O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


O ila – jamiyat taraqqiyotining asosiy poydevori



Download 3,69 Mb.
bet47/258
Sana30.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#419288
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   258
Bog'liq
Мажмуа Умумий педагогика Ибрагимовга

O ila – jamiyat taraqqiyotining asosiy poydevori

Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik xilma-xil va murakkab bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, XXI asrda ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o‘z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtayi nazaridan sog‘-omon saqlanib qolgan fuqarolik jamiyatining eng katta tuzilmasidir.


Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarni inobatga olmagan bo‘lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni, o‘z uyida, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtiyor his etadi.
Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor bo‘lsa, farzand deb atalmish ulug‘ va bebaho ne’mat bor. Har qaysi Ota-ona jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu – umidlar bilan yashaydi, o‘z dilbandining sog‘lom va baquvvat, barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talablariga javob beradigan, ma’naviy boy, Vataniga sodiq va fidoyi, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, chuqur bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo, sog‘lom turmush tarzi qaror topgan oilada shakllanadi. Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir. Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatning o‘rni uni tarbiyadagi uzviylik, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qiladi, ta’lim – tarbiyaga doir bilimlarni mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib, odob – axloq qoidalarini sinovdan o‘tkazuvchi va amalga tatbiq qiluvchi ota-onaning faoliyatidir. Umuman olganda, oila va uning mohiyati, har tomonlama ravnaqi va jipsligini ta’minlash shart-sharoitlari, oila tarbiyasi milliy iftixor, jamiyat negizi ekani, oila kamolotini ta’minlash singari muammolarni tadqiq etish hamda ularni xalqqa sodda va tushunarli tarzda yetkazish shu kunning dolzarb vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oilaga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Oila fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi, zarrasi, bo‘g‘ini. Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni, bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganligi hisoblanadi. Oila poklik va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Oila mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bo‘lsagina jamiyatda barqarorlik vujudga keladi.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish