Abu Rayhon B eruni ysiz (973 -1048 - y.) t as avvur qilis h mumkin em as . U o‘z
zamonasi ning barcha fanlari - fizika, m at ematika, ast ronom i ya, geodezi ya,
tarix, geogr afi ya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘l gan.
U 362 hijri y yi l i (973 - y.) Xorazmning qadim gi Kat s hahri da t ug‘i ldi. O‘sha
davrda Kat shahri Xorazmshohl ar - Afri g‘i yl ar sulol as ining po yt axti bo‘li b,
O‘rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va
Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bog‘lab turuvchi savdo va madaniy
markazlaridan bi ri edi . Afsuski , Beruni yning zam ondoshi Ibn S inoniki ga
o‘xshagan tarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning uchun u
boshlang‘ich ta’limini kimdan, qachon olganligi haqida aniq ma’lumotlar
yo‘q. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm -fanga juda ham qiziqqan,
qobiliyatli, mehnatkash bo‘lgan.
U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni -so‘g‘diy,
fors, hind, yunon va qad im gi yaxudi y til larni ham o‘rgangan. U Hi ndistonda
bo‘lar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit
102
tilini ham o‘rganadi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko‘zga
ko‘ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan b irga u shoh
Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida
ham faol qatnas hadi.
Beruni y Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozi shma olib
borgan. Biz gacha ularning s avol -j avobl ari dan 18 t asi yeti b kel gan. Bu
yoz ishm al ar B eruni yning tabi at fals afasi va fizika masalal ari bilan qanchal ik
qiziqqanli gidan
guvohl ik
beradi.
Savol -j avobl arni ng
mazm unida
Ari stot elni ng aql bilan hi s eti sh orqali chiqargan xulos alari ga Beruni y
o‘zining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarin i qarshi qo‘ygan. Ibn
Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi.
Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay,
Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun
o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni
tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu
yerda m as hhur tabi b, ast ronom, fa yl asuf Abu S axl Is o al -M asixi y bil an
tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri
bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza
boshl agan.
Tarixdan ma’lumki, 1017 -yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib
oladi va Beruni yni ham Xorazm shoh s aro yi dagi bi r qancha oliml ar qat ori
G‘azna shahriga olib ketadi. Beruniy G‘azna shahrida 1017 yildan to 1048
yilgacha hayot kechirgani ma’lum. Bu yillar Beruniy hayotida o‘ziga xos
davr bo‘ladi. Bir tomondan g‘urbatda yashagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan
ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri bo‘ladi. Beruniy faoliyatini
o‘rganuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, ya’ni davlat ishlariga
aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim o‘zining butun bo‘sh
vaqtini ilmi y-t adqiqot ishl ari ga s arfla ydi.
Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. U
o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda
Ptolem e y fi kri ga suyansa ham, am alda yerni ng harakati haqi da Pt ol eme y
tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U “Geodeziya” asarida
geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarn ing to‘g‘riligiga shubha
bilan qaraganli gi ni ochiqdan -ochi q bayon et adi. Bu bil an u dun yoning
geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qo‘shganlardan
biri his obl anadi .
Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U matematika
masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar
nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi.
Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko‘pchiligi Beruniyni trigonometriya
fanining rivojiga qo‘shgan his sasini juda ham yuksak baholashadi. Ular
Beruni yning tri gonomet ri yani ng m at emat ikada m ust aqil fan s ifatida qaragan
olim sifatida ko‘rsatmoqdalar.
Beruni y 1030 - yi lda “Hi ndis ton” nomi bi lan m ashhur bo‘l gan eng yi rik
asari ni yoz adi . Bu asar juda katt a ahami y ati ga ega bo‘l gan as ar bo‘lib, bu
haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr -mulohazalarini
bildi rganl ar. Beruni yning bu asari usti da 20 yil ish ol ib borgan E.Zaxau
uning arabcha t anqidi y t eksti bil an ingilizcha t arjim asini 1888 - yilda
Londond a nashr ett i radi. Ana shu olim “hindshunosli kda Beruni yga t eng
keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bo‘lganligini
bilmaymiz”-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen “Hindiston” asari
103
qadimgi va o‘rta asr g‘arb va sharq adabiyotida “misli ko‘rilmagan”-deb
baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa “O‘rta asr va yangi zamon
muall ifl aridan hech biri Hind m adani yat i ning chi gal m as al alarini ilmi y ruhda
tushunish bo‘yicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi.
Beruniyning “Hindis ton” asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga o‘z
muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir” -degan edi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida jo yl ashgan Afshona
qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qigan, bilimdon kis hi bo‘lib asli
Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush
tarzi tizimi bo‘yicha “Qur’oni Karim”ni yoshlik chog‘idan yod ola
boshl a ydi. Bu bil an kifo yal ani b qolm asdan ot as i unga fals afa, hind hisobi
kabi sohalarni ham o‘qita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an -Nashali degan
kishini o‘g‘liga murabbiy qilib oladi. U o‘spirinlik yillarida, 16 yoshida
shunchalik chuqur shug‘ullanganki, hatto biron -bir kecha ham to‘yib
uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan bunday shug‘ullanish, ko‘p vaq tlar
davomida amalga oshirgan mashaqqatli mehnat tez orada o‘z samarasini
beradi, u 17 yos hida yoq olim si fatida shakllanib, t abi b degan nom chi qara
boshl a ydi. Mukofot sifatida saro y kutubxonasidan fo ydal ani sh imkoni yat i ga
sazovor bo‘ladi.
Biz ko‘rib chiqa yotgan davr siyosiy tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga
ega edi . Bu vaqt da i kki s ulol a (Qoraxoni yl ar va Somoni yl ar) tarix sahnasida
hukm ronlik uchun kurash olib bormoqda edi . M aml akatdagi bunda y
beqarorlik fan arboblarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmas dan qolmas
edi. Ibn Sino ham o‘sha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi sifatida
nom chiqargan Ma’mun (999 -1016) saroyiga boradi. U yerda o‘sha davr
mashhur ol im, fa yl asufl ari Abusaxl M asixi y, tabib Abul Xa yi r Xommar,
qomus i y olim sifati da but un dun yod a t an olingan Abu R a yhon Beruni y va
boshqa mas hhur oli mlar bor edil ar. Am mo olim ning tinch ij odi bu yerda ham
ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach u Hamadonga
jo‘naydi. O‘sha davrda Hamadon hukmdori Shams ad -Davla degan kishi
bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham
tuzatib yuboradi va evaziga vazir etib tayyorlanadi. O‘sha davrda ham saroy
fisqu-fasod, is yonl ar u yasi edi. Ana shunda y fis qu -fas odlar t ufa yl i u
zindonga t ashl anadi. Isfaxon hukmdori Alou ddavla Ham adonni bosib ol gach,
u zindondan ozod qil inadi.
Ibn Si noni ng zamondoshi , uni ng shogi rdi J urjoni yni ng yozi shicha u
jismoniy
jihatdan
juda
baquvvat
bo‘lgan.
Biroq
shaharma -shahar
darbadarlikda yuris h, yuqorida qa yd qil ganimizdek, kechalari uxlam as dan
uzluksiz ishlash va ta’qib ostiga olishlar olimning salomatligiga ta’sir
ko‘rsatadi va u 428 xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57
yoshi da vafot et adi .
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo‘lib, o‘z davrining deyarli
barcha fanl ari bilan muvaffaqi yatl i ravi shda shug‘ull angan va ularga oid
ilmi y as arl ar yarat gan. Turli manbalarda uning 450 dan ort iq as arlari qa yd
qilingan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan
va biz gacha faqat 242 t asi yet ib kel gan.
Ibn Si noni ng t og‘larni pa ydo bo‘lishi to‘g‘risidagi juda ajo yi b fikrl ari,
minerologiya va geologiya fanlariga qo‘shgan hissasi juda salmoqlidir.
Jumladan, u minerollarni to‘rt guruhga bo‘lib, ularning original
klassifikatsi yas ini t aklif et adi. Bu kl assi fikatsi ya t o X IX as rgacha de yarli
o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Olimning minereologiya sohasidagi ishlarining
104
muhimligi ta’kidlanib, 1956-yilda O‘zbekistonda topilgan mineral Avitsenit
deb atal gan.
Ibn Sino botanika masalalari bilan ham ko‘p shug‘ullangan. Chunki
tabobatda ishl atil adigan dorivor moddal arning aks ari yati o‘simli klardan
olinadi. M as hhur s hved bot ani gi Karl Li nne y (1707 -1778) Ibn Sinoning
botanika sohasidagi xizmatlarini ta’kidlab, tropik mamlakatlarda dengiz
suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qo ladigan bir daraxtni Avitsenna
deb atadi. Ham G‘arbda, ham Sharqda “Avitsenna” va “Shayxur -Rayis” nomi
bilan shuhrat qozongan bobokalonimiz haqiqatan ham mustaqil O‘zbekiston
yoshlari qalbida o‘z tarixi va bobokalonlari bilan faxrlanish his -tuyg‘ularini
u yg‘ot adi .
Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy (960-1041-y.) taxminan 960-yilda
Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning
uchun ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib
chiqib Rudakiy bo‘lib hisoblanadi. Yana bo shqa manbalarda aytilishicha,
o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli musiqa asbobi
bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, shuning uchun ham shoir
taxallusini shu asbobdan ol gan deb ham hisobl a ydil ar.
Rudaki yning tarjim ai holi g a bag‘i shl angan barcha manbalarda uni
kambag‘al oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi
chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. Yosh shoirning o‘zi
she’rlar yozishi va musiqaga bo‘lgan bunday muhabbati tez orada uni
mashhur qi lib yuboradi. Bu davrda she’ri yat , a yni qs a, s aro y she’ri yat i,
qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga ko‘tarib maqtash
keng avj ol gan edi. Qasidanavislikdan asosi y maqs ad, uning mohi yati m aqtov
kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha kis hini shaxsni ulug‘lashtirish
bo‘lgan. Rudakiy esa ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta
bo‘lgan. Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif
qiladil ar. U davrda hokimi yat t epasi da Nasr ibn Ahm ad turardi.Shu davrdan
boshl ab, uni ng ha yo tida s aro y davri boshlanadi. Saro y ha yot i o‘zini ng o‘ta
murakkabli gi bil an ajrali b t urgan, fi squ -fas odl arga to‘l a bo‘l gan. Rudaki y
qarigan vaqtida saroydan quviladi va qolgan umrini o‘zining ona qishlog‘ida
faqirlikda o‘tkazadi. Saroydan quvilayotg an paytda uning ko‘ziga mil tortib,
ko‘r qilinadi.
Rudaki y fors -tojik s he’ri yatini ng asoschilaridan biri his obl anadi. XI
asr shoi ri R ashi di yning a yti shi cha, R udaki yning bi r mi llion uch yuz ming
bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming b ayt, ikki
qismda ellik ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar yetib kelgan, xolos. Bu
asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini
og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik
qilishga chorl a ydi .
Rudaki yn ing she’ri yati ha yot l azzati , ha yotning o‘zi us tod ekanl i gi,
undan ko‘p narsalarni bilib, o‘rganib olish mumkinligini ta’kidlaydi va
shunday qilish lozim ekanligini uqtirishga harakat qiladi. Hayot ta’limi
butunlay boshqacha ta’lim ekanligini, uni ba’zida shirin, ba’zida achchiq
ekanligini ko‘rsatadi. Bunday ta’limni hech bir o‘qituvchi bera olmasligini
uqti radi.
Har bir kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgata olmas hech bir muallim.
Bizgacha Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, “Davroni
oftob”, “Si ndnom a” kabi poem alardan parchal ar yetib kel gan. Rudaki yning
105
asarl ari haqida gap yuri tar ekanmiz, uni ng tili sodda, keng xalq omm asi ga
juda ham tushunarli bo‘lganligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham u keng xalq
ommasi orqali shuhrat topgan. Uni ng as arl ari hozirgi o‘z bek tili ga ham
tarjim a qil ingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |