidaktikaga oid yuritilishi to’g’ri emas, chunki 

mazkur  tushinishda  til  ta'limining  nazariy  va  amaliy  jihatlari  aniq  farqlanmaganligi 

bilinib turibdi. Ammo til o’qitish bo’yicha fanlar taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilmiy 

va ilmiy-o’quv tadqiqotlari lingvodidaktika va tilga o'qitish metodikasini jamlagan holda 

kengaytirgan ma'noda tushunish nuqtai nazaridan olib borilmoqda.  

Ilmiy  tadqiqotlarda  lingvodidaktika  va  metodika  tushunchalariga  sinonim  bo'lgan 

lingvometodika    atamasi  ham  ishlatiladi.  “Lingvometodika  -  deb  izohlaydi  bu  atamani 

o'zining  “  Словарь  -  справoчник  по  методике  русского  языка”    nomli  kitobida  

M.R.Lvov,  -  bu  ona  tili  yoki  chet  tilini  o'qitish  metodikasidir,  bu  atama  ko'pincha 

lingvodidaktik  maqolalarda  va  rus  tilini  milliy  maktablarda  o'qitish  metodikasida 

qo'llaniladi” [Лвов, 1988, 96-б].    

Bu  yerda  shuni  eslatib  o'tish  lozimki,  mazkur  atamani  rus  tili  va  chet  tillarini 

barcha milliy ta'lim muasssasalarida o'qitish metodikasiga oid ishlatish ham mumkin. 

Yuqoridagi  fikrlardan  bilinib  turibdiki,  tariflangan  uch  atamani  bir  xil  ma'nodagi 

tushuncha  deb  hisoblovchi  olimlar  mavjud    bo'lsa-da,  lingvodidaktikaning    metodikaga 

sinonim bo'ladiganligi haqida fikrlarga mutloq qo'shilib bo'lmaydi.  

Lingvodidaktika  haqida boshqa mulohazalar ham bo'lgan: ba'zi tilshunos va metodistlar 

mazkur  atamaning  kelajakda  qo'llanilishiga  gumon  qilgan  edilar.  Boshqa  olimlar  esa 

lingvodidaktika  atamasi  bildiradigan  tushunchani  inkor  etmagan  holda  til    ta'limining 




58 

 

 



umumiy  nazariyasini  lingvodidaktika  emas,  didaktotilshunoslik  deb  atashni  tavsiya 

qilishgan  [Бельдиян, 1980, с.20-21 ]. 

V.M.Beldiyan eng avvalo didaktotilshunoslik atamasini lingvodidaktika so'ziga o'xshash 

ma'noda  qo'llangan  [Бельдиян, 1980,  с.21]  bo'lsa, keyinchalik  faqat  didaktotilshunoslik 

atamasini  ishlatgan.  Bu  erda  olimning  o'qitish  va  ta'limning  ya'ni  ta'lim  nazariyasining 

(didaktikaning)  birlamchiligini,  tilning  esa  ikkilamchi  ekanligini  nazarda  tutganligini 

bilib  olish  qiyin  emas,  chunki  didaktika  barcha  o'rta  va  oliy  ta'lim  muassasalarida 

o'qitiladigan predmetlarga (fanlariga) barobar munosabatdadir.  

Shuning  uchun  didaktikaning  tili  haqida  (lingvodidaktika)  emas  balki  tilning 

didaktikasi to'g'risida (didaktotilshunoslik) gapirish mantiqqa to'g'ri keladi. Didaktikaning 

tili  esa  til  ta'limining  nazariyasi  bo'lmay,  didaktikaga  oid  tadqiqotlarning  lisoniy  va 

nutqiy alohidaliklari yig'indisi ekanliklarining belgisidir. 

Shunday  qilib, lingvodidaktika  atamasi  va  unga  bog'liq ilmiy  tushuncha til  ta'limi 

mutaxasislarining  hammasi  tomonidan  bir  xil baholashga  mansub bo'lmagan. Ammo  bu 

kabi  munosabatning  yangi  paydo  bo'lgan  va  shakllanayotgan  (ko'p  paytlarda  fanlar 

tutashuvida)    ilmiy  yo'nalishlarga  nisbatan  yuz  beradiganligi  ma'lum.  Gumanitar 

ta'limning  yangi  sohasi  bo'lgan  til  ta'limi  lingvodidaktika  atamasining  va  u  bildiradigan 

tilga  o'qitishning  umumiy  nazariyasi  haqida  tushunchaning  yorqin  kelajaki  bo'lishini  va 

dolzarbligini dalilladi.  

Lingvodidaktika  va  metodika  atamalarini  ma'nodosh  deb  bilish  faqat  ilmiy 

hodimlar  orasidagina  emas,  balki  oliy  ta'lim  muassasalari  va  umumta'lim  maktablari 

o'qituvchilari tomonidan keng tan olingan. Ularning munosabatiga ko'ra, lingvodidaktika 

til o'qitish metodikasini va, teskarisiga, til o'qitish metodikasi lingvodidaktikani o'z ichiga 

oladi.  Ammo  bu  fikrni  tamoman  qo'llab  quvvatlash  mumkin  emas.    Masalan,  A.A. 

Mirolyubov lingvodidaktika va metodikani ma'nodosh deb tushunishni zid deb hisoblaydi 



59 

 

 



[Mиролюбов,  2005,  с.35]  Xuddi  shunday  fikr  A.N.Shchukin  tomonidan  bildirilgan 

[Шчукин, 2004, с 21-22-б.].             

      Lingvodidaktika  va  metodikani  alohida  fanlar  qatoriga  kiritishni  I.I.Xaleeva  ham 

to'g'ri  deb  hisoblaydi.  Olimaning  fikricha,  lingvodidaktika  -  bu  tilni  egallashning 

ummumiy  nazariyasini  (  yoki  til  o'qitishning  ummumiy  nazariyasini)  tadqiq  etuvchi 

fandir.  

 

Shunday  qilib,  lingvodidaktika  bilan  metodikani  yakka  fanni  bildiruvchi  sinonim 



atamalar deb hisoblash noto'g'ridir, chunki lingvodidaktika va metodikaning tadqiq etish 

ob'ektlari  va  predmetlari  o'xshash  emasdir.  Umumlashtirib  aytganda,  lingvodidaktika  til 

o'qitishning  nazariy  asoslarini,  ya'ni  til  nazariyasini  ta'lim  maqsadlariga  ko'ra  ta'riflash 

bilan,  metodika  esa  lisoniy  va  ekstralisoniy  xodisalarning  o'zlariga  hos  alohidaliklarini 

lingvodidaktik tadqiq qilish natijalarini ta'lim jarayoniga tadbiq etish bilan shug'illanadi. 

Bu  esa  lingvodidaktika  va  til  o'qitish  metodikasining  ijtimoiy  ta'lim  sohalari 

hisoblanuvchi va til ta'limiga bevosita munosabatli tilshunoslik, didaktika va pedagogika 

ilmlaridan  ajralib  chiqqan  mustakil  ikki  fanning  mavjudligidan  darak  beradi.    Bunday 

vaziyat  ilm  -  fanning  zamonaviy  taraqqiyotiga  ham  to'liq  yondashadi.  Ilm  -  fanning 

hozirgi kundagi vaziyatida  ilmlar tutashuvida hosil bo'lgan yangi ilmiy yo'nalishlarning 

mustaqil  ilm  sohasiga  aylanishi  va  bu  jarayonning  yakka  fan  tarkibidagi  yangi  ilmiy 

yo'nalishning  yoki  ilmiy  sohaning  boshqa  ilmlar  (qarindosh  yoki  qarindosh  emas)  bilan 

uzviy  aloqadorligi  tufayli  amalga  oshishi  o'xshagan  jarayonlar  juda  ko'p  kuzatilmoqda. 

Ayniqsa  XX-asr  yangi  ilmlarning    tabiiy  holatda    ko'plab  shakllangan  davri  bo'ldi.  

Masalan,    til  sathlari    bilan  stilistikaning  o'zaro  munosabati  natijasida  sathlar  stilistikasi 

yoki  manbalar  stilistikasi  deb  umumiy  nom  olishgan  bir  qancha  lisoniy  -  ilmiy 

yo'nalishlar yuzaga keldi. [Джусупов, 2009, с.137]. 

Hozirgi  paytda  u  yoki  bu  mustaqil  fanning  qaysi  va  nechta  fanlar  tutashuvida 

paydo  bo'lganligini  aniq  izohlash  qiyin  masalaga  aylandi.  Masalan,  xorijiy  tilga  o'qitish 



60 

 

 



metodikasi  fanini  faqat  tilshunoslik  va  didaktikaning,  pedagogika  va  psixologiyaning 

tutashuvida vujudga kelganligi haqida aniq aytib berish mushkil ishdir, chunki bu fanning 

hozirgi  holatida  uning  talablarini  o'rta  maktab,  kollej  va  litseylarda  hamda  oliy  ta'lim 

muassasalarida to'liq qo'llash uchun u yoki bu xududda, (mazkur tilning ushbu davlatda 

ishlatish  darajasi  bo’yicha),  ta'lim  maqsadlari    alohidaliklarini  hisobga  olgan  holda 

(masalan, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish)  amalga oshirish lozimdir. 

 

Shunga  bois,  fanlar  tutashuvida  yangi  ilmlarning  paydo  bo'lish  jarayoni  ularning 



xususiy  ob'ektlari,  predmetlari  va  tadqiq  etish  materiallari  hamda    kategoriya  va 

tamoyillarining mavjudligi ushbu ilmiy yo'nalishni bildiruvchi (belgilovchi) atamalarning 

orasida sinonimlik munosabatlarning yo’q ekanligini ko'rsatadi. Huddi shuning uchun til 

ta'limiga  oid  tizimlarni  anglatuvchi  lingvodidaktika  va  metodika  atamalari  va  ularni 

bildiruvchi tegishli tushunchalar ma'nodosh emas deb xulosa chiqarishga bo'ladi.  

Yana  bir  marta    aytib  o'tish  lozimki,    lingvodidaktika  tilga  o'rgatishning  umumiy 

qoidalarini  hosil  qiladi  va  ishlab  chiqadi,  ya'ni  til  egallashning  umumiy  universal 

nazariyasini ( yoki tilga o'qitishning umumiy universal nazariyasini) taxsil oluvchilar  ona  

tilining  fonetik, leksik, so'z yasalishi va tarkibi, morfologik, sintaktik, stilistik va boshqa 

lisoniy xususiyatlarini hamda o'rganilayotgan tilning lingvodidaktik, lingvokontrastiv va 

sotsiolingvistik alohidaliklarini, uning qo'llanish va o'rganish sharoitlarini qo'shib nazarda 

tutgan  holda  til  egallashning  umumiy  universal  nazariyasini  yaratadi.  Metodika  esa 

tilning  lingvodidaktik  ta'rifini  ta'lim  muassasasining  o'quv  jarayoniga  to'g'ridan  to'g'ri 

tadbiq  etishning,  ya'ni  til  o'qitish  jarayonining  o'zginasidir.  Bu  erda  shuni  ta'kidlash 

lozimki,  til  o'qitish  metodikasi  o'quv  materiallari,  o'quvchilar  ona  tili  bilan 

o'rganilayotgan  tilning  genetik  yaqinligi  yoki  uzoqligi,  psixoligik,  lingvokulturologik, 

lingvota'lim,  mentalingvistik  va  tarixiy  alohidaliklarini  taxsil  oluvchilarning  milliy 

xususiyatlariga  bog’lagan  holda  tilni  lingvometodik  ta'riflashga  tuzatishlar  va  aniqliklar 

kiritishi mumkin [Джусупов, 2009, с.137].  



61 

 

 



Shuning  bilan,  lingvodidaktika  va  til  o'qitish  metodikasining  mustaqil  fanlar 

ekanligi  to'g'risida  baxs-munozaralarni  to'xtatsa  ham  bo'ladi.  Hozirgi  kunda 

lingvometodika  va  til  o'qitish  metodikasi  til  ta'limi  tizimidagi  ilmlar  qatoriga  mustaqil 

fanlar  bo'lib  kirishini  tan  olish  lozim.  A.N.  Shchukin  bu  holatga  shunday  izoh  beradi: 

“Agarda  lingvodidaktika  til  o'qitishning  metodologik  asoslarini  yaratuvchi  nazariya 

bo'lsa,    metodika    aniq    bir    tilni uni  o'rgatishning  aniq  sharoitlarda  amalga  oshiradigan 

o'quv  jarayonini  tasniflaydi  (xususiy  metodika),  (tillar  guruhini)  o'qitishning 

qonuniyatlari  va  usullarini  qo'llashni  aniq  bir  sharoitga  munosabatsiz  ko'rsatib  beradi 

(umumiy  metodika),  yoki  tilning  biror  bir  tomoni  hamda  nutq    faoliyati  turini  o'qitish 

bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi ( maxsus metodika) [Шчукин, 2004, с 21-22-б ].  

Maxsus  ilmiy  va  ilmiy  -  o'quv  tadqiqotlarida  hamda  o'rta  va  oliy  ta'lim 

muassalarining  til  o'qitish  jarayonida  lingvodidaktika  va  metodikaning  yuzaga  kelgan 

muammolari alohida (mustaqil) yoki jamlangan holda o'rganilishi mumkin. Bu esa biror 

bir  lisoniy  mavzu  bo'yicha  aniq  ish  vaziyatida  tadqiqotchi,  o'rta  yoki  oliy  ta'lim 

muassasasi o'qituvchisining oldiga qo’ygan vazifa va maqsadlariga bog'liq.  

Til  ta'limi  tizimida  lingvodidaktika  metodikaning  muammolarini  o'z  oldiga  olishi  yoki 

umumlashtirgan holda ko'rib chiqishi mumkin, chunki bu fanlar o'zaro uzviy bog'langan 

va  mujassamlangandir.  Til  ta'limi  tizimiga  mustaqil  fanlar  bo'lib  kirgan  lingvodidaktika 

va  til  o'qitish  metodikasining  tobora  rivojlanishi  jarayonida  ularning  bir  biridan 

farqlanishi (o'zaro yaqin aloqada bo’lganlariga qaramasdan) chuqurlashadi va kengayadi, 

bu esa fanlarning tarixda mustaqillashishining tabiiy holatidir. 

O’zbek  auditoriyasi  talabalariga  ingliz  tilini  o'rgatishda  lingvodidaktika  va 

metodikaning  qonuniyat  va  uslublaridan  samarali  foydalanish  ko'zlangan  maqsadga 

erishishning eng qisqa yo'lidir.                      




Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish