Keyslarning sinflari turlari, janrlari va taqdim etish usullari
Keyslarni sinflarga ajratish turli usullarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, keyslar maqsad va o‘qitish jaryonining vazifalari, tuzilishi, ifodalash shakli, o‘lchami, murakkablik darajasi, fanlar, kompaniya turlari, hududlar va boshqa tomonlari bo‘yicha sinflarga ajratiladi.
Maqsad va o‘qitish jarayonining vazifalari bo‘yicha: namunali va namunali bo‘lmagan muammolarni yechishga hamda qaror qabul qilishga o‘rgatish; vaziyat tamoyillari tahlili va baholashga o‘rgatish, aniq uslubiyotni, yondashuvni aniq misolda qo‘llashni, yechimni yoki umuman konsepsiyani namoyish qiladigan turlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |