97
7-mavzu. O‘rta Osi yo xalqlari h ayotida IX -XII asr larda yu z b ergan
uyg‘onish davri. Ajdodlarimizning jahon svilizatsiyasiqa q o’shgan
hissasi
IX-XI I as rl ar madaniy yuks alishinin g s hart -sharoi tlari.
Il m-fan
Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy
Yevropa maml akatl arda XIV -XVI asrl ardagi ri vojl ani shining o‘zi ga xos
xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish”
atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o‘z asarlarida
ishlatadi. “Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari XIV -XVI asr ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr
merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyatni qaytadan “tirilishi”,
“uyg‘onishi” ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama
keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX -XII
asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o‘ziga xos
xususiyatlarni ham “uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd
qilinganidek, shartli dir deb hisobla ydil ar.
IX-X II asrlar O‘rt a Osi yo xalqlari t arixida moddi y va ma’navi y
ha yotni ng rivojlanis hida oldi ngi davrlarga nisbat an kes kin yuks alis h davri
bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni
fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy -
iqtisodi y va ma’navi y ha yot Arab xalifali gi t art ib -qoi dal ari ga butunla y
bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom
dini gi na em as , balki arab t ili va uni ng i mlosi ham jori y eti l di. Chunki arab
tili xalifalikning davlat tili bo‘ lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu
sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan.
Is lom ni qabul qil gan aholi ning arab til i bil an muloqoti , ibodat vaqtl arida
qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mah alliy zodagonlar
arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy
mavqel arini ti kl ab uni must ahkaml ashning garovi deb hisobla ydil ar. Arab
tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay
Movaraunnahrda xat to o ‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yoz uvi o‘zl asht iri b
olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan sari kengayib,
ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib
qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga
muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan
bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi.
Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng
yo yi li shi ga imkoni yat yarati b berdi . Am mo VIII as r oxiri IX asr boshl arida
bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik
markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora
qi yinl as ha boshl adi .
821 yi lda Xuroson va Movaraunnahrni ng noibi etib ta yi nl angan Tohir
ibn Husa yn xali fal ik o‘ yl agani dek si yosat yurgizmadi. U xali fa nomini xutba
nomozidan chiqarib tashlashga ko‘rsatma berdi. Tohiriylar shunday qilib
so‘zda o‘zlarini xalifalikning noibidek ko‘rsatsalar -da, amalda mustaqil ish
yuri tish harakat ini boshl ab yubo rdil ar. Bu borada diqqat ga s azovor tom oni
shundaki,
tohiri yl a r
nafaqat
si yosi y
mustaqillikka
i ntildil ar,
bal ki
98
xo‘jalikning ko‘pgina tarmoqlarini o‘zlari xohlaganday tartibga solishga
harakatlar qildilar. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida s uv
ta’minotini yaxshilashga katta e’tibor qarata boshladilar. Katta -katta ariqlar,
kanallar qazdirdilar. Suv ta’minoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib,
bu ishni aniq tarti b -qoidaga bi noan olib bori sh l ozimli gi ni is botl ab berdil ar.
Shunda y qili b, m us taqil davl atl arning pa ydo bo‘lish uchun zami n pa ydo
bo‘ldi.
873 - yil da Tohiri yl a r hukm ronl i gi o‘rniga S affori yl ar hukmronli gi
o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida Movarounnahrni Xurosondan ajralib, o‘z
mustaqilligini tiklab olishi uchun asos bo‘ldi. IX asrning oxirgi choragida
Movarounnahr Somoniylar qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada
must ahkaml ab ol adi . Somoni yl ar sul ol asining eng yi ri k vakillari dan bi ri
bo‘lmish Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni
muvaffaqi yatli ravis hda udda sidan chiqadi.
Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq davlatlarining
boshqaruv an’analarini chuqur o‘rgangan holda, ularga suyanib, zamon
talablarini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat
qildil ar.
Movaraunnahr deb at al adi gan bu hududda must aqi l davlatl arni ng
tashkil topishi ul arda si yosi y barqarorli k, iqti sodi y ri vojl anish va madani y
hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand,
Urganch va M arv kabi s haharl ar ilm -fan va m adani yat m arkazl ari sifati da
shakll anib, rivojlana bos hladi.
O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar,
G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar
xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e’tibor va
nufuz ga ega bo‘ldil ar. Ahm ad Nas r, Ismoil Somoni y, Al pt aki n, Mahmud
G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va
uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning
barcha
j abhalarida
yuksalishl arga
eris hildi ,
davl a t
hokimi yati
must ahkaml andi, ni sbat an tinchl ik, os o yishtali k va barqarorlik vujudga
kel di.
Tarixchi Abu Mansur as -S aol obi yning Somoni yl ar Buxorosi ga bergan
ta’rifi butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX -XIII asrlardagi ahvoliga
tegishlidir: “...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or
kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z
davrining fozillari yig‘ilgan (joy) edi”. O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli
bilan
yaqinlashdil ar.
M aml akatni
boshqari shda
ularni ng
bilim i
va
maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z
saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar bo‘yicha
qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va
shoi rl ar, kutubxonal ardagi nodi r qo ‘l yoz ma as arlar bil an m ag‘rurl anardil ar.
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda
O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan
avl od-aj dodl arimiz bu davrga kel ib ko‘paya bordi . Bag‘dod s hahri S harqning
ilm-fan markazi sifatida ol am ga t anil di, chunki IX asrda bu yerda “Ba yt ul -
hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.
Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida
(995-997 - y.) “Doni shmandl ar u yi ” -“Ba yt ul-Hikm a”-“M a’mun akadem i yasi ”
(Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning
mashhur va ma’lum olimu -allomalari tahsil ko‘rganlar. Ular orasida Ahmad
99
Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning
noml ari bor.
Muhamm ad ibn M uso al -Xorazmiy (783-850) qadim gi Xorazm
diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. G‘oyatda o‘tkir zehn egasi va noyob
qobiliyat sohibi bo‘lgan al -Xorazmiy yoshlik chog‘idan boshlab aniq va
tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hi nd va yunon tillarini
egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U
dastlabki ta’limni xususiy muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning
yirik ma’rifat markazlaridan biri bo‘lgan Marv madrasasida o‘qidi. Xalifa
Xorun ar-R as hidning o‘g‘li Ma’mun x ali fal ik t axti ga o‘ti rgach (813 y.)
Muhamm ad Mus o al -Xorazmi yni o‘zi bilan birga Bag‘dodga olib ket adi va u
yerda tashkil etilgan “Bayt ul -Hikma”ga boshliq etib tayinladi. Bag‘dodda u
Suri ya, Iroq, Eron, Xuroson va M ovaraunnahr olim l ari bi lan ij od qi ladi.
Xorazmi y m at em atika, geom et ri ya, ast ronomi ya, geografi ya, tarix ilmi
va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr al muqobala”
(“Tenglamalar va qarshilantirish”), “Hisob al -Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab
surat al-Arz ” (“Yer surati haqi da ki tob”), “Kit ab at -Tarix” (“Tarix kitobi ”),
“Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) kabi
asarl ari olim ga j ahonshum ul shuhrat kel tirdi . Xorazmi y yarat gan 20 t adan
orti q as ardan bizning davri miz gacha faq at 10 t as i gina yet ib kel gan.
Xorazmiy ijodi merosida “Aljabr va al -muqobala” kitobining ilmiy
ahami yati niho yatda bu yukdi r. Bu kit obi bilan u m at em atika t arixida biri nchi
bo‘lib algebra faniga asos soldi. “Al -gebra” atamasi ushbu kitobning “al -
jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa
matematikada “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al -
jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish,
bino qurish, m erosni taqsiml ash va bos hqa t ur li his ob va o‘l chov is hlarida
dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq
Is pani yada l otin tili ga tarjim a qili nadi va qa yt a ishl anadi. Keyi nchalik asrlar
davomida Yevropa olimlari Xorazmi y asarlari ni qa yt a -qa yt a is hlab, u as osda
asarl ar yoz adi lar. Xorazmi yning arifm etik ris olasi hi nd raqaml ari ga
asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi Yevropada, qolaversa, butun
dun yo t araqqi yotida bu yuk ahami yat kasb etdi, al gebrani must aqi l fan
darajasiga ko‘tardi.
Olimning “Kitob at -Tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson , Kichik Osiyo
va Movarounnahrning VIII - IX as rl ar t ari xiga oid qi sqa va aniq ma’lum otl ar
o‘z ifodasini topgan. Xorazmiyning “Zij” (“Astronomik jadval”), “Quyosh
soati haqida risola” asarlari falakiyotshunoslik fanining rivo jlanish
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
Abul Abbos Ahm ad ibn Muhamm ad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865
yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg‘oniy o‘z asarlari
bilan fan tarixida katta iz qoldi rdi . U m at ematika, geografi ya, ast ronomi ya ,
tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda
ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Baytul -Hikma” bilan
bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga
munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida
shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va
mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an -Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari
haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al -
Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal
qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash
100
risolasi”, “Yetti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining
qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Mi sr, Hindiston, AQSh va
Rossi yada saql anmoqda.
Ahmad Farg‘oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon
fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. U 812 yilda quyosh
tutilis hini ol dindan bas horat qilib berdi, yerning dum aloq ekanli gin i ilmi y
dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda ko‘rilishini,
tutilis hini hamma joyda har xil kuz atis h mumkinl i gini izohlab berdi.
Ahmad Farg‘oniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan
sohasida bo‘lishidan qat’iy naz ar g‘oyatda pishiq, puxta va nihoyatda
mukammal bo‘lgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima
qilinganli gi va Yevropaga tarqal ganli gi bu fi krning isbotidi r. Yevropali klar
Ahmad Farg‘oniyni “Al Fraganus” deb ataganlar. Uning asarlarini lotin,
nemi s, i ngliz, frans uz, rus va boshqa till arga t arjim a qi l ganl ar.
Abu Nasr M uham mad i bn Muhammad Forobiy 873 - yi l da Forob
(O‘tror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko‘rgan va 951 -yilda
Dam as hqda vafot et gan.
O‘rta Osiyoning yirik qomusiy olimlarid an biri, Sharq uyg‘onish
davrining eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobi y
avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o‘rgandi.
Bag‘dodga
kelgach
fanning
turli
sohalari
bo‘yicha
bilimlarini
chuqurl ashti ris hda dav om et di. U il mi y daraj asi ni os hirgach, fanning de yarli
barcha sohalarini egall ab, 160 dan orti q asar yozdi. Forobi yning ri yozi yot,
fal aki yot , tabobat , musiqa, falsafa, til shunoslik va adabi yo tga oi d asarl ari
butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan “Aristotel ning “Metafizika” asari
maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”,
“Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“Shaharlar ustida
siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”,
“Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa
kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar
bu yuk olimni ng i lm va dun yoqarash doi rasining beqi yos darajada kengli gi va
chuqurli gi dan dal olat beradi .
Forobi y fanning nazari y va falsafi y t omonl ari ni yoritis hga harakat
qil gan. U Plat on, Ari stot elni ng barcha fals afi y, t abii y, il mi y as arlari ga,
Ptolem e yning osmon jismlari harakati, Aleks andr Afrodi yni ng ruh haqi dagi
psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot bo‘yicha asarlari, Epik ur, Zenon,
Yevkli d ris olal ari ga taqriz va sharhl ar yozdi. Agar ilm -fan rivojidagi
o‘zining qo‘shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel “Birinchi muallim”
unvoniga sazovor bo‘lsa, Forobiy donishmandligi, Aristotelni yaxshi
bil ganli gi, qomus i y aqli va ilm -fan t araqqi yoti ga qo‘shgan katta hiss asi
uchun “Al-muallim as-Soniy - “Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli” degan
mu’tabar unvon oldi.
Forobiyning “Inson tanasining a’zolari haqida”gi risolasi tibbiyot
ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bag‘ishlangan . “Astrologiyaning
to‘g‘ri va noto‘g‘ri qoidalari haqida”gi risolasida astrologlarning ruhiy va
ijtimoi y
hodi sal ar
va
jara yonl arni
osmoni y
jisml ar
haqi dagi
ilmi y
taxminlariga asoslangan faoliyatini, yolg‘on tasavvurlar va uydirmalardan
farql ash z arurli gini t a’kidl a ydi.
Olimning ko‘p jildli “Musiqa haqida katta kitob” asari musiqa ilmining
katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. U
yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bo‘lgan.
101
O‘rta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilm tasnifi
bo‘yicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari g‘oyatda qimmatlidir. U “ilmlarni
kelib chiqishi haqida”, “Ismlarning tasnifi haqida” va boshqa risolalarida
o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va
tafsilot ini beradi .
Forobi yning il mi y - falsafi y m erosi x alqim izning bu yuk ma’navi y
boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bo‘lib xizmat
qilib kelmoqda.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959) Buxoro
yaqinidagi Nars hax (hozi rgi Vobkent tumanida) qishl og‘ida 899 - yi lda
tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda
kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari bizgacha yetib
kelgan. Asar qo‘lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy
adabi yotl arda “Tarixi Narshaxi y”, “Taxqiq ul -Vilo yat ” (“Vil o yat haqiqatini
aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan
at alib kel ingan. As arning t url i nom lar bi l an at alis hi ga ham s abablar bor. Bu
asarning Narshaxi y tomonidan yozil ga n dastl abki asl nusxasi saqlanib
qolm agan. Uni ng bi zgacha yetib kel gan qismi 1128 yi lda Quva s hahri dan
bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al -Quboviy arab tilidan
fors til i ga qi sqarti ri b tarjim a qil gan nusxasidi r. Undan ke yingi yill arda ham
Narshaxi yni ng as ari bir necha tahri rlarga uchragan, ba’zi matnl ari
qisqartirilgan va so‘nggi voqealar asosida to‘ldirilgan. Abu Nasr Ahmad
Qubavi y asar m atni ni qisqartiri sh bi lan chegaral anma y, balki Tabari y, Abu
Hasan Nishopuriyning “Hazoiq ul - ulum”, Ibrohimning “Axbar-i
Muqanna” kabi asarlaridan foydalanib, uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro
tarixiga Narshaxiy yashab o‘tgan davrdan keyingi, 1178 -1179-yillardan
1220- yi llarga qadar bo‘l ib o‘t gan t arixi y voqealar kiri b qol gan.
“Buxoro tarixi” asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan va
hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob, qimmatli asar
hisoblanadi. As arda Somoni yl ar davl at ining si yosi y, iqtis odi y, m adani y,
ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Movaraunnahr va Xuroson
aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni
bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z
ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron
tabaqa si yosat ini yoqlab, xalqning hok imi yat ga chiqis hini qoralagan.
Biz o‘rganayotgan davr IX -XII asr fan va madaniyatining ravnaqini
Do'stlaringiz bilan baham: |