Islom dini. O‘rta Osiyoga arab bosqinining
dastlabki davri. Qutayba yurishlari
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi
davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O‘rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireneya
yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga
xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy
ma’lumotlarni arab, musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-
Balazuriyning “Futuh al buldon” (Mamlakatlarning fath etilishi), at-Tabariyning “Tarixi
rasuli va muluk” (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga
mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko‘chmanchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |