O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Somoniylar va Qoraxoniylar o‘rtasidagi kurash



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Somoniylar va Qoraxoniylar o‘rtasidagi kurash 
 
 
Qoraxoniylar  davlati  Yettisuv  hududidagi  Qarluq  (756-940)  davlati  o‘rnida  tashkil 
topdi.  Uning  asoschisi  Sotuq  Bug‘roxon  (915-955)  hisoblanadi.  U  942  yili  Bolasog‘un 
hokimini mag‘lub etib, o‘rniga o‘zini hoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila-
yag‘mo va jikil qabilalari birlashdilar. Sotuq zamonida Qoraxoniylar davlati ikkiga bo‘linib 
ketadi.  Birining  poytaxti  Bolasog‘un  bo‘lib,  oliy  hokimiyat  yoshi  katta  bo‘lgan  hoqon 
tomonidan  boshqarilgan;  ikkinchi  davlatning  poytaxti  Taroz,  keyinchalik  Qoshg‘ar  bo‘lib, 
kichik  hoqon  tomonidan  boshqarilgan.  Qoraxoniylar  Somoniylar  davlatidagi  milliy 
nizolardan  ustalik  bilan  foydalandilar.  Hasan  Bug‘roxonning  992-yili  Somoniylarga  qarshi 
yurishi  oldidan  somoniylar  lashkarboshchisi  Xuroson  hokimi  Abu  ali  Simjuriy  u  bilan 
muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa lashkarboshchisi, Balx hokimi Foyiq Raboti 
Malik  yaqinidagi  Bug‘roxonga  qarshi  jangda,  har  tomonlama  ustunlikka  ega  bo‘lishiga 
qaramay taslim bo‘ladi. Iloq hokimi Mansur ibn Ahmad esa, hoqonga tobelik bildirib, uning 
nomiga  pul  zarb  etadi.  Buxorodan  Qoshg‘arga  ketayotganda  Bug‘roxon  kasallanib  vafot 
etadi. Bundan foydalangan Nuh ibn Mansur taxtni qayta egallaydi.  
 
996-yili  Qoraxoniylar  xoni  Nasr  Buxoroni  yana  bosib  oladi.  Somoniylar 
lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo‘lidagi urinishlari 
1005-yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G‘aznadagi noibi Sabuqtegin 997-
yilda  vafot  etdi.  O‘rniga  uning  o‘g‘li  Mahmud  G‘azna  hokimi  bo‘ldi.  Somoniylar  amiri 
Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta’sirida edi.  
 
1001-yilda,  Sulton  Mahmud  Qoraxoniylar  xoni  Nasr  bilan  shartnoma  tuzib, 
Amudaryoni  ikki  o‘rtadagi  chegara  qilib  belgiladi.  Somoniylar  davlati  o‘rnida  ikki  ulkan 
davlat tashkil topdi:  


 
91 
 
Birinchisi-Qoshg‘ardan  Amudaryogacha  cho‘zilgan  Sharqiy  Turkistonning  bir 
qismida, Yettisuv, Shosh, Farg‘onaning qadimgi hududlarini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar 
davlati. 
 
Ikkinchisi-Shimoliy 
Hindiston 
sarhadlaridan 
Kaspiy 
dengizining 
janubiy 
qirg‘oqlarigacha  cho‘zilgan  hamda  hozirgi  Afg‘oniston  va  shimoliy-  sharqiy  Eronni  o‘z 
ichiga olgan G‘aznaviylar davlati edi.  
 
Iloq  hokimlari  nomigagina  qoraxoniylarga  qaram  bo‘lib,  o‘z  yurtlarini  mustaqil 
ravishda  boshqarganlar.  Iloqdagi  dehqonlar  sulolasining  asoschisi  Mansur  ibn  Ahmadning 
o‘g‘li  Muhammad  ibn  Mansur  (1004-1008)  bo‘lgan.  Uning  o‘g‘li  Abushujo  Solor  ibn 
Muhammad (1008-1009) qoraxoniylar xoni Ahmad ibn Aliga qaram bo‘ldi. Iloqda Nasr ibn 
Alining  uchinchi  ukasi  Muhammad  ibn  Ali  (1010-1015)  Inoltegin  laqabi  bilan  pul  zarb 
qilgan. Unga Iloq, Xo‘jand, Taroz mulklari tobe bo‘lgan. Chug‘rotegin Husayn ibn Mansur 
(1016-1030),  Muhammad  Yusuf  Bug‘roxon  (1032-1057)ning  poytaxti  Shosh  edi. 
To‘g‘rultegin  Qoraxon  Yusuf  (1068-1075)  zamonida  Iloq  Sharqiy  Qoraxoniylar  davlatiga 
qaram bo‘lgan.  
 
XI asr o‘rtalarida tamg‘ochxon unvonini olgan qoraxoniy  Ibrohim ibn  Nasr  g‘arbiy 
Qoraxoniylar davlatining poytaxtini O‘zgandan Samarqandga ko‘chirdi.  
 
1068-yilda,  Movarounnahrda  qoraxoniy  Ibrohim  ibn  Nasr  o‘g‘illari  o‘rtasida  taxt 
uchun kurash boshlandi. Kurashda Shamsulmulk g‘alaba qozondi. Shamsulmulk Abulhasan 
Nasr ibn Ibrohim (1068-1080) davrida Buxoroda katta qurilish ishlar olib borilgan.  
 
1080-yilda  Shamsulmulk  vafotidan  keyin  Movaraunnahrda  hokimiyat  uchun  kurash 
avj oladi. Bundan foydalangan saljuqiy sulton Malikshoh 1089-yili Movaraunnarga bostirib 
kirdi.  Buxoro  va  Samarqandni  zabt  etib,  xon  Ahmadni  asir  oldi.  Ammo  Ahmad  bilan  sulh 
tuzib  uni  o‘z  taxtida  qoldiradi.  Qoraxoniy  Ahmadning  saljuqlarga  itoatkorligi  amirlar  va 
ruhoniylar noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1095 yilda o‘ldirildi.  
 
Ahmaddan  so‘ng  taxtga  o‘tirgan  Arslonxon  (1102-1130)  zamonida  qoraxoniylar 
garchi  yarim  mustaqillik  sharoitida siyosat  yurgizgan bo‘lsalar ham, Samarqand shahrining 
obodonligi  bo‘yicha  katta  ishlar  qildilar.  Harbiy  qo‘mondonlar  va  ruhoniylar  Arslonxon 
hokimiyatidan  norozi  edilar.  Arslonxon  betobligi  tufayli  hokimiyatni  o‘g‘li  Nasrga 
topshiradi.  Lekin  fitnachilar  Nasrni  o‘ldiradilar.  Arslonxon  Marvdan  Sulton  Sanjarni 
yordamga chaqiradi. Bundan foydalanib, Sanjar 1130 yili Samarqandni egallaydi. 
 
XII  asr  boshlarida  qoraxitoylar  Bolasog‘unni  egallaydilar.  1138  yilda  qoraxitoylar 
go‘rxoni  Sulton Sanjarning  qarindoshi,  Samarqand  hukmdori  Mahmudni  Xo‘jand  yaqinida 
mag‘lub etadi. Shahar talanib katta tovon undirilgan bo‘lsa-da, bosib olinmadi.  
 
1141  yilda  qoraxitoylar  yana  Movarounnahrga  bostirib  kirdilar.  Bu  gal  jang 
Samarqand  yaqinidagi  Qatvon  cho‘lida  bo‘ldi.  Jangda  sulton  Sanjar  bilan  Mahmudning 
birlashgan  kuchlari  tor-mor  keltirildi.  Har  ikki  tomondan  30  mingga  yaqin  kishi  o‘dirildi. 
Sulton  Sanjar  va  Mahmud  Termiz  tomon  chekindilar.  Sulton  Sanjar  xazinasi,  uning  xotini 
Turkonxotun go‘rxon qo‘liga o‘lja tushdi. Qoraxoniylar Samarqand va Buxoroni egalladilar.  
 
Samarqandning  qoraxoniylar  sulolasiga  mansub  bo‘lgan  keyingi  xonlari,  ya’ni 
iloqxonlar quyidagilardir: 
 
Muhammad  ibn  Husayn  (1170-1176),  Muhammad  Oqtosh  Tamg‘achxon  (1176-
1179), Ibrohim ibn Husayn (1178-1202), Usmon ibn Ibrohim (1102-1212). 
 
O‘zganda  Qodirxon  ibn  Ibrohim  ibn  Husayn  (1183-1210),  Iloq  (Shosh)da  (poytaxti 
Binkat)  Shoh  Qilichxon  (1177-1183),  Tamg‘ach  Hoqon  (1195-1197),  Oqtosh  Chag‘rixon 
(1197-1206) hokim edi.  
 
So‘nggi  qoraxoniylar  qoraxitoylarga  tobelikdan  qutulgan  edilar.  Biroq  1212  yilida 
Alovuddin  Muhammad  Xorazmshoh  g‘arbiy  qoraxoniylar  davlatining  hoqoni  Usmonni 
o‘ldirib, Samarqandni o‘z mulklariga qo‘shib oldi.  
 
Qoraxoniylarda Qoshg‘ar va Bolasog‘un poytaxt sanalib, ulug‘ xon shu shaharlardan 
birida qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ hoqon yoki ulug‘ xon ul-hoqon degan nomda yuritilgan. 


 
92 
Arab  manbalarida  mazkur  unvon  sulton  ul-salotin,  fors  tarix  asarlarida  shahanshohga 
muvofiq  keladi.  Aynan  yuqoridagi  oliy  unvon  qoraxoniylar  davri  kitoblarida  tamg‘ochxon 
deb ham yutirilgan. 
 
Qoraxoniylarga  qarashli  yerlar  tamg‘ochxon  tomonidan  uning  o‘g‘illari, 
qarindoshlari  o‘rtasida  taqsimlangan  edi.  Shu  bois  yer-mulk  masalasida  ota-o‘g‘il,  amaki, 
jiyanlar  hamda  aka-uka-yu  amakivachchalar  o‘rtasida  doimiy  nizolar  yuz  berib,  u  siyosiy 
ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan. 
 
Yettisuvdan  turib  Movaraunnahrni  boshqarish  qiyin  bo‘lgan.  Qoraxoniylar  davrida 
Samarqand iloqxoni ancha kuchayib ketgan edi. Saroyda somoniylar davlatida bo‘lganidek 
vazir,  sohibbarid,  mustavfiy,  hojib,  rais-muhtasib  kabi  amaldorlar  bo‘lgan.  Qoraxoniylar 
davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqeyi kuchli edi. 
 
Qoraxoniylar  davlati  boshlig‘i  lavozimi,  hoqonning  taxti  merosiy  sanalgan. 
Ma’muriy  idoralar  ikkiga  bo‘lingan:  dargoh  va  devonga.  Xoqonning  ulug‘  hojibi  xoqon 
bilan  fuqaro  o‘rtasida  vositachilik  qilgan.  Hoqon  saroyida  quyidagi  amaldorlar  bo‘lgan: 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish