OILANING VAZIFALARI
Oilaning yana bir o‘ziga xos xususiyati, uning nuklearligidir. “Nuklear” lotincha so‘z bo‘lib, “yadro” degan ma’noni anglatadi. Er – xotin va bolalardan iborat bo‘lgan oila nuklear oila deb ataladi.
Oila jamiyat, tabiat qonun– qoidalari asosida barpo etilsa va yashasa–da, oiladagi er-xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona-qaynota, qayin uka va singillar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oila an’analari va qadriyatlari borasida mustaqil makon bo‘lib qolaveradi.
Oilaning o‘ziga xos qator vazifalari mavjud bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri – reproduktivlikdir, ya’ni farzand ko‘rish, avlodlar davomiyligini, yer yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |