O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

madaniyati nomi bilan mashhurdir. 
 
Sopollitepa  markazidan  to‘rtburchakli  istehkom,  istehkom  ichida  turar-joylar  va 
xo‘jalik  xonalari,  hunarmandchilik  ustaxonalari  uchta  madaniy  qatlamdan  iborat  ekanligi 
aniqlangan.  Sopollida  qurilish,  hunarmandchilik  va  iqtisodiy  munosabatlar  ancha  rivoj 
topgan.  O‘choqlar  turar  joy  xonalari  ichidagi  devor  ichiga  o‘rnatilgan.  Asosiy  qurilish 
ashyosi paxsa va xom g‘ishtdir. 
 
Sopollitepadagi  turar-joylar  tagidan  bronza  davri  qabristoni  ochilgan.  Ko‘pchilik 
qabrlar yakka qabrlar bo‘lib, jamoa qabrlari ham uchraydi. Ayollar qabrlarida asosan sopol 
va bezaklar topilgan bo‘lsa, erkaklar qabrlaridan asosan sopol, mehnat va jangovar qurollar 
topilgan. Sopol topilmalar deyarli naqshlanmagan bo‘lib, kulolchilik charxida tayyorlangan. 


 
20 
 
Mil. avv. II ming yillikning boshi va o‘rtalariga oid Sopollitepa aholisining xo‘jaligi 
dehqonchilik  va  uy  chorvachiligiga  asoslangan.  Shuningdek,  daryo  toshlaridan  va 
qumtoshdan  ishlangan  yorg‘uchoqlar  va  hovonchalar  ham  ko‘plab  uchraydi.  Bu 
topilmalarning  barchasi  Sopollitepada  dehqonchilik  ancha  rivojlanganidan  dalolat  beradi. 
Tadqiqotchilarning  fikricha,  Sopollitepa  hozircha  O‘zbekistondagi  dastlabki  eng  qadimgi 
dehqonchilik qishlog‘idir. 
 
Amudaryoning  o‘ng  qirg‘og‘ida  shakllangan  Sopollitepa  –  bronza  davridagi 
daryodan  kechuv  yo‘lini  himoya  qiluvchi  mustahkam  oldingi  istehkom  (forpost)  sifatida 
paydo  bo‘lgan.  Keyinchalik  o‘troq  dehqonchilik  jamoalari  shimoliy  chegaralarining 
kengayishi munosabati bilan Sopollitepa o‘zining ilgarigi ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va 
bo‘shab  qoladi.  Asosiy  markaz  vazifasi  esa  tog‘  darasidan  chiquvchi  yo‘l  ustidagi 
mustahkam qal’a sifatida paydo bo‘lgan Jarqo‘tonga o‘tadi. 
 
Mil.avv.  II  ming  yillikning  o‘rtalariga  kelib  Jarqo‘ton  o‘sha  hududlardagi 
dehqonchilik  bilan  shug‘ullanuvchi  aholi  qabilalari  uyushmalarining  mustahkam 
istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu istehkom orqali Hisor tog‘ oldi vohalari va janubiy 
Tojikistonning  g‘arbiy  hududlariga  shimoldagi  aholining  ko‘chishlari  bo‘lib  o‘tadi.  Bu 
hududlardan  topilgan  yodgorliklar  topografiyasi  va  ularni  davlatlashtirish  ushbu  jarayon 
izchillik  bilan  bo‘lib  o‘tganligini  ko‘rsatadi.  Bu  jarayonning  rivojlanishi  mil.avv.  II  ming 
yillikning  ikkinchi  yarmi  Amudaryoning  o‘ng  qirg‘og‘idagi  o‘troq  dehqonchilik  turmush 
tarzi  kechiruvchi  aholi  manzilgohlarida  aholi  sonining  o‘sishi  va  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi.  
 
O‘zbekiston  hududida  chorvador  qabilalarga  mansub  bronza  davri  qabristoni 
Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan topilgan. 
 
Quyi  Qashqadaryodagi  Gujayli  qabristonidan  chorvachilik  va  dehqonchilik 
qabilalariga  tegishli  bo‘lgan  ashyolar,  Farg‘ona  vodiysi  Yangiariq  hududidan  dehqonchilik 
buyumlari  va  dehqonchilik  bilan  bog‘liq  qoyatosh  suratlar,  Chustdan  hunarmandchilik  va 
dehqonchilikka oid buyumlar ko‘plab topilgan. 
 
Bu  davrda  hunarmandchilik  sohasida  ham  katta  yutuqlar  qo‘lga  kiritiladi.  Xususan, 
kulolchilik  charxida  tayyorlangan  sopol  idishlar  keng  tarqaladi.  Bunday  idishlar  qo‘lda 
ishlangan  sopollardan  ancha  farq  qilib,  asosan  dehqonchilik  madaniyati  uchun  xosdir. 
Kulolchilik  charxining  hunarmandchilikka  keng  kirib  kelishi,  sopolchilik  ishlab  chiqarishi 
yangi texnikasining yaratilishiga sabab bo‘lib, keyinchalik ixtisoslashgan hunarmandchilikka 
o‘tishning asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qildi. 
 
Mil.  avv.  II  ming  yillikka  kelib  O‘zbekistonning  dasht  hududlariga  chorvador 
qabilalar  kelib  o‘rnasha  boshlaydilar.  Ularning  makonlaridan  topilgan  moddiy  manbalar 
Janubiy  Qozog‘istonning  cho‘llaridagi  Andronov  madaniyatiga  o‘xshab  ketadi.  Dasht 
qabilalari tarqalganligidan ayniqsa, sopol idishlar, metall buyumlar va chorvador qabilalarga 
mansub qadimgi qabrlar tuzilishi dalolat beradi. Bu o‘rinda tadqiqotchilar bronza davridayoq 
O‘rta  Osiyo  hududlarida  ma’lum  darajada  etnik  madaniy  jarayonlar  bo‘lib  o‘tgan  degan 
fikrni ilgari suradilar. 
 
Bronza  davrining  xo‘jalik  sohasida  erishgan  eng  katta  yutuqlaridan  biri  qadimgi 
dehqonchilikning  keng  yoyilishi  va  mil.  avv.  II  ming  yillikda  chorvachilikning 
dehqonchilikdan  ajralib  chiqishidir.  Metall  qurollar  qadimgi  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni 
tezlashtirgani  tufayli  O‘rta  Osiyo  dasht  va  tog‘  oldi  hududlarida  yashagan  aholi  boshqa 
aholidan  (dehqonlardan)  ajralib  chiqadi  va  asosan  chorvachilik  bilan  mashg‘ul  bo‘ladi.  Bu 
tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi. 
 
Bu davr manzilgohlarini o‘rganib, bu davrda ikki xil madaniyat hukm surgan deyish 
mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dehqonchilik uchun qulay yerlarga joylashib yuksak 
dehqonchilik madaniyatini yaratgan bo‘lsalar, ikkinchisi - xuddi birinchi madaniyat sohiblari 
darajasida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarga  ega  bo‘lgan  holda  dasht  va  tog‘  oldi  yaylovlarda 
chorvachilik madaniyatini yaratganlar. 


 
21 
 
Bronza davri O‘rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lib o‘tdi. 
Urug‘chilik  tuzumi  bu  davrda  ham  davom  etdi.  Ammo,  bu  davrda  ona  urug‘ining  mavqei 
yo‘qolib  bordi.  Metall  eritish  va  xo‘jalikning  rivojlanishi  natijasida  jamiyatda  erkaklar 
mehnat  va  mavqei  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  bo‘lib  bordi.  Natijada  jamiyat 
taraqqiyotida,  dehqonchilik,  chorvachilik,  ovchilik  va  hunarmandchilikning  rivojlanishida 
erkaklar yetakchilik qiladilar. Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda 
ishtirok  etsalar  ham,  unga  egalik  qilishdan  mahrum  bo‘ladilar.  Ishlab  chiqarishda 
hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo‘liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i 
(patriarxat) tuzumi egallaydi. 
 
O‘rta  Osiyo  hududlarida  yozuv  yaqin  kunlarga  qadar  mil.avv.  V-IV  asrlarda  paydo 
bo‘lgan  deb  kelinar  edi.  So‘nggi  yillardagi  tadqiqotlar  boshqacharoq  xulosalar  bermoqda. 
Xususan,  2000  yilda  Janubiy  Turkmanistondagi  Gonurtepa  qo‘hna  shahrida  ochilgan 
qabrlarning  biridan  mil.avv.  III  ming  yillikka  oid  o‘yma  sopol  muhr  topildi.  Unda  mixxat 
yozuvlar bor edi. Janubiy Turkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik 
mutaxassis  T.  Sharlachlarning  fikricha,  bu  xildagi  muhrlar  faqat  podsho  atrofidagi,  podsho 
saroyiga  yaqin  shaxslarga  tegishli  bo‘lishi  mumkin.  Mesopotamiyadagi  Sargon  muhrlarini 
(mil.avv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan 
bo‘lib,  undagi  mixxat  yozuvlar  «Lukaks  xo‘jalik  va  qullar  hukmdori»,  deb  o‘qildi.  Ushbu 
yozuv  bu  yerdagi  bronza  davridayoq  yakka  hukmdor  boshqaruvi  va  Mesopotamiya  bilan 
o‘zaro aloqalardan dalolat beradi. 
 
Shuningdek,  so‘nggi  arxeologik  ma’lumotlarga  ko‘ra,  O‘zbekistonning  janubidan 
ham  piktografik  belgi-yozuvlar  topilgan.  Tadqiqotchi  Sh.  Shaydullayevning  fikricha, 
Jarqo‘ton  yodgorligidan  sopollarga  bitilgan  47  ta  belgidan  iborat  yozuvning  topilishi 
ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o‘z fikrini turli belgilarda 
ifodalaganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G‘oz qishlog‘i yonidagi ilk temir asriga 
oid yodgorlikdan tosh o‘g‘ir (keli) topilgan bo‘lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo‘lgan 
piktorafik  belgi-yozuv  mavjud.  Sh.  Shaydullayev  bu  belgini  Misr  iyeroglifikasi  bilan 
solishtirib ulardan biri «haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb 
o‘qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Xullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o‘lkamiz 
hududlarida  yozuv  paydo  bo‘lganligi  ilmiy  asoslanmoqda  hamda  keyingi  tadqiqotlar  bu 
masalaga yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir.  
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish