O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


-mavzu. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi, ijtimoiy- siyosiy



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

6-mavzu. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi, ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy hayot 
Tohiriylar va Somoniylar davrida Movaraunnahr 
 
 
IX  asrga  kelib  O‘rta  Osiyo,  xususan  Movaraunnahrda  arab  xalifaligiga  qarshi  olib 
borilgan  kurashlar  natijasida  mahalliy  sulola  vakillarining  mustaqillikka  bo‘lgan  intilishlari 
kuchayib  ketdi.  Chunonchi,  xalifalikning  ichki  hududlarida  ham  ziddiyatlar  keskinlashib 
borayotgan  edi.  Xalifa  Xorun  ar-Rashid  vafotidan  keyin  uning  o‘g‘illari  Ma’mun  va  Amin 
o‘rtasida  o‘zaro  kurash  boshlanib  ketdi.  Mahalliy  sulola  vakillari  bu  kurashlarga  aralasha 
boshladilar. 
 
Hirot  viloyatining  Bushang  shahridan  bo‘lgan  Tohir  ibn  Husayn  o‘z  nomidagi 
sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o‘g‘li Ma’mun (asli ismi Abdulla 
bo‘lgan)  Xurosonning  noibi  edi.  Amin  va  Ma’mun  o‘rtasida  hokimiyat  uchun  bo‘lgan 
kurashda  Tohir  ibn  Husayn  Ma’mun  tomonidan  turib  Aminga  qarshi  kurashdi.  Ayrim 
manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma’mun xalifalik markazi Bog‘dodni egallaydi 
hamda  bir  necha  yil  mobaynida  Tohir  ibn  Husayn  xalifa  saroyida  yuqori  lavozimlarda 
xizmat  qiladi.  821-yilda  esa  Tohir  ibn-Husayn  Xurosonga  noib  etib  tayinlanadi  (o‘sha 
davrda  Movaraunnahr  ham  Xuroson  tarkibiga  kirar  edi).  Tohir  ibn-Husayn  Nishopur 
shahrini  o‘zining  qarorgohi  etib  tanladi.  U  o‘zi  noiblik  qilayotgan  viloyatlarni  xalifalikdan 
mustaqil  boshqarishni  orzu  qilar  edi.  Natijada  Tohir  xalifalikdan  mustaqil  siyosat 
yurgizishga  harakat  qildi.  Noiblikka  o‘tirgandan  so‘ng  oradan  ko‘p  o‘tmay  Tohir  xutba 
nomozidan  xalifaning  nomini  chiqarib  tashlaydi.  Bu  esa  uning  xalifa  Ma’munga  qarshi 
ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi. 
 
Ba’zi  manbalarda  qayd  etilishicha,  822-yilda  Tohir  ibn  Husayn  Ma’mun  odamlari 
tomonidan  o‘ldirildi.  Uning  o‘rniga  Talxa  ibn  Tohir  (822-830-y.)  noib  etib  tayinlandi. 
Buning  sababi  shunda  ediki,  xalifalik  aynan  mahalliy  hukmdorlarning  kuchidan  arablarga 
qarshi  qo‘zg‘olonlarni  bostirishda  foydalanar  edi.  Xuroson  noibining  muhim  vazifalaridan 
biri  esa  o‘ziga  qarashli  hududlarda  viloyat  hokimlarini  saylash  bo‘lgan.  Xususan,  Tohir 
dastlabki  somoniylar  vakillarini  Samarqand,  Ustrishona,  Farg‘ona  va  Shoshga  hokim  qilib 
tayinlagan. 
 
Talxadan  keyin  taxtga  o‘tirgan  Abdulloh  ibn  Tohir  o‘zigacha  bo‘lgan  noiblar 
siyosatini  davom  ettirdi.  Bu  davrda  Xuroson  noibligiga  Movarounnahr,  Xorazm,  Seyiston, 
Ko‘histon,  Tabariston  va  Jurjon  hududlari  kirgan.  Har  bir  viloyat  bir  necha  ma’muriy 
birliklarga bo‘lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. Abdulloh o‘z 
hokimiyatini  mustahkamlash  maqsadida  ayrim  harbiy  islohotlar  o‘tkazgan  edi.  Bundan 
tashqari  Tohiriylar  yuritgan  siyosatning  xususiyatlaridan  yana  biri,  ularning  islomlashtirish 
siyosati  edi.  Ayrim  ma’lumotlarga  ko‘ra,  Tohiriylar  davrida  O‘rta  Osiyoning  barcha 
hududlarida islom dini tarqaladi. 
 
Tohiriylar  davlat  boshqaruvida  turli  toifa  va  qatlamlar  mavjud  edi.  Shunga  alohida 
e’tibor  berish  kerakki,  Tohiriylar  qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirish  maqsadida  yer-suv 
masalalariga  alohida  e’tibor  qaratdilar.  Shu  soha  bilan  shug‘ullanuvchi  qonunshunoslar 
“Kitob alkuniy” nomli qonunlar to‘plamini tuzdilar. Bu to‘plam yerdan unumli foydalanish 
va sug‘orish tizimi masalalariga qaratilgan edi. 
 
IX  asrning  60-70-yillaridan  e’tiboran  tohiriy  hukmdorlarga  qarshi  xalq  harakatlari 
kuchaydi.  Bu  harakatga  G‘oziylar  boshchilik  qildilar.  (“G‘oziylar”  asosan  ko‘chmanchi 
qabilalar  hujumini  bartaraf  qilish  maqsadida  kambag‘al  hunarmandlar  va  yersiz 
ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin). G‘oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir 
binni  Lays  boshqardilar.  Ular  dastlab  Seyistonda  hokimiyatni  qo‘lga  olgach,  873  yilda 
tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu 
davrdan  e’tiboran  tohiriylar  sulolasi  barham  topdi  va  Xurosonda  hokimiyat  Safforiylar 
(misgarlar,  Yoqub  va  Amir  asli  hunarmand-misgar-”saffor”  edilar.)  qo‘liga  o‘tib  ketdi. 


 
86 
Rasmiy  jihatdan  Xuroson  va  Movaraunnahr  ustidan  hukmronlik  qilib  turgan  tohiriylar 
sulolasining inqirozga uchraganligi  Movaraunnahrdagi  mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la 
mustaqilligini  ta’minlash  sari  harakatlari  uchun  qulay  imkoniyatlar  yaratib  berdi.  Endi  bu 
davrda  somoniylar  siyosiy  maydondagi  kurashda  erkin  harakat  qila  boshladilar  va  ular 
Movaraunnahrda  markazlashgan  bir  butun  davlat  barpo  qilishga  kirishdilar.  Birlashtirish 
g‘oyasini  shaharliklar  ham,  dehqonlar  ham  qo‘llab  quvvatladilar.  Chunki  birlashgan  va 
markazlashgan  yagona  va  qudratli  davlatgina  ko‘chmanchi  qabilalarning  hujumini  daf  qila 
olishi  mumkinligini  ular  yaxshi  bilar  edilar.  Markazlashgan  yagona  hamda  qudratli  davlat 
kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi. 
 
Somoniylar  davlatiga  Somon  qishlog‘i  (Balx  yaqinida,  ba’zi  manbalarda  esa,  - 
Termiz  yaqinida)  oqsoqoli  Somonxudotning  avlodlari  asos  solgan.  Xalifa  Ma’munga 
bo‘lgan sadoqatlari evaziga 819-820-yillarda Somonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, 
Ahmad Farg‘onaga, Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokim etib tayinlandilar. 
 
839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U 
So‘g‘dning bir qismi  va Farg‘onaga hokim bo‘lib oldi. Lekin  somoniylar  davlatini bunyod 
etishda Ahmadning hissasi ko‘proq bo‘ldi. Uning Nasr, Ya’qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is’hoq 
va Homid ismli o‘g‘illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari 
Ahmad va Yahyo boshqardi; keyin hokimlik Nasr (865-892) qo‘liga o‘tdi. 859-yilda Yahyo 
ibn  Asad  vafot  etgach,  Choch  va  Ustrushona  Ahmadning  ikkinchi  o‘g‘li  Ya’qubga  nasib 
etdi. Keyin tashabbus Ismoil ibn Ahmad qo‘liga o‘tdi. Buxoroda tohiriylar mavqei sust edi. 
874 yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari 
iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892)ni hokim qilib jo‘natadi. 
 
Nasr  Movaraunnahrda  markazlashgan  davlat  tuzishga  kirishdi.  Xalq  bu  ishda  unga 
xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston  yaqinida)ni qo‘lga kiritdi. Xalifa Mu’tamiddan 
Movaraunnahrni  boshqarish  uchun  yorliq  olishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Bu  paytda  Buxoroda 
kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe’ bo‘lishni istamadi. 888-yili ikki o‘rtadagi jangda Nasr 
yengildi.  892-yilda  Nasr  vafot  etgach,  Ismoil  Movaraunnahrning  yagona  hukmdori  bo‘lib 
qoldi (892-907). 893 yilda u Tarozni, so‘ng Ustrushonani qo‘lga kiritdi. 
 
Mustahkamlanib  borayotgan  Somoniylar  davlatini  zaiflashtirish  maqsadida  Arab 
xalifasi  898  yilda  Movarounnahr  hokimligidan  Ismoilni  tushirib  uning  o‘rniga  safforiylar 
sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Ismoil 899 va 900 
yillardagi  harbiy  to‘qnashuvlarda  Amr  ibn  Lays  boshliq  safforiylar  qo‘shinlarini  tor-mor 
keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo‘ldi.  
 
Shunday  qilib,  Xorazm,  Isfijob,  Chag‘oniyon  va  Xuttalondan  tashqari  (ularning 
hokimlari somoniylarga tobe’ edilar), ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar 
tomonidan  bo‘ysundirilgan  edi.  Ular  bu  yerda  100  yilcha  hukmronlik  qildilar.  992-yili 
Qoraxoniylar  xoni  Bug‘roxon  Buxoroni  egalladi.  Xurosonda  Abu  Ali  Simjuriy  va  Balxda 
Foyiq  amirga  qarshi  isyon  ko‘tardi.  Nuh  II  yordam  so‘rab  G‘azna  hokimi  Sabukteginga 
murojaat etadi. Sabuktegin 20.000 nafarli qo‘shin bilan kelib, Simjo‘riy va Foyiq kuchlarini 
tor-mor  keltiradi.  Sabuktegin  bu  xizmati  uchun  xalifadan  “Nasir-ud-din  va  ad-davla”  (dinu 
davlat homiysi), uning o‘g‘li Mansur esa “Sayf- ud-davla (davlat shamshiri)” laqabini oladi.  
 
997 yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o‘g‘li Mansur ibn Nuh 
(997-999)ga  qarshi  Nishopur  hokimlari  Bektuzin  va  Foyiq  isyon  ko‘tardilar.  Amirning 
Mansurga  e’tiqodi  zo‘rligini  nazarda  tutib,  isyonchilar  amirning  ko‘ziga  mil  tortadilar. 
Mansur ibn Nuh vafotidan so‘ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh Buxoro taxtiga o‘ltirdi. 
Mahmud  intiqom  bahonasida  Bektuzin  va  Foyiqqa  qarshi  qo‘shin  tortib  butun  Xurosonni 
bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo‘lida faqat Movaraunnahr qoldi. 
 
Ko‘p  o‘tmay  qoraxoniylar  xoni  Nasr  Iloqxon  Buxoroni  zabt  etdi.  Amir  xonadoni 
asirga olindi. Somoniylar davlati tugatildi.  
 
Somoniylar  Movaraunnahr  va  Xurosonda  mustaqil  davlat  tuzish  uchun  avvalambor, 
kuchli  markazlashgan  hokimiyat  tuzish  kerakligini  yaxshi  tushunishgan.  Bu  ayniqsa  Ismoil 


 
87 
Somoniy hukmronligi davrida kunning dolzarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy 
Movaraunnahr  va  Xurosonni  birlashtirishga  va  yagona  markazlashgan  davlat  tuzishga 
muvaffaq bo‘ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha 
islohotlar  o‘tkazdi.  Mana  shunday  islohotlardan  biri  davlatni  boshqarish  ma’muriyatini 
joriy qilish bo‘ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon 
(harbiy  -fuqaro  mahkamalari)  tashkil  etildi.  Ismoil  Somoniy  davlatning  majmuini  tashkil 
etishda Sosoniylar Eron  va Arab xalifaligida qabul  qilingan tajribalardan foydalandi va uni 
zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.  
 
Hokimiyatning  eng  yuqori  pog‘onasida  somoniylar  turib,  ular  amir  unvoni  bilan 
davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma’rifatli 
vazirlari  Abuabdullo  Muhammad  Jayhoniy  va  Abufazl  Muhammad  Balamiylarning 
xizmatlar  katta  bo‘lgan.  Umuman,  Somoniylar  hukmdorligi  davrida  vazirlik  mansabiga 
asosan  shu  ikki  sulola  vakillari  tayinlangan.  Davlat  majmuini  dargoh  va  devonlarga 
bo‘linishi ma’lum darajada rasmiy bo‘lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko‘p xollarda 
devonlarning ishlariga aralashib  turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat  “Sohibi xoras”  qo‘li 
ostida  bo‘lgan.  Sohibi  Xoras  Amirning  farmonlari  bajarilishini  nazorat  qilgan.  Saroyda 
Sharbatdorlar,  Dasturxonchilar,  Tashtadorlar,  Otboqarlar,  xo‘jalik  beklari  kabi  turli 
xizmatchilar  bo‘lgan.  Saroydagi  hamma  xo‘jalik  ishlarini  “vakil”  boshqargan.  Vakil 
saroydagi e’tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy 
hukmronligi davrida o‘n devonga Buxoro registonida o‘nta maxsus bino qurilgan. 
 
Devonlar orasida vazir yoki “xo‘ja buzurg” devoni alohida o‘rin tutgan. Bu devonga 
boshqa  hamma  devonlar  bo‘ysungan.  U  hamma  ma’muriy,  siyosiy  va  xo‘jalik 
mahkamalarini nazorat qilgan.  
 
Davlatni idora etishda “mustaufiy devon” ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu 
devon  davlatning  butun  moliya  ishlarini  boshqargan  va  nazorat  qilgan.  Devon  xazinador 
tomonidan boshqarilgan.  
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish