O‘zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#81010
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
ozbek auditoriyasida birinchi kurs studentlarini ingliz tilining konsonantizmiga orgatishning lingvodidaktik asoslari (1)

  

 


68 

 

 



3.3 O’zbek guruhlari talabalariga ingliz tili konsonantlarini o’rgatishdagi 

mashqlar sistemasi 

 

Har bir o’quv predmeti bo’yicha ta'lim jarayonini belgili tamoyillar asosida tashkil 

etish  lozimdir.O'qitish  tamoyillari  -  u  o'qituvchi  mashg’ulot    jarayonida  qo'llashi  lozim 

bo’lgan qonun-qoidalardir. Chet tili o'qitish metodikasi eng avvalo didaktika tomonidan 

ishlab chiqilgan quyidagi umumdidaktik tamoyillariga tayanadi: 

1)  ta'limning tarbiyalovchi tamoyillari,  

2) ilmiylik,  

3)  onglilik,  

4)  faollik,  

5)  tizimlilik 

6) tushunarlilik, 

7) o’quvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olish.      

  

Mashqlarni  tizimi  til  o’rganish  konsepsiyasiga  asoslangan.  Bu  borada  tavsiya 



qiladigan  mashq  teoriyalar    quyidagi  o’rganish  teoriyalarida  tuziladi.  Fonetika  va 

fonologiyada konsanantizmni o’rganish nazaryasi kabi  [ Джусупов, 1991, с. 196-199].  

Bu tamoyillardan o'qitish jarayonida bir paytning o’zida  foydalanib bo’lmaydi. Masalan, 

tarbiyalovchi  ta'lim,  ilmiylik,  o’quvchilarning  individual  hususiyatlarini  hisobga  olish 

kabi  tamoyillar  talabalarning  bilim  olishga  qiziqishlari  uchun  shart-sharoit  yaratish, 

insoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash  kabi  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  xizmat 

qilsa,  ayni  paytda  talabalarning  individual  hususiyatlarini  hisobga  olish  tamoyili 

pedagogik jarayonni boshqarish orqali, har bir talabaning tayyorgarlik darajasini hisobga 

olgan holda ta'lim jarayonini tashkil qilishni taqozo qiladi. 

  

Keyingi  yillarda  faqat  xorijiy  til  o'qitishga  xos  bo’lgan  kommunikativlik, 



ta’limning  og’zaki  nutqqa  asoslanishi,  differensiyalashtirib  o'qitish,  til  materialini 


69 

 

 



majmuiy  tashkil  qilish  kabi  tamoyillar  yuzaga  keldi.  Ayni  paytda  didaktika  tomonidan 

ilgari  surilgan  onglilik,  faollilik,  ko’rgazmalilik,  ta'lim  jarayonini  motivlashtirish  kabi 

tamoyillar  chet  tili  o'qitishda  ham  muhim  ro’l    o’ynaydi,  chunki  har  qanday  aqliy 

harakatni  amalga  oshirish  fikrlashdan  amaliyotga  o’tish  orqali  vujudga  keladi.  Shuning 

uchun  hozirgi  zamon  chet  tili  bo’yicha  o'quv  dasturlari  va  o'quv    qo’llanmalarida 

talabalarning  aqliy  faoliyatini  shakllantirishga  muhim  ahamiyat  berilayapti.  O’qu'v 

materialini  ongli  ravishda  o’zlashtirishda  tillararo  interferensiya  hodisasining  ta'sirini 

ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.  

O’qitishning  faollik,  onglilik  tamoyillari  nazariya  bilan  amaliyot  birligini  amalga 

oshishi bilan bog’liq, chet tili o'qitishda boshlang’ich bosqichda amaliyotdan nazariyaga, 

ya'ni og’zaki nutqni o’zlashtirib, keyin qoidani o’rgatish, o’rta va yuqori bosqichda avval 

qoida, keyin nutqni shakllantirish ko'zda tutiladi. 

Problemali  o'qitish  tamoyili  chet  tilidan  berilgan  leksik,  grammatik,  fonetik 

topshiriqlarni  mustaqil  bajarish  yo’llarini  qidirtiradigan,  ilmiy  fikrlashga,  izlanishga 

majbur qiluvchi o'qitish usulidir. 

 Talabalarni  mustaqil  fikrlab,  topshiriqlarni  bajarishga  o'rgatish  topshiriq  orqali 

problemali vaziyat yaratishdan  boshlanadi. Lekin bu topshiriq  talabani avval o’rgangan 

materialini hotiralashga, shu asosda fikrlashga majbur qiladi. 

 Problemali  o'qitish  faollik  tamoyili  bilan  chambarchas  bog’liq,  chunki    talabalarning 

hotirasi,  fikrlashi  qanchalik  yaxshi  rivojlangan  bo’lsa,  ular      materialini    uzlashtirishda 

shunchalik  faollik  ko’rsatadi.  Masalan,  o’quvchilarning  dars  jarayonida  bajaradigan 

mustaqil  ishlari  o'quv  materialini  o’zlashtirish,  mustahkamlash  bo’yicha  yozma  va 

og’zaki tashkil qilinadigan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 

 1. O'quv materiali bo’yicha yozma va og’zaki mashqlar bajarish; 

 2. O'quv materiali yuzasidan savol - javob o'tkazish; 

 3. O'quv materiali bo’yicha tuzilgan kartochkalar orqali juft bo'lib ishlashni tashkil etish; 




70 

 

 



 4. O'quv materiali asosida test topshiriq  bajartirish; 

5. O'quv materiali bo’yicha problemali topshiriqlarni bajartirish; 

6.  Texnika  vositalari,  ko’rgazmali  qurollar  yordamida  o'quv  materialini  o’zlashtirishga 

o'rgatish. 

Tabiiyki, talabalarning mustaqil ishlari maqsadi  fonetik, leksik, grammatik malaka 

va  ko'nikmalarini  shakllantirish  va  shu  jarayonda  tushunishga,  gapirishga,  o'qish  va 

yozishga o'rgatishdir. 

  

Chet tili o'qitishning asosiy maqsadi ikkinchi tilda gapirishga, eshitib tushunishga, 



o'qish  va  yozishga  o'rgatish  bo’lganligi  uchun  uning  o'qitish  metodikasi  boshqa 

fanlarning o'qitish metodikasidan ayrim tamoyillari bilan farq qiladi. Jumladan, quyidagi 

tamoyillar faqat chet til o’qitishga hos metodik tamoyillar hisoblanadi: 

a) kommunikativlik tamoyili, 

 b) ta'limning og’zaki nutqni ustirishga asoslanganligi tamoyili, 

 v) ta'limni differensiyalashtirib tashkil qilish tamoyili, 

 g) o’quv jarayonini kompleks tashkil qilish tamoyili, 

 d) o’quvchilarning o'quv faoliyatini intensivlashtirish tamoyili [Хошимов, 2003, б.25].  

Chet tili o'qitishning asosini kommunikativlikka o'rgatish tashkil qilib, bu jarayon 

chet  tilida  nutq  faoliyatini  shakllantirishga,  gapirishga,  eshitib  tushunishga,  o'qishga, 

fikrni  yozma  bayon  qilishga  o'rgatish  va  talabalarning  bilish  faoliyatini  shakllantirishni 

va rivojlantirishni ko'zda tutadi. 

Chet tilida muloqotga o'rgatish kommunikativ vaziyatlar oraqali amalga oshiriladi. 

Bu  o’rinda  talaba  hayotida  yuz  berishi  mumkin  bo’lgan  kommunikativ  vaziyatlarga 

alohida  e'tibor  beriladi.  Talaba  til  qoidasini  yaxshi  o’zlashtirib  olgan  bo’lsa-da,  unga  u 

tilda  gapirish,  o’z  fikrini  suhbatdoshi  e'tiboriga  xavola  qilish  malakasi  etishmasligi 

mumkin.  Bu  o’rinda  talabalarning  fakat  lisoniy  kompetensiyasini  (salohiyatini) 

shakllantirishga  emas,  balki  kommunikativ  kompetensiyasini  shakllantirishga  alohida 




71 

 

 



e'tibor  beriladi.  Talaba  o'quv  materialida  berilgan  axborotga  munosabat  yoki  fikr 

bildirishni  turli  tabiiy  va  sun'iy  kommunikativ  vaziyatlarda  o'rganib  oladi.  Shu  jihatlari 

bilan  kommunikativlik  tamoyili  funksional  yondashuv  metodiga  yoki  ta'lim  jarayonida 

og’zaki nutqni o’stirish tamoyiliga uyg’unlashib ketadi. 

Hozirgi  zamon  chet  tili  o'qitish  metodikasiga  oid  ilmiy  adabiyotlarda  problemali 

ta'lim tamoyili proektlab o'qitish kabi yangi o'qitish tehnologiyasining vujudga kelishiga 

sabab  bo'ldi.  Jumladan,  proektlab  o'qitish  talabalarni  guruhlarga  bo’linib,  umumiy  bir 

loyihaning ma'lum bir qismini birgalashib echishga qaratiladi. 

O'qitishni  kommunikativ  yo’nalishda  olib  borish  o’z  navbatida  talabalarning  faolligiga, 

o'quv  materialining  motivlashtirilishiga  ham  bog’liq.    Faollilik  va  motivlashtirish, 

yuqorida  qayd  qilinganidek,  o’qitish  metodlaridan  samarali  foydalanish  va 

mashg’ulotdan tashqari ishlarni to'g’ri tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. 

Differensiyalashtirib  o'qitish  deganda  gapirishga,  eshitib  tushunishga,  o'qish  va 

yozishga  o'rgatishdagi  metod  va  usullardan  farqlab  foydalanish  tushuniladi.  Masalan,  

gapirishga  o'rgatishda  monologik  va  dialogik  nutq,  o'qishda  analitik  va  sintetik  o'qish, 

tilning  yozma  shakli  bo’lgan  grafika  va    orfografiyaga  o'rgatishda  nutq  faoliyatining 

barcha  turlariga  o'rgatish  uchun  turli  ko'nikma  va  malakalarni  shakllantirishga  to'g’ri 

keladi. O’z navbatida turli  malaka va ko'nikmalarni shakllantirish uchun har hil metod, 

usul va vositalaridan foydalanish ijobiy natija beradi. 

Ta'limning og’zaki nutqni o’stirishga asoslangan tamoyili o'quv materialini og’zaki 

nutq orqali o’zlashtirilishini ko'zda tutadi. O'qish va yozishga o'rgatish esa o’zlashtirilgan 

og’zaki  material  asosida  tashkil  qilinadi.  Ta'limning  bunday  tashkil  qilinishiga  faqat 

eshitish idroki ishtirok etishligi tufayli ayrim olimlar bu tamoyilga qarshi chiqadilar.  

  

Ammo  differensiyalashtirib  o'qitish  tamoyili  hamma  yoshdagi  talabalar  uchun  bir 



xil asosda  nutq orqali o'rgatishni inkor qiladi. O'quv materiali qanchalik qiyin bo’lsa, uni 


72 

 

 



og’zaki  asosda  o'rgatish  imkoniyati  shunchalik  cheklangan  bo'ladi,  chunki  eshitib  idrok 

qilish ko’rib idrok qilishga nisbatan qiyinroq kechadi. 

O'quv  jarayonini  majmuiy  tashkil  qilish  tamoyili  fonetik,  leksik,  grammatik 

materialni o’zaro bog’lagan  holda  nutq faoliyatini turli shakllarda uyushtirishni ko'zda 

tutadi.O'quv  jarayonini  majmuiy  tashkil  qilish  ta'lim  maqsadlarini  (amaliy,  tarbiyaviy, 

ta'limiy, rivojlantiruvchi) ham birgalikda amalga oshirishni talab qiladi.  

Talabalarning  o'quv  faoliyatini  intensivlashtirish  (tezlashtirish)  tamoyili  faollilik, 

motivlashtirilgan  ta'lim  tamoyillari  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Talabalarning  o'quv 

faoliyatini intensivlashtirish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: 

 - mashg’ulot vaqtidan samarali foydalanish; 

 - mashg’ulot jarayonida samarali metod va usullar ishlatish; 

 -  metod  va  usullardan  foydalanishda  talabalarning  yosh  xususiyatlarini,  xotira,  diqqat, 

tafakkur va uzlashtirish qobiliyatlarini hisobga olish va boshqalar. 

           Ma'lumki,  har  qanday  xorijiy  tilni  o'rgatish  shu  tildagi  tovushlarni,  so’zlarni, 

jumlalarni to'g’ri talaffuz qilish (fonetik va orfoepik) qoidalarini o'rgatishdan boshlanadi. 

Chunki  talaffuzni  o’rganmasdan  biron  bir  horijiy  tilda  gaplashish,  eshitib  tushunish, 

o'qish va yozishga o'rganish juda qiyin.  

Talaffuzga o'rgatishning ma'lum qonun-qoidalari mavjud. Ular quyidagilar iborat: 

-  talaffuzga  o'rgatishda  ona  tilida  shakllangan  talaffuz  malakalaridan  samarali 

foydalanish. Metodik adabiyotlarda bu hodisa «malakalarni ko’chirish» deb ataladi;  

-  talaffuzga  o'rgatishda  barcha  sezgi  organlarni  majmuiy  ishlatilishini  ta'minlash.  Bu 

tamoyil  talabadan  tovushni  eshitishni,  uning  yozuvda  ifodalanishini  ko’rishni,  o’z  nutq 

organlarining  holatini  sezgan  holda  muayyan  tovushni,  so’zni,  jumlani  o’zlashtirishni 

ko'zda tutadi; 

-  o’rganiladigan  fonetik  materialning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olib, 

o'rgatishning eng foydali usullarini tanlash. Bu o’rinda talaba faoliyatini samarali tashkil 




73 

 

 



qilish  imkonini  beradigan  taqlidiy-tahminiy  va  differensiyalashtiruvchi  mashqlardan 

foydalanish lozim bo'ladi; 

-  talaffuzga  o'rgatishda  ta'limning  texnik  vositalaridan,  ko’rgazmali  qurollardan  keng 

foydalanish.  Bunda  lingofon  xonalarining  o’rnini  alohida  ta'kidlash  lozim.  Talaba  o’z 

talaffuzidagi xatoni o’zi eshitib topsagina, bunday nuqson tezrok bartaraf  qilinadi. Shu 

maqsadda  pauzali  mashqlardan  tashkil  qilingan  fonogrammalar,  videomateriallar  va 

Internet  vositalaridan  foydalanish  talaffuz  malakalarini  shakllantirishga  ijobiy  ta'sir 

qiladi. Tovushlar taqdimotida esa jadvallardan, rasmlardan, kartochkalardan, ko'zgilardan 

foydalanish yaxshi natija beradi. 

Aslida talaffuzga o'rgatish uch yo’nalishda amalga oshiriladi: 

- artikulyativ yondoshuv; 

-  akustik yondoshuv;  

 - differensial yondoshuv. 

Talaffuzga  o'rgatishga  artikulyativ  yondoshuv  tarafdorlari  (I.  A.  Gruzinskaya,  K. 

M. Kolosov, O. A. Nark, A. N. Rabinovich) har bir tovush bo’yicha talaffuz malakalarini 

shakllantirishni,  bunda  har  bir  tovush  talaffuzidagi  nutq  organlari  holatini  yaxshi 

bilishlikni,  eshitish  malakalarini  talaffuz  malakalaridan  ajratib  shakllantirishni  taklif 

qiladilar. Tabiiyki, talaffuzga o'rgatishda bu yondoshuv oliy o'quv muassasalari dasturiga 

mos keladi.  

Talaffuzga  o'rgatishga  akustik  yondashuv  tarafdorlari  talaffuz  malakalarini  faqat 

og’zaki  nutq    jarayonida  shakllantirishni,  bunda  asosiy  e'tiborni  eshitish  sezgilarini 

rivojlantiruvchi taqlidiy mashqlardan foydalanishni taklif qiladilar. Bu o’rinda gapirishga 

hamda nutq malakalarini egallashga ko’prok e'tibor beriladi.  

 Differensial yondashuv orqali o’quvchilar talaffuz malakalarini shakllantirishda quyidagi 

talablarga rioya qilish hojat: 



74 

 

 



-  o’zlashtirilishi  qiyin  fonetik  hodisalarni  hamma  analizatorlarni  ishga  tushirilgan  holda 

induvidual o’zlashtirishni tashkil qilish; 

 - tovushlarni nutq  jarayonida eshitib tushunish va talaffuzga o'rgatishga ko’proq e'tibor 

berish; 


 - har bir mashg’ulotda fonetik zaryadka uyushtirish; 

- laboratoriya ishlarini tashkil qilish. 

  

O’zlashtirishi qiyin, tillararo interferensiyaga oid tovushlar akustik va artikulyativ 



yondashuv qoidalariga binoan tushintiriladi va ularni o’zlashtirish tashkil qilinadi. Bunda 

talabalarning  o’zlashtirish  darajasi,  qiziqishi,  individual  hususiyatlari  hisobga  olinib, 

mahsus mashqlar bajartiriladi. 

Fonetik  zaryadka  uyushtirishdan  asosiy  maqsad  o’zlashtirilgan  tovushlar,  so’zlar, 

jumlalarni  darsning  boshlanishida  takrorlatish,  bu  orqali  fonetik,  leksik,  grammatik 

qoidalarni yana bir bor talaba hotirasida tiklash, talabalarni chet tili darsiga hozirlashdir. 

Laboratoriya  mashqlari  mahsus  jihozlangan  lingafon  kabinetida  ta'limning  barcha 

tehnik vositalaridan foydalangan holda  fonogramma, videogrammalar yordamida tashkil 

qilinadi va bu mashqlar talabalar tomonidan individual ravishda bajariladi.  

  

Talabalarning  talaffuz  malakalarini  shakllantirishga  mo’ljallangan  leksik  va 



grammatik  malakalar  bilan  majmuiy  ravishda  darsda  va  laboratoriya  mashg’ulotlari 

jarayonida bajartiriladigan mashqlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: 

 - darsni xorijiy tilda olib borish, yangi jumlalar miqdorini har darsda ko’paytirib borish; 

 - har bir dars boshida avval o’rganilmagan talaffuz materiali yuzasidan fonetik zaryadka 

uyushtirish; 

- o’qituvchi tovushni talaffuz qiladi, talabalar shu tovushni ifodalaydigan harf birikmalari 

yozilgan kartochkalarni ko’rsatadilar; 

 -  o’qituvchi  harf  birikmalari  yozilgan  kartochkani  ko’rsatadi,  talabalar  esa  bu  harflar 

ifodalavchi tovushni kursatadilar yoki ho’r bo'lib takrorlaydilar; 



75 

 

 



 - o’quvchilar so’zlarni eshitadi va ko’rsatilgan tovushni eshitib, qo’l ko’taradilar; 

 - o’quvchilar eshitadi va ko’rsatilgan tovush necha marta ishlatilganini aniqlaydilar; 

 -  o’quvchilar  so’zlar  ichidan  ko’rsatilgan  tovushlarni,  jumlalarni  alohida  ajratib 

yozadilar; 

 - berilgan so’zlardagi tovushlarni talaffuz qiladilar va hakoza. 

Shunday  qilib,  o’zbek  auditoriyasi  talabalarini  ingliz  tili  konsonantlari  tizimiga 

o’rgatishda asosan og’zaki nutqqa va to’g’ri  talaffuz qilishni shakllantiradigan metodik 

usul  va  qoidalar  rioya  qilinishi  lozim  va  bu  tadbirlar  yuqorida  kursatilgan    talablarni 

bajarishga yo’naltirilishi shart.  Mazkur talablarni bajarish uchun tuziladigan mashqlarda 

quyidagi topshiriqlar beriladi: 

 1.  Tovushlar  farqini  aniqlab,  talaffuz  qilishga  o'rgatuvchi  differensial  mashqlarni 

bajarish va bu jarayonda nutq organlari holatiga e'tibor berish; 

2.  Diktordan,  videomaterialdan,  o’qituvchidan  eshitgan  tovushni,  jumlani  taqlid  qilib 

takrorlash va nutq organlari holatini ko'zatish; 

3. Diktordan, videomaterialdan,  o’qituvchidan eshitgan jumla talaffuzini takrorlash; 

 4. Eshitilgan jumlani namunaga qaramasdan takrorlash; 

 5. Eshitilgan jumlaning ohangini aniqlash (tasdiq,  so’roq, inkor); 

 6. So’roq  gap ohangiga taqlid qilish; 

 7. Tasdiq, inkor gap ohangiga taqlid qilish; 

 8.  Matndagi  so’z,  jumlalar  ichidan  o’qituvchi  talaffuz  qilgan  so’z  yoki  jumlani  topib, 

qo’l ko’tarish va o’qish;   

9. Eshitilgan so’z va jumlalarni transkripsiya qilish; 

10. Ingliz undoshlarini ona tilidagi tovushlar bilan qiyoslash;  

11. Namuna dialogni eshitish va uni taqlid qilib takrorlash; 

12. Namuna dialog matnini eshitmasdan o’qish; 

13. Namuna dialogiga qarab o’z dialogini tuzish; 




76 

 

 



 14.  Ayrim  tovushlar  talaffuzini  shakllantirish  va  mustahkamlashda  she'rlar  va  tez 

aytishlardan foydalanish, ularni yod oldirish va boshqalar. 

  

Talaffuzga  o'rgatuvchi  mashqlar  taqlidiy  va  tahliliy  bo’lishi  mumkin.    Fonetik, 



yoki  leksik  birliklarning  mazmunini  tushunmasdan,  biror  bir  namunaga  qarab  o’rganish 

taqlidiy  o’zlashtirish  deyiladi.  Taxliliy  usul  aksincha,  ongli  ravishda  mantiqiy  fikr 

yuritishni  talab  qiladi.    Taqlidiy  usul  tahliliy  usulsiz  qo’llanilsa,  o'quv  materiali  ongsiz, 

tushunilmasdan  o’zlashtiriladi.  Taqdiddan  so’ng  o’rganilgan  tovushning    yozuvda  

ifodalanishi  tahlil  qilib  o’zlashtirilsa,  bunday  malaka  mustaham  bo'ladi.    Talabalarning 

talaffuz  malakalarini  shakllantirishda  faqat    o’qituvchi  talaffuzi  etalon  bo'lib  qolmasligi 

uchun  talaffuzga  o'rgatishda  diktor  yoki  xorijlik  kishi  ijrosidagi  fonogramma  va 

videogrammalardan keng foydalanish zarur. 

        Shunday  qilib,  o’zbek  talabalarini  ingliz  tili  konsonantlariga  o’rgatishda      talaffuz 

meyorlarini  to'g’ri  qo'yish    katta  ahamiyatga  egadir.  Nutqni  tushuna  olmaslik  nafaqat 

og’zaki  nutq    shaklini  o'stirishga  noto'g’ri  ta'sir  qiladi,  balki  yozma  nutqni,  ya'ni  fikrni 

yozma  bayon  qilishga  hamda  o'qigan  matn  mazmunini  to'g’ri  tushunishga  salbiy  ta'sir 

qiladi.  

Talaffuz materiallarini o'rgatishda uchta metod qo'llaniladi: 

1. Imitasiya  yoki tinglab taqlid qilish  metodi. Bunda o'rganilayotgan tovush  yoki ohang 

namunasi  nutq  namunasida  o'qituvchi  tomonidan  bir-necha  marotaba  talaffuz  qilib 

ko'rsatiladi,  keyin  birgalikda  talaffuz  qilinadi,  keyin  esa  tovushlar  so'zlarda  va  nutq 

namunalarida o'quvchilar tomonidan talaffuz qilinadi. 

2. Tushuntirish metodi tovushni talaffuz qilishdan oldin qo'llanilishi ham mumkin, ya'ni 

tovushni talaffuz qilish tushuntirilganidan so’ng taqlid qilish metodiga o'tiladi 

3.  Tahlil  qilish  metodi.  Bu  metod  ko'proq    ona  tilida  yo'q  tovushlarni  o'rgatishda 

qo'llaniladi,  ya'ni  yangi  tovushning  artikulyasion  bazasi  tahlil  qilib  tushuntiriladi. 




77 

 

 



O'quvchilar  tomonidan  tovushni  talaffuz  qilishda  yakka-yakka  talaffuz  qildirish 

maqsadga  muvofiqdir. 

Talaffuzni  o'rgatish  mashqlari  ikki  xil  bo'ladi:  tinglash  mashqlari  va  tinglab, 

qaytarish mashqlari. 

Fonetik  mashg’ulot  (Phone    Drill)    ko'pincha  ikki  ustun  so'zlardan  iborat  bo'lib, 

ikki xil tovushlarni to'g’ri talaffuz qilishga qaratilgan bo'ladi. Bu ishni bajarishda yaxshi 

o'quvchi so'zlarni to'gri talaffuz  bilan o'qiydi, qolgan o'quvchilar qaytaradilar. 

   Ingliz  tilida  undosh  tovushlarni  o’qitish  bo’yicha  mashqlarda  quyidagi 

topshiriqlar berish mumkin.  Ma’lumki  ingliz tilini o’rganishda ovoz chiqarib o’qish va 

so’zlarni transkripsiyasini yozish k’op jihatdan foydali mashqlar sifatida tavsiya qilinadi. 

Ovoz  chiqarib  o’qish  talabaning  talaffuzi  va  matnni  ifodali  o’qish  kabi  ko’nikmalarni 

rivojlantiradi. 

1-  Mashq.      So’zlarni o’qing va takrorlang.   

[p]                    [b]                  [t]                 [d]               [k]                   [g]  

Pay                 back                talk              dance           kind               give 

Park                buy                 table            date             cook              gate 

Page               better             tourist         disco            coffee           guess 

Purple            borrow           tidy              dollar           colour           going 

Postman        business         tennis          different      kitchen        garden  

2-  Mashq. So’zlarni takrorlang  va esda saqlab qoling. 

 

[s]             [z]               [f]                    [v]                [θ]                  [ð] 



Same        Zoo            five                  voice            thanks          this 

Sit             zebra         phone             very             thought        that 

Sister       ea

s

y           family              village          thief             those 



Single      amuse       photograph    visitor         Thursday      they 


78 

 

 



   

3-  Mashq. So’zlarni takrorlang va esda saqlab qoling. 

[

ʃ]                        [tʃ]                    [Ʒ]                  [dƷ] 



Short               chair                 decision          January  

Should            cheap               television        June 

Shout              check                garage             jump 

Shower           choose             pleasure          jacket 

Shopping        cheerful           usually             general 

 

4-  Mashq.  Sh  va  ch  fonemalariga misollar. O’qing va eslab qoling. 



          [

ʃ]                                         [tʃ]                                                    

Information                                   special 

Furniture                                       commercial  

Education                                      temperature               

Insurance                                      examination 

Suggestion                                    picture 

Profession                                    delicious 

Question                                       station                                               

5-  Mashq. So’zlarni talaffuziga etibor bering va yodlang.      

        [w]                            [v]                          [j]                    [l] 

    week                       very                         yes                 last 

    west                        five                          year               less 



79 

 

 



    would                     river                         young            learn 

    wallet                     vacation                    yours            listen 

    white                     verb                            yellow           language                                               

 

6-  Mashq.  Berilgan so’zlardan konsonant klasterlarni toping va tagiga chizing. 



 

Undosh 


fononem-

larning soni  

Undosh 

tovush-


larining soni 

 

Undosh 



fononema-

larning soni  

Undosh 

tovush-


larining 

soni 


1.  Blood 

2.  Jump 

3.  Ticket 

4.  Tablet 

5.  Dollar 

6.  Chair 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



7.  light 

8.  next 

9.  there 

10.report 

11. film 

12.street 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                              

7- 


mashq.  So’zlarni takrorlang . Tovushlarning talaffuziga etibor qarating konsonant 

klasterlarning tagiga chizing. 

1.  Blue  /blu:/                    2.  bring  /bri

ƞ/           3.  Cloudy/klaʊdɪ/           

black /blæk/                       bread  /bred/              clearly /kliərl

ɪ/    


 

blood   /bl

ʌd/                     Britain  /britn/             clean /kli:n/        

blanket  /blæ

ƞkit/             bridge /bridƷ/              clock /klɒk/         

blouse  /bla

ʊz/                   brother/brʌðə(r)/        clothes/kləʊðz/ 

 

 



    

   8 – mashq. Mute consonants (hira yani past o’qiladigan undoshlar) toping va belgilang. 

Climb /cla

ɪm/ 


     corpuscle/k

ɔ:pʌs.l/               Wednesday  /wenzdɪ/               

Comb /kə

ʊm/ 


     muscle/m

ʌsl/                          handkerchief/hæƞgətʃ   




80 

 

 



 gnu /nu:/                    hour/a

ʊə(r)/         

             knob /n

ɒb/ 


  design /d

ɪ’zaɪn/         ghost /gəʊst/                         know /nəʊ/ 

 could /kəd/ 

           autumn /

ɔ:təm/                      island /aɪlənd/ 

should /


ʃəd/                 column /kɒləm/                  isle /aɪl/               

 whistle /w

ɪsl/              sword /sɔ:d/ 

  wrestle /resl/              whole /hə

ʊl/     

  Christmas /kr

ɪsməs/         two /tu:/ 


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish