Oilada jismoniy tarbiya. Oilada jismoniy tarbiyaning vazifasi bolalar tanasidagi barcha a’zolarning tabiiy sog‘lom o‘sishini ta’minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iboratdir.
Oilada ekologik tarbiya. Bolalarda atrof muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’sirini aanglatishda tabiatni sevish, o‘z shahar, qishloq va mahallasini ko‘kalamzorlashtirish, bunda ota-onalar namunasiga tayanib, oila, maktabdagi o‘simliklar va hayvonot dunyosini e’zozlashga o‘rgatish, tabiatga ongli munosabat jarayonida dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |